Jumaev A’zam Ubaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyotlarini takomillashtirishda» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/ Tib1712.
Ilmiy rahbar: Gafur-Axunov Mirza-Ali Aliyorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Akbar Ibroximovich, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin hosil bo‘lgan nuqsonlarni bartaraf etishda rekonstruktiv-plastik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
og‘iz bo‘shlig‘i saratonida jarrohlik amaliyotidan keyin hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tilda yuzaga keladigan chaynash, yutinish va nutq buzulishi nuqsonlarni bartaraf qilishda rekonstruktiv-plastik jarrohlik aralashuv orqali funksional holatlarning adekvat qon bilan ta’minlanishi hisobiga qo‘llanishi isbotlangan.
og‘iz bo‘shlig‘i saratonida jarrohlik amaliyotidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi keng nuqsonlarni bartaraf qilishda mikrojarrohlik usulida reinnervatsiya qilingan radial loskut qo‘llanilishi texnikasi takomillashtirilgan;
og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida til nuqsonini bartaraf qilishda erkin bilak ichki yuzasi teri-fassial va nerv qon-tomir loskut bilan nuqsonlarni tiklash kombinirlashgan va kompleks usullarini residivni kamaytirish hisobiga qo‘llanishi isbotlangan;
mikroxirurgik jarrohlik amalietlardan keyingi erta davrda autotransplantatning nekrozini profilaktika qilish maqsadida jaroxatni ochiq usulda olib borish bilan mahalliy antikoagulyant terapiya qo‘llash orqali qon tomirlar anastomozini trombozni oldini olish usuli qo‘llash isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/11-son qaroriga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i saratonida jarrohlik amaliyotidan keyin hosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tilda yuzaga keladigan chaynash, yutinish va nutq buzulishi nuqsonlarni bartaraf qilishda rekonstruktiv-plastik jarrohlik aralashuv orqali funksional holatlarning adekvat qon bilan ta’minlanishi hisobiga qo‘llanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 09 oktyabr №153-I-sonli hamda Samarqand viloyat filialining 2023 yil 07 noyabr №163-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari bo‘yicha og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tilda nuqsonlar bartaraf qilishda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyoti aralashuvi orqali retrospektiv tahlili asosida chaynash, yutinish, nutq va ta’m bilish kabi funksional holatlarning tiklanganligi aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tilda yuzaga keladigan chaynash, yutinish, nutq va ta’m bilish kabi nuqsonlarni bartaraf qilishda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyoti aralashuvi orqali yuqoridagi funksional holatlarning tiklanishi uchun o‘rtacha 1865000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Retrospektiv tahlili asosida qiyosiy jihatdan og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tilda yuzaga keladigan chaynash, yutinish, nutq va ta’m bilish kabi nuqsonlarni bartaraf qilishda rekonstruktiv-plastik jarrohlik amaliyoti aralashuvi orqali yuqoridagi funksional holatlarning tiklanishi uchun har bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1865000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i saratonida jarrohlik amaliyotidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi keng nuqsonlarni bartaraf qilishda mikrojarrohlik usulida reinnervatsiya qilingan radial loskut qo‘llanilishi texnikasi takomillashtirilganlii Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 09 oktyabr №153-I-sonli hamda Samarqand viloyat filialining 2023 yil 07 noyabr №163-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi keng nuqsonlarni mikrojarrohlik usulida reinnervatsiya qilingan radial loskutni alohida ajratish olish hamda qo‘llash orqali nuqsonlarni bartaraf etilishi va samarali davolash taktikasini belgilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi keng nuqsonlarni mikrojarrohlik usulida reinnervatsiya