Imirsinova Azizaxon Ashurovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Poaceae Barnh. oilasi Triticeae Dum. tribasi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/B63. 
Ilmiy maslahatchi: Qarshiboev Hazratqul Qilichievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15.
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Xo‘janazarov O‘ktam Eshtemirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maxkamov Trobjon Xusanboevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Poaceae Barnhart oilasi Triticeae Dum. tribasiga kiruvchi turlarning bioekologik xususiyatlarini aniqlash va tabiiy hamda ex-situ sharoitida muvaffaqiyatli tarqalish sabablarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning turli ekologik hududlarida Poaceae Barnhart oilasi Triticeae Dum. tribasi ayrim vakillarining bioekologik xususiyatlari tabiiy va ex-situ sharoitida o‘rganilib, triba vakillarining turli ekstremal sharoitlarga tez moslashishlari isbotlangan; 
madaniy turlarning mahalliy hamda xorijiy navlarida rivojlanish maromlarining  bir  me’yorda  ketishi va  urug‘  mahsuldorligining  yuqori  bo‘lishi muvaffaqiyatli introduksiya belgisi ekanligi aniqlangan;
gullarning akrobazipetal tartibda, ko‘proq kleystogam tipda ochilishi ushbu oilaga kiruvchi navlarning o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simliklarga xos bo‘lgan belgi bo‘lib, navlarning genetik jihatdan sof  holda  saqlanish  imkonlari  kengligi isbotlangan;
potensial va real urug‘ mahsuldorligi, urug‘ sifatining yuqori bo‘lishi turning ushbu sharoitlarga moslashuvchanligini ko‘rsatuvchi belgi ekanligi aniqlangan;
em-xashak o‘simliklari bioxilma-xilligida bug‘doydoshlar oilasi vakillarining ustunligi tadqiqot hududlarida antropogen bosimning kuchli ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poaceae Barnhart oilasi Triticeae Dum. tribasi ayrim turlarining bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Triticeae Dum. tribasiga mansub turlarning ex-situ sharoitida etishtirilgan urug‘lari Andijon viloyatining antropogen transformatsiya natijasida tabiiy holati buzilgan 100 ga dan iborat adir zonalariga ekilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 02-02/8-854-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, urug‘ ekilgan maydonlarda o‘simliklarning tabiiy populyasiyalarini qayta tiklash imkonini bergan;
Andijon shahrining 1 ga er maydonini ko‘kalamzorlashtirish uchun Elymus repens (L.) Gould. va Hordeum murinum subsp. leporinum (Link) Arcang. ning urug‘laridan manzarali maysazorlar tashkil etilgan (O‘zR Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 02-02/8-854-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Daniyadan keltirib ekilayotgan Sportmaster urug‘i bilan solishtirilganda iqtisodiy tejamkorlik 6,5 barobarga erishish imkonini bergan;
Poaceae Barnhart oilasi Triticeae Dum. tribasi turlarining fitotsenozlar bioxilma-xilligini saqlashdagi rolini aniqlashda mavjud yaylovlardan samarali foydalanmaslik va ularga antropogen transformatsiyaning kuchli ta’siri oqibatida senopopulyasiyalarda inqiroziy holatlarning mavjudligi, turlarning tabiiy ko‘payish imkonining kamayib borayotganligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar 2012-2016 yillarda bajarilgan F-5-01 raqamli «Janubi-G‘arbiy Tiyon-Shon o‘simliklar qoplamining fitotsenotik va populyason-ekologik qonuniyatlari» mavzusidagi fundamental loyihada yaylovlar holatini baholashda foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1925-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yaylovlarda o‘simliklar bioxilma-xilligini oshirish uchun zudlik bilan Poaceae Barnhart oilasi Triticeae Dum. tribasi turlarini ko‘paytirish zarur ekanligi ilmiy jihatdan asoslangan.
«Farg‘ona vodiysida tarqalgan bug‘doydoshlar oilasi ayrim turlarining aniqlagichi» nomli dasturiy ta’minotdan maxsus elektron qo‘llanma sifatida «Bir urug‘pallali o‘simliklar: bug‘doydoshlar oilasi vakillarining sistematikasi, morfologiyasi» nomli mavzulardagi amaliy mashg‘ulot darslarida foydalanilgan (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 iyundagi 89-03-1925-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Botanika» fanidan amaliy mashg‘ulotlar olib borish jarayonida bug‘doydoshlar oilasi vakillarining sistematik o‘rnini aniqlashda ushbu qo‘llanmada keltirilgan ilmiy asosda tasdiqlangan sistematik va morfologik belgi-xususiyatlaridan foydalanish imkoni yaratilgan;
yangi navlarni yaratishda, duragaylash  uchun boshoqning o‘rta yarus gullaridan foydalanish kerakligi haqida ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yumshoq bug‘doyning «Asr», «Davr» va «Shodlik» navlarini yaratishda oydalanilgan (O‘zR Qishloq xo‘jalik vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 02/021-1856-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Asr» navi 53,7 ming gektar, «Davr» navi 20,3 ming gektar va «Shodlik» navi 810 gektarga ekilib, 65-75 sentnerdan hosil olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish