MUXAMMADIEV Davlat Mustafaevich: “Chigitni chiqaruvchi qurilmali arrali jin va pul`slovchi havo oqimli kondensor mashina agregatlari dinamikasi” (05.02.03) – Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti (100100, Toshkent sh., Shoxjahon ko‘chasi, 5. Tel.: 253-06-06, faks: 253-36-17, Elektron manzili: titlp_info@edu.uz), (dissertasiya rus tilida).
Ilmiy maslahatchi: t.f.d., prof. Sh.U.Raxmatqoriev
Ish bajarilgan tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Rasmiy opponentlar: A.Djuraev, Sh.P.Alimuxamedov, X.Q.Raxmonov.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
I. Tadqiqotning maqsadi: mashina agregatlari dinamikasi tadqiqotlari asosida ish unumdorligi, o‘zaro joylashuvi va energiyani tejash bilan paxta tolasi sifatini ta’minlash talablariga javob beruvchi arrali jin va kondensorning yangi konstruksiyalarini yaratish.
II. Dissertasiya natijalarining ilmiy yangiligi:
ikki barabanli ta’minlagich, chigitni ishchi kameradan qo‘shimcha chiqaruvchi qurilmali arrali jin va pul`slovchi havo oqimli kondensor (675, 2354, IAP 02992, IAP 04037, FAP 00589, FAP 00841) hamda arrali jinlash mashinalari konstruksiyasining dinamik jarayonlarini hisoblash uslubi va dasturiy ta’minoti (№ DGU 00829, № DGU 00830) ishlab chiqilgan;
paxtani tozalash va jinlash mashinalarining ratsional rejim va parametrlarini tanlash imkonini beruvchi tola, chigit sifat ko‘rsatkichlari, arrali jin va tola kondensori ish unumdorliklarining chigitni chiqaruvchi quvur va pul`sator xarakteristikalariga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
ishchi organlardagi texnologik qarshiliklarni hisobga olgan holda arrali jinning dinamik va konstruktiv ko‘rsatkichlarini tanlash imkonini beruvchi 156 arrali silindr vali, chigitni chiqaruvchi quvur va shneklarning yuklanishi qonuniyatlari hamda ular aylanishining kritik chastotalari aniqlangan (№ DGU 02400);
paxtani qayta ishlashda energiya sarfini va paxta tolasi tannarxini kamaytiruvchi «ta’minlagich – arrali jin – tola kondensori» mashina agregatlarining matematik modellari ishlab chiqilgan.
III. Dissertasiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan pul`slovchi havo oqimli KVVB tola kondensori, ikki barabanli ta’minlagich va chigitni ishchi kameradan chiqaruvchi qurilmali takomillashtirilgan 156 arrali jin ishchi kamerasi «KRSVU» markasi bilan «O‘zpaxtasanoat» uyushmasi korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilib, yillik iqtisodiy samara 96,5 mln so‘mni tashkil etgan («O‘zpaxtasanoat» uyushmasining 04.09.2014 yildagi joriy qilinganlik dalolatnomasi).