Hasanova Irodaxon Najmiddin qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini metodik takomillashtirish” (katta va tayyorlov guruhlar misolida). 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4294
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. Ilmiy rahbar: Artikova Muxayyoxon Botiralievna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Erkaboeva Nigora Shermatovna, Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Tuychieva Inoyatxon Ibragimovna.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini metodik takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash diagnostik tizimining zamonaviy yondashuvlari bolalarni maktabga tayyorlashning jismoniy, maxsus, shaxsiy, intellektual yo‘nalishlarini katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlari parametrlariga ichki integratsiya-lashtirish orqali tadqiq etilgan;
katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga tayyorlash diagnostik tizimini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar bolalarning kognitiv, hissiy-irodaviy, nutqiy va motorik rivojlanishini maktabgacha yoshdagi bolalarni diagnostik tekshirish usullarini tanlashda yoshga bog‘liq psixologik rivojlanishi, vizual-majoziy fikrlashi, o‘yin faoliyati, odatiy faoliyatni intensivlashtirish va didaktik materiallarni adaptiv qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash diagnostik tizimining samaradorligi, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari tarbiyalanuvchining o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hamda shaxsiga qaratilgan individual omillarini fikrlash, o‘rganish, bilish jarayonlarini rivojlanishi, atrof-muhitga, voqelikka o‘z munosabatini bildirishi, ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan hissiy-irodaviy rivojlanishi, o‘z fikrlarini ifodalashi, intellektual va harakat qobiliyatlari rivojlanishining konseptual omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diag-nostik tizimini metodik takomillashtirish modeli bolalarning fiziologik, jismoniy, shaxsiy-psixologik, aqliy rivojlanganligi kabi diagnostik tekshiruv usullari raqamli texnologiyalarni o‘rganishning afzalliklari (texnologiyaga asoslangan dunyoga moslashish, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, muammolarni echishga undash, zamonaviy kasblarga tayyorgarlik) bilan o‘zaro korrelyasiyasini hisobga olish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini metodik takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bolalarni maktabga tayyorlashning jismoniy, maxsus, shaxsiy, intellektual yo‘nalishlarini katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlari parametrlariga ichki integratsiyalashtirish orqali tadqiq etilgan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini zamonaviy yondashuvlariga doir taklif va tavsiyalardan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma hamda “Qaldirg‘och” online platformasi va diagnostik metodlar yaratish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 03-33-3579-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning o‘quv-me’yoriy asoslarini ilmiy jihatdan boyitilishiga erishilgan;
bolalarning kognitiv, hissiy-irodaviy, nutqiy va motorik rivojlanishining diagnostik usullarini tanlashda yoshga bog‘liq psixologik rivojlanishi, vizual-majoziy fikrlashi, o‘yin faoliyati, odatiy faoliyatini intensivlashtirish va didaktik materiallarni adaptiv qo‘llash asosida ishlab chiqilgan katta va tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini takomillashtirish bo‘yicha yondashuvlar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanmaning mazmuniga singdirilgan hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ommalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
Tarbiyalanuvchining o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyalanuvchi shaxsiga qaratilgan individual omillarini fikrlash, o‘rganish, atrof-muhitga, voqelikka o‘z munosabatini bildirish, intellektual va harakat qobiliyatlari rivojlanishining konseptual omillariga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimi samaradorligi, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlariga doir taklif va mulohazalardan Qo‘qon davlat universitetida 2022-yil amalga oshirilgan IL-402104274-raqamli “Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasining yagona ma’lumotlar bazasi va elektron platforma yaratish” nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 234/04-son ma’lumotnomasi); natijada maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.
bolalarning fiziologik, jismoniy, shaxsiy-psixologik, aqliy rivojlanganligi kabi diagnostik tekshiruv usullari raqamli texnologiyalarni o‘rganishning afzalliklari bilan o‘zaro korrelyasiyasini hisobga olish orqali takomillashtirilgan maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning diagnostik tizimini metodik takomillashtirish modeliga doir taklif va mulohazalari “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 333-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonlarini tashxis etish samaradorligini oshirishga erishilgan.