Maksumova Maxfuza Sharof qizining
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Integrativ rivojlantiruvchi yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.02 – “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped3880.
Ilmiy rahbari: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nafisa Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Medetova Roushan Mamadiyarovna, pedagogika fanlari bo‘ycha falsafa doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: integrativ rivojlantiruvchi yondoshuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari adaptiv muhitning motivatsion, kognitiv, kommunikativ, baholovchi va refleksliv komponentlarini mehnat bozori tendesiyalariga va ularning iqtisodiy samaradorligiga muvofiq yaxlitlashtirish asosida aniqlangan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modeli pedagogik moslashish jarayonida biznes-simulyatorlarni ta’limga iqtisodiy resurslar va bozor talablari asosida integratsiyalash xamda ijodiy, faoliyatli o‘qitish texnologiyalarini qayta uyg‘unlashtirish ko‘rsatkichlarini diagnostik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatli texnologiyasi improvizatsiya bosqichlari va ta’lim jarayoni qiymat zanjiri bosqichlarida investisiyaviy yondoshuvni tadbiq etish hamda ta’lim sifatini monitoringi va inson kapitali saloxiyatini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari samaradorligi mahalliy va xalqaro mehnat bozorida talablariga mos, kognitiv faollik va bozor o‘zgarishlariga adaptatsiya qilish qobilyatini shaxsiy va ijtimoiy fazilatlar hamda shaxslararo munosabatlar va ta’lim subektlarining subektiv pozisiyalarini iqtisodiy muvozanat va bozor sharoitlarining ta’sirida inobatga olish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. integrativ rivojlantiruvchi yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari adaptiv muhitning motivatsion, kognitiv, kommunikativ, baholovchi va refleksliv komponentlarini yaxlitlangan xolda pedagogik birliklarni shaxsiy-faoliyatli yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali aniqlashga oid tavsiyalar “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. “Ta’lim boshqaruvidagi so‘ngi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma nashr etilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsialar vazirligining 2023 yil 21 sentyabrdagi 02/01-01-128 raqamli guvohnoma.). Natijada, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish metodlari va texnologiyalardan foydalanib o‘quv faoliyatini sifat jihatdan takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak mutaxasisslarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish modelini pedagogik moslashish jarayonida kasbiy pedagogik faoliyatga tayyorlik, xamda ijodiy, faoliyatli va refleksiv komponentlarining shakllanganlik darajasi mezonlari va ko‘rsatkichlarini diagnostik loyixalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogik menejment” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 24 iyundagi "190"-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr Ruxsatnomasi). Natijada, talabalarni oliy ta’lim muassasasi o‘quv jarayoniga pedagogik moslashishining ijtimoiy, psixologik va pedagogik omillari kengaytirilgan;
integrativ rivojlantiruvchi yondoshuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatli takomillashtirish improvizatsiya bosqichlari va tarkibiy qismlarini aniqlash, nostandart vaziyatlarni xal etish, xamda bashorat qiluvchi komponentlarni axloqiy-gumanistik va tashkiliy-uslubiy funksiyalarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Xulq atvor iqtisodiyoti” fani bo‘yicha multimediyali elektron o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023 yil 23 maydagi № DGU 25818-sonli guvohnomasi). Natijada, integrativ rivojlantiruvchi yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
integrativ rivojlantiruvchi yondoshuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari samaradorligi jamiyat va davlat talablari va o‘qituvchilarning ijtimoiy-madaniy qobiliyatining eng yuqori darajasiga erishishga olib keladigan kasbiy muhim, shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarni xamda shaxslararo munosabatlar va ta’lim sub’eklarining sub’ektiv pozisiyalarini inobatga olish asosida aniqlashga oid tavsiyalar “Ta’lim boshqaruvidagi so‘nggi o‘zgarishlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan. (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26 iyundagi "211"-sonli buyrug‘iga asosan o‘quv adabiyotining nashr Ruxsatnomasi). Natijada, integrativ rivojlantiruvchi yondashuv asosida bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy faoliyatini takomillashtirish samaradorligini oshirish tizimi ishlab chiqilgan.