Karimova Nargiza Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8207
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Supieva Buxolida Abduvalievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning axloqiyligi, hissiy-emotsional holatining ta’sirli bo‘lishiga ko‘ra o‘zaro munosabatlarning natijadorligi oshirish hamda qat’iy g‘oyaviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lishi va motivatsion-qadriyatli, faoliyatli-kognitiv me’yorlar barqarorligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish integrativ modeli ta’lim shakllarining o‘zaro bog‘liqligi mazmunning variativligi, adekvat o‘zini-o‘zi baholashi, qoniqish va instrumental qadriyatlarni ajratish hamda tabaqalashtirilgan o‘quv kurslarida ochiq dialog, ijodiy hamkorlik muloqotiga tinglovchilarni yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi andragog va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatida kasbiy qiyinchiliklarni engishi, o‘qituvchi refleksiyasi hamda mazmunli mashg‘ulot, maxsus kurs va uni o‘qitishda noan’naviy metodlarni qo‘llash, hamda kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish jarayoniga tizimli moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi tavsiya etilgan amaliy metodik takliflarni malaka oshirishda qo‘llaniladigan kasbiy-axloqiy sifat ko‘rsatkichlarini baholash darajalariga uyg‘unlashtirish, hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish yuzasidan olingan natijalar asosida:
malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari shaxsning axloqiyligi, hissiy-emotsional holatining ta’sirli bo‘lishiga ko‘ra o‘zaro munosabatlarning natijadorligi oshirish hamda qat’iy g‘oyaviy-axloqiy qadriyatlarga ega bo‘lishi va motivatsion-qadriyatli, faoliyatli-kognitiv me’yorlar barqarorligini bosqichma-bosqich ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 19 maydagi 11-05-3234 raqamli dalolatnomasi). Natijada malaka oshirish tizimida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish imkoni yaratilgan.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish integrativ modeli ta’lim shakllarining o‘zaro bog‘liqligi mazmunning variativligi, adekvat o‘zini-o‘zi baholashi, qoniqish va instrumental qadriyatlarni ajratish hamda tabaqalashtirilgan o‘quv kurslarida ochiq dialog, ijodiy hamkorlik muloqotiga tinglovchilarni yo‘naltirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 19 maydagi 11-05-3234 raqamli dalolatnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida,boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi oshgan.
Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi andragog va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatida kasbiy qiyinchiliklarni engishi, o‘qituvchi refleksiyasi hamda mazmunli mashg‘ulot, maxsus kurs va uni o‘qitishda noan’naviy metodlarni qo‘llash, hamda kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish jarayoniga tizimli moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 19 maydagi 11-05-3234 raqamli dalolatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning mazmuni kengaytirilgan.
Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligi tavsiya etilgan amaliy metodik takliflarni malaka oshirishda qo‘llaniladigan kasbiy-axloqiy sifat ko‘rsatkichlarini baholash darajalariga uyg‘unlashtirish, hamda o‘z-o‘zini rivojlantirishning dinamikligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 19 maydagi 11-05-3234 raqamli dalolatnomasi). Natijada malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish samaradorligini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.