Obilov Mirkomil Rashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish orqali mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.01DSc/Iqt624.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobonazarova Jamila Xolmurodovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulova Dilfuza Valievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholi moliyaviy savodxonligini oshirish orqali mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
moliyaviy savodxonlikning tadbirkorlik muhitiga ta’sirini baholashda institusional iqtisodiyot nazariyasi hamda xulq-atvor iqtisodiyoti qoidalariga asoslangan holda aholining moliyaviy bilimlarini integratsiya qiluvchi institusional muhit tahlili orqali moliyaviy savodxonlikning tadbirkorlik faoliyati rivojiga ta’sirini baholashning kompleks institusional-ijtimoiy modeli aholining moliyaviy bilimlari va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlovchi indikatorlar asosida takomillashtirilgan;
tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va moliyaviy savodxonlikning o‘zaro ta’sirchanligini baholash uslubi kompozit indekslar nazariyasi hamda amaliy moliyaviy analiz usullari asosida moliyaviy bilimlar, moliyaviy xulq-atvor, investision qarorlarni qabul qilish qobiliyati va tadbirkorlik rivoji o‘rtasidagi uyg‘unlikni baholash imkonini beruvchi kompleks integral indeksni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
moliyaviy bilimlarni tadbirkorlik faoliyatiga integratsiya qilish mexanizmlarini kognitiv iqtisodiyot nazariyasi, inson kapitali nazariyasiga ko‘ra modellashtirish asosida moliyaviy ta’limning iqtisodiy motivatsiyaga ta’sirini o‘rganish, aholida moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyatini kuchaytirish hamda tadbirkorlikka moyillikni oshirish orqali aholi moliyaviy savodxonligini rivojlantirish dasturlarining natijadorligini baholash imkoni yaratilgan;
moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikni rivojlantirish jarayoniga nomarkazlashgan boshqaruv nazariyasi va jamoaviy taraqqiyot modellarini uyg‘unlashtirgan holda mahalliy darajada moliyaviy ta’lim va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish asosida davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi institusional hamkorlikning iqtisodiy samaradorligi baholangan;
O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonmetrik model asosida 2030-yilga qadar moliyaviy savodxonlik rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aholi moliyaviy savodxonligini oshirish orqali mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
moliyaviy savodxonlikning tadbirkorlik muhitiga ta’sirini baholashda institusional iqtisodiyot nazariyasi hamda xulq-atvor iqtisodiyoti qoidalariga asoslangan holda aholining moliyaviy bilimlarini integratsiya qiluvchi institusional muhit tahlili orqali moliyaviy savodxonlikning tadbirkorlik faoliyati rivojiga ta’sirini baholashning kompleks institusional-ijtimoiy modeli aholining moliyaviy bilimlari va tadbirkorlik faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlovchi indikatorlar asosida takomillashtish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyundagi 01/00-03/10-5226-sonli, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025-yil 7-yanvardagi 01-04-5/91-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish, ularning ijtimoiylashuviga, bandligiga, shuningdek, moliyaviy mustaqilligiga ko‘maklashishga o‘z hissasini qo‘shgan tadbirkorlik subektlarini rag‘batlantirish mexanizmi yaratilgan;
tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va moliyaviy savodxonlikning o‘zaro ta’sirchanligini baholash uslubi kompozit indekslar nazariyasi hamda amaliy moliyaviy analiz usullari asosida moliyaviy bilimlar, moliyaviy xulq-atvor, investision qarorlarni qabul qilish qobiliyati va tadbirkorlik rivoji o‘rtasidagi uyg‘unlikni baholash imkonini beruvchi kompleks integral indeksni qo‘llash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyundagi 01/00-03/10-5226-sonli, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025-yil 7-yanvardagi 01-04-5/91-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kambag‘al oilalarni baholashning yagona savolnomasi ishlab chiqilgan va ularning ijtimoiy portreti shakllantirilgan;
moliyaviy bilimlarni tadbirkorlik faoliyatiga integratsiya qilish mexanizmlarini kognitiv iqtisodiyot nazariyasi, inson kapitali nazariyasiga ko‘ra modellashtirish asosida moliyaviy ta’limning iqtisodiy motivatsiyaga ta’sirini o‘rganish, aholida moliyaviy qarorlar qabul qilish qobiliyatini kuchaytirish hamda tadbirkorlikka moyillikni oshirish orqali aholi moliyaviy savodxonligini rivojlantirish dasturlarining natijadorligini baholash imkonini yaratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 3-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyundagi 01/00-03/10-5226-sonli, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025-yil 7-yanvardagi 01-04-5/91-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Biznesga birinchi qadam” dasturini amalga oshirish, kambag‘al oilalarga subsidiyalar ajratish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi tizim joriy qilingan;
O‘zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonmetrik model asosida 2030-yilga qadar moliyaviy savodxonlik rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining 12-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 3-iyundagi 01/00-03/10-5226-sonli, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2025-yil 7-yanvardagi 01-04-5/91-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida aholi orasida moliyaviy bilimlarni oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari va maxsus nashrlar orqali moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilishida hamda 2030-yilga qadar moliyaviy savodxonlik darajasining o‘sish prognozi asosida tizimli rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilib, moliyaviy barqarorlik va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzoq muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqishda xizmat qilgan.