Yusupova Ranoxon Tolibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba yoshlar ongida muhandislik tafakkurini shakllantirishning ijtimoiy- falsafiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fal1578
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qurbonova Lolaxon Abduxadimovna falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Nasriddin Ataqulovich Falsafa fanlari doktori (DSc), professor va Yuldashev Serobjon Urmonalievich Falsafa fanlari doktori(DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talaba yoshlarda muhandislik tafakkurini shakllanishining ijtimoiy falsafiy omillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda muhandislik tafakkurini rivojlantirishning ekzogen (inson kapitalini rivojlantirish, innovatsion infratuzilma, norasmiy institusional muhit, ijtimoiy faoliyat) va endogen (ishonch, qobiliyat, ma’suliyat) omillarining dialektik aloqadorligini ta’minlash yoshlarda universal kompetensiyalarni shakllantirib, inklyuziv ta’lim paradigmalarini parmanentligini rivojlantirishi falsafiy asoslangan;
jamiyatda muhandislik tafakkurini shakllantirish, shaxsiyatdagi intellektual immanent xususiyatlar (intilish, iroda, iste’dod) ta’sirida jamiyatga xos bo‘lgan milliy xarakter va mental belgilarni o‘zgartirishi, an’ana va qadriyatlarda transformatsiyani keltirib chiqarishi ochib berilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlar orasida muhandislik tafakkurining rivojlanish darajasining endotransformatsion (ichki o‘zgarish) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish) omilari, yoshlarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishiga ijobiy ta’sir etishi sababli, jamiyatning inklyuzivlik o‘zgarishlarga olib keluvchi aqliy paradigma ekanligi aniqlangan;
talabalarda muhandislik tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini ishlab chiqish, jamiyat ijtimoiy strukturasida konstruktiv ijtimoiy mexanizm ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talaba yoshlarda muhandislik tafakkurini shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqotning ilmiy natijalaridan:
jamiyatda muhandislik tafakkurini rivojlantirishning ekzogen (inson kapitalini rivojlantirish, innovatsion infratuzilma, norasmiy institusional muhit, ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat) va endogen (ichki intilish, qobiliyat, ma’suliyat) omillarini ochib berishga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va Marifat Markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy Tadqiqotlar Institutining o‘zbekiston Respublikasida 2021-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II-yo‘nalishiga oid “O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini targ‘ib qilish, “Yangi O‘zbekiston- Uchinchi renesans sari” mavzusidagi maqolalar tanlovi hamda targ‘ibot tadbirlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Marifat Markazi huzuridagi Ijtimoiy-Ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-yil 6-maydagi 84-sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda universal kompetensiyalarni shakllantirishning an’anaviy ta’lim paradigmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar muhandislik tafakkurini shakllantirishda talaba shaxsiyatining intellektual immanent xususiyatlari, oila, ta’lim va ijtimoiy muhitning o‘zaro dialektik aloqadorligini ta’minlashiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining “Ayollar qanoti” va “Yoshlar qanoti” loyihalarini amalga oshirishda bevosita foydalanilgan. “Konstitusiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi, “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida”, “Maktabda ijtimoiy tenglik masalalari”, “Ta’lim sifati - partiya nigohida” nomli loyihalari shular jumlasidandir. (O‘zbekiston Adolat sotsial-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining 2024-yil 12-noyabrdagi 81-son dalolatnomasi). Natijada, ijodiy ongni tashkil etuvchi parametrlarni ijodiy faoliyat evaziga amalga oshirishning intellektual aspektlarini ochib berishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlar orasida muhandislik tafakkurining rivojlanish darajasining endotransformatsion (ichki o‘zgarish) va ekzotransformatsion (tashqi o‘zgarish) omilarini ochib berishga doir taklif va tavsiyalaridan, Andijon viloyat teleradiokompamiyasida efirga uzatilgan “Baxs, muloqot, tahlil”, “Najot bilimda” va “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda ijodiy ongini tashkil etushhi parametrlarni ijodiy faoliyat evaziga amalga oshirishning intellektual aspektlarini ochib berish, fan va texnika taraqqiy etgan zamonaviy dunyoda texnik tafakkur egasi bo‘lish ijtimoiy zaruriyatga aylanganligi, uning murakkabligi, hali ko‘p ilmiy o‘rganilmaganligi sababli talaba yoshlar texnik tafakkurining barcha ko‘rinishlarini ijtimoiy-falsafiy jihatdan baholash va uni o‘lchashning uslubiy qiyinchiliklari, bundan tashqari, ijtimoiy munosabatlarda o‘ziga xos uslubiy yondashuvlarga ega me’yoriy-huquqiy bazalari to‘grisida fikr va mulohazalar almashildi. Andijon viloyat teleradiokompamiyasi ilmiy xulosalar, fikr-mulohazalardan kelgusi faoliyatida ham uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 29-oktyabrdagi № 01-13/31-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda ijodkorlik va qobiliyatini rivojlantirishiga ijobiy ta’sir etishi, jamiyatning inklyuzivlik o‘zgarishlarga olib keluvchi aqliy paradigma ekanligi dalillashga xizmat qilgan;
muhandislik tafakkurining transformatsiyasi, uning ilm-fan, ta’lim va zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishdagi kreativ ahamiyati hamda talaba yoshlar orasida muhandislik tafakkurini shakllantirish va taraqqiy ettirishning ijtimoiy – falsafiy xususiyatlarini o‘rganish hamda ijodiy faoliyatni yuksaltirish istiqbollari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yildan boshlab o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yil 1-noyabrdagi № ITID-24-09-sonli dalolatnomasi). Natijada, yoshlar ongida intellektual – tafakkur salohiyatini rivojlantirish va tanqidiy fikrlash mahoratini aniqlash maqsadida yoshlar debati targ‘ibot ishlarini tashkil etish maqsadida xizmat qilgan.