Nazarov Javlonbek Ilyosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mavsumiy allergik rinitni tashxislash va davolashni optimallashtirish» 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3124.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib59.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigor`evich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomli Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bemorlarning vegetativ nerv tizimining fiziologik holatini, hayot sifatining ko‘rsatkichlarini, klinik, laborator, funksional tekshirishlar natijalarini inobatga olgan xolda mavsumiy allergik rinitni tashxislash va davolashni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismini funksional faolligi ustun bo‘lishi sababli boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotonik tipini normotoniyaga nisbatan 2,6 marta, simpatotoniyaga esa 2,5 marta ko‘p uchrashi isbotlangan;
mavsumiy allergik rinitli bemorlar orasida boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotoniya tipinn ko‘p uchrashi sababli kasallikning huruji davrida burun o‘rta chig‘anoqlaridagi qon oqimining chiziqli tezligini remissiya davriga nisbatan 1,7 marta oshishi aniqlangan;
boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotoniya tipining ustunligi aniqlangan og‘ir klinik ko‘rinishda kechuvchi mavsumiy allergik rinitli bemorlarda ushbu tipning klinik belgilarini namoyon bo‘lishini susaytiruvchi dori va fizioterapiya vositalarini maqsadli qo‘llash natijasida 95,24% bemorlarda klinik yaxshilanishi asoslangan;
mavsumiy allergik rinit xuruji og‘ir shakl ko‘rinishida namoyon bo‘lgan barcha, o‘rta og‘irlik shaklda kechgan 79,5%, engil shakl kuzatilgan 43,5% bemorlarda xayot sifatini remissiya davriga nisbatan ishonarli keskin yomonlashuvi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 avgust 05/06-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 2024 yil 9 avgustdagi №21/15/1525-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismini funksional faolligi ustun bo‘lishi sababli boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotonik tipini normotoniyaga nisbatan 2,6 marta, simpatotoniyaga esa 2,5 marta ko‘p uchrashi bo‘yicha olingan natijalar Farg‘ona shahar 1-sonli shahar shifoxonasining 04 oktyabr 2023 yildagi 43 va 44 – buyrug‘i va Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasining 20 iyul 2024 yildagi 186 va 187 – buyruqlariga ko‘ra klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarga ixtisoslashgan yordam ko‘rsatishning barcha bo‘g‘inlarida otorinolaringolog, allergolog va boshqa turdosh ixtisosliklar shifokorlari tomonidan boshlang‘ich vegetativ tonusining tipini aniqlash. Iqtisodiy samaradorligi: boshlang‘ich vegetativ tonusining tipini aniqlab tashxislash va davolash chora-tadbirlarini amalga oshirish asosida iqtisodiy qilingan umumiy mablag‘ yil davomida 1 bemorga 942 158 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: mavsumiy allergik rinit bo‘lgan bemorlarni vegetativ tonusining holatini baholash natijasida tashxislashga sarflanadigan mablag‘ni 1,5 baravarga iqtisod qilish imkoni bo‘ldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: mavsumiy allergik rinitli bemorlar orasida boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotoniya tipinn ko‘p uchrashi sababli kasallikning huruji davrida burun o‘rta chig‘anoqlaridagi qon oqimining chiziqli tezligini remissiya davriga nisbatan 1,7 marta oshishi aniqlangan. Natijalar Farg‘ona shahar 1-sonli shahar shifoxonasining 04 oktyabr 2023 yildagi 43 va 44 – buyrug‘i va Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasining 20 iyul 2024 yildagi 186 va 187 – buyruqlariga ko‘ra klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda burun chig‘anoqlari arteriyalarida qon oqimining chiziqli tezligini sustlashishi, bo‘yin magistral arterialarida esa patologik o‘zgarishlarni kuzatilmasligi kasallikni kechishini prognozlashga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorda burun chig‘anoqlari arteriyalarini ko‘rsatma asosida ultratovush yordamida tekshirish orqali o‘rtacha umumiy mablag‘ yil davomida 120000 so‘m iqtisod qildi. Xulosa: mavsumiy allergik rinit bo‘lgan bemorlarni tashxislash samaradorligini oshirish natijasida o‘rtacha umumiy mablag‘ yil davomida 120000 so‘m iqtisod qilishga erishildi.
uchinchi ilmiy yangilik: boshlang‘ich vegetativ tonusining vagotoniya tipining ustunligi aniqlangan og‘ir klinik ko‘rinishda kechuvchi mavsumiy allergik rinitli bemorlarda ushbu tipning klinik belgilarini namoyon bo‘lishini susaytiruvchi dori va fizioterapiya vositalarini maqsadli qo‘llash natijasida 95,24% bemorlarda klinik yaxshilanishga asoslanganligi bo‘yicha olingan natijalar Farg‘ona shahar 1-sonli shahar shifoxonasining 04 oktyabr 2023 yildagi 43 va 44 – buyrug‘i va Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasining 20 iyul 2024 yildagi 186 va 187 – buyruqlariga ko‘ra klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘ir klinik ko‘rinishda kechgan mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda vegetativ nerv tizimining parasimpatik bo‘limi tonusni susaytiruvchi dori va fizioterapiya vositalarini maqsadli qo‘llash davolash davomiyligini qisqartirdi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir bemorda vegetativ nerv tizimining parasimpatik bo‘limi tonusni susaytiruvchi dori va fizioterapiya vositalarini maqsadli qo‘llanilganda yil davomida o‘rtacha 942158 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: mavsumiy allergik rinit bo‘lgan bemorlarni davolashda vegetativ nerv tizimining parasimpatik bo‘limi tonusini susaytiruvchi dori va fizioterapiya vositalarini maqsadli qo‘llash natijasida davolanish muddatini 1,2 marta qisqartirishga imkon yaratildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mavsumiy allergik rinit xuruji og‘ir shakl ko‘rinishida namoyon bo‘lgan barcha, o‘rta og‘irlik shaklda kechgan 79,5%, engil shakl kuzatilgan 43,5% bemorlarda xayot sifatini remissiya davriga nisbatan ishonarli keskin yomonlashuvi aniqlanganligi Farg‘ona shahar 1-sonli shahar shifoxonasining 04 oktyabr 2023 yildagi 43 va 44 – buyrug‘i va Marg‘ilon shahar tibbiyot birlashmasining 20 iyul 2024 yildagi 186 va 187 – buyruqlariga ko‘ra klinik amaliyotiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: MiniRQLQ so‘rovnomasi yordamida mavsumiy allergik rinitning turli davrlarida va klinik kechishi shaklida bemorlarning hayot sifatini muntazam baholash bemorlarni hayot sifatini nazorat qilib turish va zaruriyat bo‘lganda uni yaxshilashga asos bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: mavsumiy allergik rinit bilan kasallangan bemorlarda MiniRQLQ so‘rovnomasini amaliyotga tatbiq etilishi tashxislash va davolash usullarini qo‘llashni optimallashtirish orqali iqtisod qilingan mablag‘ o‘rtacha 942158 so‘m bo‘ldi. Xulosa: mavsumiy allergik rinit bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish natijasida bemorga uchun o‘rtacha harajat sarfini 942158 so‘m iqtisod qilish imkoni bo‘ldi.