qilingan radial loskutni alohida ajratish olish hamda qo‘llash orqali nuqsonlarni bartaraf etilishi uchun o‘rtacha 950000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: Og‘iz bo‘shlig‘i saratonidan keyin xosil bo‘lgan og‘iz bo‘shlig‘i va tildagi keng nuqsonlarni mikrojarrohlik usulida reinnervatsiya qilingan radial loskutni alohida ajratish olish hamda qo‘llash orqali nuqsonlarni bartaraf etilishi uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 950000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida til nuqsonini bartaraf qilishda erkin bilak ichki yuzasi teri-fassial va nerv qon-tomir loskut bilan nuqsonlarni tiklash kombinirlashgan va kompleks usullarini residivni kamaytirish hisobiga qo‘llanishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 09 oktyabr №153-I-sonli hamda Samarqand viloyat filialining 2023 yil 07 noyabr №163-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Iijtimoiy samaradorligi: og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida til nuqsonini bartaraf qilishda erkin bilak ichki yuzasi teri-fassial va nerv qon-tomir loskut bilan nuqsonlarni tiklash, kombinirlashgan va kompleks usullarini qo‘llash boshqa usullarga nisbatan residiv, o‘smani davomli o‘sishini qisman kamaytirish orqali yashovchanlik ko‘rsatgichini oshishi imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida til nuqsonini bartaraf qilishda erkin bilak ichki yuzasi teri-fassial va nerv qon-tomir loskut bilan nuqsonlarni tiklash, kombinirlashgan va kompleks usullarini qo‘llash boshqa usullarga nisbatan residiv, o‘smani davomli o‘sishini qisman kamaytirish orqali yashovchanlik ko‘rsatgichini oshishi kabi afzalliklar uchun o‘rtacha 1065000-1225000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: og‘iz bo‘shlig‘i havfli o‘smalarida til nuqsonini bartaraf qilishda erkin bilak ichki yuzasi teri-fassial va nerv qon-tomir loskut bilan nuqsonlarni tiklash, kombinirlashgan va kompleks usullarini qo‘llash boshqa usullarga nisbatan residiv, o‘smani davomli o‘sishini qisman kamaytirish orqali yashovchanlik ko‘rsatgichini oshishi kabi afzalliklar uchun bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1065000 so‘mdan 1225000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: mikroxirurgik jarrohlik amalietlardan keyingi erta davrda autotransplantatning nekrozini profilaktika qilish maqsadida jaroxatni ochiq usulda olib borish bilan mahalliy antikoagulyant terapiya qo‘llash orqali qon tomirlar anastomozini trombozni oldini olish usuli qo‘llash isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyat filialining 2023 yil 09 oktyabr №153-I-sonli hamda Samarqand viloyat filialining 2023 yil 07 noyabr №163-sonli buyruqlari bilan klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan mikroxirurgik jarrohlik usulini qo‘llashda tomirlar anastamozini faoliyatini ta’minlash va tromboz asoratini oldini olish maqsadida jaroxatni ochiq usulda olib borish Hamda tromb hosil bo‘lishiga qarshi mahalliy antikoagulyant dori vositalarni qo‘llash orqali autotransplantatning nekrozi oldi olinib, to‘qimalar funksiyasi tiklanganligi imkonini bergan. Iiqtisodiy samaradorligi: mikroxirurgik jarrohlik usulini qo‘llashda tomirlar anastamozini faoliyatini ta’minlash va tromboz asoratini oldini olish maqsadida jaroxatni ochiq usulda olib borish Hamda tromb hosil bo‘lishiga qarshi mahalliy antikoagulyant dori vositalarni qo‘llash orqali autotransplantatning nekrozi oldi olinib, to‘qimalar funksiyasi tiklanishi uchun davlat byudjetidan 750000 ming xarajatlarni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: mikroxirurgik jarrohlik usulini qo‘llashda tomirlar anastamozini faoliyatini ta’minlash va tromboz asoratini oldini olish maqsadida jaroxatni ochiq usulda olib borish Hamda tromb hosil bo‘lishiga qarshi mahalliy antikoagulyant dori vositalarni qo‘llash orqali autotransplantatning nekrozi oldi olinib, to‘qimalar funksiyasi to‘liq tiklanishi uchun davlat byudjetidan 750000 ming xarajatlarni iqtisod qilishga qilish imkonini bergan.