Mambetnazarova Ayzada Maxsetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklari kreditlash amaliyotida garov ta’minotini baholashni takomillashtirish yo‘llari (Puti sovershenstvovaniya otsenki zaloga v kreditnoy praktike kommercheskix bankov)”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2992
Ilmiy rahbar: Daniyarov Kuatbay Dauirxanovich, doktora filosofii (PhD) po ekonomicheskim naukam, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibodullaeva Ma’rifat To‘lqin qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining kredit amaliyotida garovni baholashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari tomonidan kreditlashda bozor o‘zgaruvchanligi, iqtisodiy sikllar va aktivlar likvidligi dinamik omillarini hisobga olishni kuchaytirish asosida garov bahosining aniqligini oshirish orqali garov qiymatini 30% aniqlik bilan moslashtirish hamda bank qarorlarining ishonchliligini ta’minlash asoslangan;
garov portfelining diversifikatsiya darajasini baholashda risklarni turli aktiv turlariga samarali taqsimlash, garov qiymatining pasayish ehtimolini kamaytirish hamda kredit portfelining xavf profilini aniqlash orqali tijorat banklari kredit amaliyotida garovni baholash takomillashtirilgan;
tijorat banklari tomonidan kredit skoring modellarini joriy etishni an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanish asosida takomillashtirish orqali kredit olishning aniqligini 35%ga qadar oshirish va potensial qarz oluvchilar doirasini kengaytirish asoslangan;
ATB “Mikrokreditbank” garov aktivlari qiymatining istiqbolli bahosini shakllantirishga xizmat qiluvchi bozor tendensiyalari, inflyasiya ko‘rsatkichlari va me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 2030 yilga qadar garov qiymatining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tijorat banklarining kredit amaliyotida garovni baholash mexanizmlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan kreditlashda bozor o‘zgaruvchanligi, iqtisodiy sikllar va aktivlar likvidligi dinamik omillarini hisobga olishni kuchaytirish asosida garov bahosining aniqligini oshirish orqali garov qiymatini 30% aniqlik bilan moslashtirish hamda bank qarorlarining ishonchliligini ta’minlash taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 26-iyundagi №04-16/17615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida garov bahosining aniqligini 30% ga, risklarni boshqarish samaradorligini 25% ga oshirish, aktivlarning likvidlik va amortizatsiyaga asoslangan real bahosini 20% ga aniqlashtirish, shuningdek normativ ta’sirlarni hisobga olib ishonchlilikni 15% ga oshirish imkoni yaratilgan;
garov portfelining diversifikatsiya darajasini baholashda risklarni turli aktiv turlariga samarali taqsimlash, garov qiymatining pasayish ehtimolini kamaytirish hamda kredit portfelining xavf profilini aniqlash orqali tijorat banklari kredit amaliyotida garovni baholash takomillashtirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 26-iyundagi №04-16/17615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida turli aktiv sinflari (ko‘chmas mulk, uskuna, zaxiralar va boshqalar) bo‘yicha risklarning taqsimlanishini tahlil qilib, banklarga umumiy risk-profillarni va aktivlar o‘rtasidagi korrelyasiyalarni chuqurroq tushunishga yordam berib, garov portfelidagi aktivlar qiymatining pasayish riskini 30% gacha kamaytirish, umumiy risk-profillarni tushunishni 25% ga, risklarni baholash aniqligini 20% ga oshirish, baholarning barqarorligi va ishonchliligini 15% ga yaxshilash imkonini bergan;
tijorat banklari tomonidan kredit skoring modellarini joriy etishni an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanish asosida takomillashtirish orqali kredit olishning aniqligini 35%ga qadar oshirish va potensial qarz oluvchilar doirasini kengaytirish taklifi ATB “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 26-iyundagi №04-16/17615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida kommunal to‘lovlar, ijara tarixlari va raqamli tranzaksion xatti-harakatlar asosida qarz oluvchining kreditga layoqatliligi yanada to‘liq baholanib, banklarga asosliroq qarorlar qabul qilish va kreditlash doirasini kengaytirish imkonini bergan;
ATB “Mikrokreditbank” garov aktivlari qiymatining istiqbolli bahosini shakllantirishga xizmat qiluvchi bozor tendensiyalari, inflyasiya ko‘rsatkichlari va me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan garov qiymatining prognoz ko‘rsatkichlari ATB “Mikrokreditbank” tomonidan amaliyotga joriy etilgan (ATB “Mikrokreditbank”ning 2024-yil 26-iyundagi №04-16/17615-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida inflyasiya darajasi, texnologik taraqqiyot va tartibga solishdagi o‘zgarishlar hisobga olinib, kelgusi o‘n yillikda garov qiymatining o‘zgarishlarini har tomonlama bashorat qilish imkonini bergan.