G‘afurov Umidjon Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish amaliyotining moliyaviy mexanizmlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4066
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ruzimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, proffessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Xusanov Durbek Nishonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusiyarov Sherzod Xolmuratovich, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi tijorat banklarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish amaliyotining moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning pul tranzaksiyalarini miqdorlaridan kelib chiqib ularni «xavfsiz», «qoniqarli» va «xavfli» toifalarga ajratgan holda kechiktirish yoki muzlatib qo‘yish amaliyoti taklif etilgan;
tijorat banklari amaliyotiga jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimi «Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish konveeri» orqali takomillashtirish taklif etilgan;
tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda bank kapitali qiymatini kamida bir foizga oshishi bankning foizli daromadlari qiymatining kamida ikki foizga oshishiga xizmat qilishi ilmiy asoslangan;
tijorat bank tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish amaliyotini takomillashtirish asosida bank daromadlarini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish amaliyotining moliyaviy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarida jismoniy shaxslarning pul tranzaksiyalarini miqdorlaridan kelib chiqib ularni «xavfsiz», «qoniqarli» va «xavfli» toifalarga ajratgan holda kechiktirish yoki muzlatib qo‘yish amaliyoti taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki faoliyatiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik-tijorat bankining 2024-yil 04-dekabrdagi № 05-12/32702-son dalolatnomasi). Natijada «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankida pul o‘tkazmalarni va tranzaksiyalarni kechiktirish va muzlatib qo‘yish amaliyoti joriy etildi hamda ro‘yxatdan chiqarish va aktivlarni muzlatishdan chiqarish bo‘yicha vakolatli organlarning tijorat banklari bilan tezkor kommunikatsiya kanallari yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan; 
tijorat banklari amaliyotiga jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimi «Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish konveeri» orqali takomillashtirish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2024-yil 
04-dekabrdagi № 05-12/32702-son dalolatnomasi). Mazkur qoidalar «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotga joriy etilishi jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimining tashkiliy-uslubiy qoidalarini takomillashtirish imkonini bergan;
tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishda bank kapitali qiymatini kamida bir foizga oshishi bankning foizli daromadlari qiymatining kamida ikki foizga oshishiga xizmat qilishi mumkinligi taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki faoliyati amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2024-yil 
04-dekabrdagi № 05-12/32702-son dalolatnomasi). Mazkur taklif «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankida ichki nazorat qoidalarida jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha risklarni mijozlar to‘plami kesimida, geografiyasi va tranzaksiya turlari bo‘yicha baholashni yo‘lga qo‘yishi va aniqlangan risklar bo‘yicha kengaytirilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan; 
tijorat bank tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish amaliyotini takomillashtirish asosida bank daromadlarini oshirishga yo‘naltirilgan 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari bo‘yicha taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy etilgan («Mikrokreditbank» Aksiyadorlik-tijorat bankining 2024-yil 04-dekabrdagi 
№ 05-12/32702-son dalolatnomasi). Mazkur taklif «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki tomonidan 2030 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish