Ikramova Shaxnoza Nozimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Bolalardagi glomerulonefritlarning klinik immunologik xususiyatlariga biriktiruvchi to‘qima displaziyasining ta’siri" 14.00.09-Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib 2731.
Ilmiy raxbar: Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Rustamov Mardonqul Rustamovich tibbiyot fanlari doktori, professor; Azizova Nigora Davlyatovna tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Gomel davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida glomerulonefrit kasalligining og‘irlik darajasini baholash, shuningdek, buyrak to‘qimalarida kechayotgan yallig‘lanish jarayonlariga ta’sir qiluvchi sitokinlar muvozanati bilan bog‘liq holatni o‘rganish natijasida kasallik kechishini bashorat kilish va erta tashxislash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
glomerulonefritning turli shakllari bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘ir kechishiga ta’sir etuvchi omil sifatida biriktiruvchi to‘qima displaziyasining yuqori uchrash chastotasi, ayniqsa gormonga chidamli nefrotik sindrom (GChNS) shaklida 66,7% holatda qayd etilgani aniklangan; 
bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan surunkali glomerulonefritning gormonga chidamli nefrotik shaklida peshobda monotsitar xemoatraktant oqsil-1 (MXO-1) hamda qon zardobida yallig‘lanish sitokinlari – interleykin-8 (IL-8) va o‘sma nekroz faktori α (O‘NF-α) miqdorining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 1,6 barobarga yuqori ekanligi aniqlangan;
bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan surunkali glomerulonefritda peshobda monotsitar xemoattraktant oqsil-1 (MXO-1) miqdorining taqqoslash guruhiga nisbatan 2,0 barobar oshishi natijasida buyrak to‘qimalarida skleroz jarayonining rivojlanishidagi ahamiyatli o‘rni isbotlangan;
bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida kechayotgan surunkali glomerulonefritlarning gormonga chidamli nefrotik shakli kechish xususiyatlarini baholash, shu jumladan, fenotipik karta asosida displaziya og‘irlik darajasini, biomarkerlar (MXO-1, IL-8, O‘NF-α) faolligini aniqlash orqali glomerulonefritning kechishini bashorat qilish imkonini beruvchi klinik-diagnostik mezonlar eekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan glomerulonefritlarning klinik immunologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr №6/98 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: glomerulonefritning turli shakllari bilan kasallangan bolalarda kasallik og‘ir kechishiga ta’sir etuvchi omil sifatida biriktiruvchi to‘qima displaziyasining yuqori uchrash chastotasi, ayniqsa gormonga chidamli nefrotik sindrom (GChNS) shaklida 66,7% holatda qayd etilgani aniklanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil 28 oktabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit: xavf omillari, kechishi, oqibatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 14 apreldagi dagi 47-son buyrug‘i bilan, Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 2023 yil 15 maydagi 58-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr №6/98 sonli xulosasi).Ijtimoiy samaradorligi. Tadqiqot natijalari asosida biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bolalarda kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish imkoniyati yaratilgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikni erta tashxislash natijasida bir bemorda remissiya davrini uzaytirish orqali kamida uch marta shifoxonaga yotqizilishning oldi olinagan. Har bir bemorga shifoxonada davolanish bir kun uchun o‘rtacha 103000 so‘m xarajat qilinadi deb hisoblasak, 7 kunlik davolanish xarajatlari bir martaga 721000 so‘mni tashkil etadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan surunkali glomerulonefritning gormonga chidamli nefrotik shaklida peshobda monotsitar xemoatraktant oqsil-1 (MXO-1) hamda qon zardobida yallig‘lanish sitokinlari – interleykin-8 (IL-8) va o‘sma nekroz faktori α (O‘NF-α) miqdorining nazorat guruhiga nisbatan o‘rtacha 1,6 barobarga yuqori ekanligi aniqlangan , ularning yallig‘lanish jarayonidagi prognostik ahamiyati isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil 28 oktabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit: xavf omillari, kechishi, oqibatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 14 apreldagi dagi 47-son buyrug‘i bilan, Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 2023 yil 15 maydagi 58-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr №6/98 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: displaziya fonida rivojlangan surunkali glomerulonefritlarningning gormonga chidamli nefrotik shaklida MXO-1, IL-8 va O‘NF-α kabi biomarkerlarni erta aniqlash orqali kasallikning og‘ir kechishini bashorat qilish va yallig‘lanish jarayonini baholash imkoni paydo bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorlik: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va nefrologiya bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 103000 so‘mdan tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida rivojlangan surunkali glomerulonefritda peshobda monotsitar xemoattraktant oqsil-1 (MXO-1) miqdorining taqqoslash guruhiga nisbatan 2,0 barobar oshishi natijasida buyrak to‘qimalarida skleroz jarayonining rivojlanishidagi ahamiyatli o‘rni isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil 28 oktabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit: xavf omillari, kechishi, oqibatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 14 apreldagi dagi 47-son buyrug‘i bilan, Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasiga 2023 yil 15 maydagi 58-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr №6/98 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi. Biriktiruvchi to‘qima displaziyasining negizida kechgan glomerulonefritlarning rivojlanishini bashoratlash uchun peshobda MXO-1 taxlil qilish orqali klinik-laborator ko‘rsatkichlar orasida bog‘liqlikni belgilash natijasida kasallik rivojlanishi va kechishi darajasini o‘z vaqtida aniqlash va asoratlarini oldini olishga, xamda nogironlik darajasini pasaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi kasallik kechishini oldindan bashorat etish imkonini beradi va kasallik oqibati natijasida kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi,remissiya davrini uzaytiradi va shular xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bolalarda biriktiruvchi to‘qima displaziyasi fonida kechayotgan surunkali glomerulonefritlarning gormonga chidamli nefrotik shakli kechish xususiyatlarini baholash, shu jumladan, fenotipik karta asosida displaziya og‘irlik darajasini, biomarkerlar (MXO-1, IL-8, O‘NF-α) faolligini aniqlash orqali glomerulonefritning kechishini bashorat qilish imkonini beruvchi klinik-diagnostik mezonlar ekanligi asoslanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy kengashining 2022 yil 28 oktabrdagi 3-soni bilan tasdiqlangan “Bolalarda glomerulonefrit: xavf omillari, kechishi, oqibatlari” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 2023 yil 14 apreldagi dagi 47-son buyrug‘i bilan, Termiz shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika 2023 yil 15 maydagi 58-son buyruq bilan klinik amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr №6/98 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi. Fenotipik karta asosida displaziya og‘irlik darajasini, biomarkerlar (MXO-1, IL-8, O‘NF-α) faolligini aniqlash orqali glomerulonefritning kechishini bashorat qilish imkonini beradigan yangi klinik-diagnostik sxema ishlab chiqilishi va amaliyotga joriy etilgani va erta tashxis orqali bolalarda surunkali glomerulonefritlarning gormonga chidamli nefrotik shaklining og‘irlashishini oldini olishda va uning asoratlarini kamaytirishda yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi. Fenotipik karta asosida displaziya og‘irlik darajasini baxolash hamda biomarkerlar (MXO-1, IL-8, FNO-α) faolligini aniqlash orqali glomerulonefritning kechishini bashorat qilish imkonini beruvchi yangi klinik-diagnostik sxema ishlab chiqilishi va joriy etilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimi uchun barqaror foyda keltirishga imkon yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish