Urunova Nozima Ulmasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholining dam olishini rivojlantirishda ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatishning yo‘nalishlari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4851.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm madaniy-meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Aholining dam olishini rivojlantirishda ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatishning yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, turistlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida tadbirkorlik subektlari tomonidan “Modulli kapsula” modeli asosida joylashtirish vositalarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplashda, kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan (3 toifa asosida) mehmonxonadagi har bir joy uchun, bir martalik subsidiya berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSh dollariga etkazish maqsadida turistik servisni yuqori darajada ko‘rsatish uchun respublika “Dual ta’lim” modeli asosida oliy ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan 500 nafar iqtidorli talabalarining yozgi amaliyotlarini turizm sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy davlatlarda o‘tashini tashkil etish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va xorijiy turistlarni jalb etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 ta turizm klasterlarini, Farg‘ona viloyatida 1 ta turistik-rekreatsion zonani tashkil qilish asosida turizm infratuzilmasini xorijiy sayyohlarga moslashtirish maqsadida aholining dam olishi uchun ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatish “Tourist friendly” tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarda aholining dam olishini rivojlantirishda ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatish tendensiyalari hamda turizm sohasi istiqbolliga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida Samarqand viloyatida turistik xizmatlarni oshirishning 2030-yilgacha o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholining dam olishini rivojlantirishda ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatishning yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mamlakatimizda turizm sohasini iqtisodiyotning muhim strategik tarmog‘i sifatida yanada rivojlantirish, turistlar oqimini keskin oshirish, yangi turizm obektlarini tashkil etish, sohadagi tadbirkorlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida tadbirkorlik subektlari tomonidan “Modulli kapsula” modeli asosida joylashtirish vositalarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplashda, kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan (3 toifa asosida) mehmonxonadagi har bir joy uchun, bir martalik subsidiya berish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87 “2025-yilda turizm salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlarda apart-otel, kapsula uylar va shu kabi joylashtirish vositalaridan iborat zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish” “Rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 03-10-17-1873-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy yangilik mamlakatimizda aholiga dam olish va xordiq chiqarish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish hajmining 17 % oshishiga imkon bergan;
hududlarga 15,8 million nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 milliard AQSh dollariga etkazish maqsadida turistik servisni yuqori darajada ko‘rsatish uchun respublika “Dual ta’lim” modeli asosida oliy ta’lim muassasalarining xizmat ko‘rsatish ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan, xorijiy tillarni o‘zlashtirgan 500 nafar iqtidorli talabalarining yozgi amaliyotlarini turizm sohasida yetakchi bo‘lgan xorijiy davlatlarda o‘tashini tashkil etish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87 “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish bo‘yicha”gi “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 03-10-17-1873-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mamlakatimizda hududiy va mintaqaviy ekoturizm resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini oshirib, xalqaro ekoturizmni rivojlantirishga, hududlarda kirish turizmi oqimining 40% ko‘payishiga xizmat qilgan;
hududlarning turistik salohiyatini targ‘ib qilish va xorijiy turistlarni jalb etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida 4 ta turizm klasterlarini, Farg‘ona viloyatida 1 ta turistik-rekreatsion zonani tashkil qilish asosida turizm infratuzilmasini xorijiy sayyohlarga moslashtirish maqsadida aholining dam olishi uchun ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatish “Tourist friendly” tizimini joriy qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2025-yil 15-maydagi PF-87 “Turizm infratuzilmasini xorijiy sayyohlarga moslashtirish maqsadida “Tourist friendly” (Turistlarga mehmondo‘stlik) tizimini joriy qilish bo‘yicha” “Chora-tadbirlar rejasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 03-10-17-1873-sonli dalolatnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizga 15 million nafar xorijiy turistlar tashrifini tashkil etishda yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
hududlarda aholining dam olishini rivojlantirishda ekoturizm-rekreatsiya xizmatlarini samarali ko‘rsatish tendensiyalari hamda turizm sohasi istiqboliga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida Samarqand viloyatida turistik xizmatlar oshirishning 2030-yilgacha o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 2-iyundagi 03-10-17-1873-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy yangilik Samarqand viloyatida aholining suv havzalaridan turistik maqsadlarda foydalanish ko‘lamini 3,1%ga oshishiga, dam olish va xordiq chiqarish bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatish hajmining 1,7% oshishiga imkon bergan.