Baymuradova Iroda Shermamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq hududlarini rivojlantirishda agroturizmning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini baholash (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.04–“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4342
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, PhD. 05/28.08.2024.1.182.02
Rasmiy opponentlar: Nodir Janibekov, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi agroturizmning iqtisodiy-ijtimoiy samaradorligini baholash orqali qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida agroturizm obektlari daromadlarini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan va uning quyi (0<0,332), o‘rta (0,333≤0,666) hamda yuqori (0,667≤1) mezonlari ishlab chiqilgan;
fermer, dehqon hamda tomorqa xo‘jaliklarida agroturizmni tashkil etish va rivojlantirishga davlat yordamini kuchaytirishda imtiyozli kreditlar ajratilishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligida agroturizm faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan manfaatdor “Agrosayohat” uyushmasini tashkil etish taklif etilgan hamda uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan;
viloyatning tog‘li, cho‘lli va sug‘orma dehqonchilikka asoslangan tekislik hududlaridagi agroturizm obektlari rivojlanishining 2032-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya ishining ilmiy takliflari va amaliy tavsiyalari asosida quyidagilar joriy etildi:
hududlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlari asosida agroturizm obektlari daromadlarini baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-maydagi 06/26-4-05/2725-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda agroturizm obektlari daromadlarini xo‘jaliklar joylashuvidan kelib chiqqan holda “quyi”, “o‘rta” va “yuqori” darajalarga ajratishda integral indeks usulida hisoblangan agroturizm daromadining “quyi” darajasi uchun 0,332 dan kam bo‘lishi, “o‘rta” daraja uchun 0,333 – 0,666 gacha bo‘lishi, “yuqori” daraja uchun 0,667 va undan yuqori bo‘lishi ishlab chiqilgan;
fermer, dehqon hamda tomorqa xo‘jaliklarida agroturizmni tashkil etish va rivojlantirishga davlat yordamini kuchaytirishda imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Tomorqa er egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonida o‘z tasdig‘ini topgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-maydagi 06/26-4-05/2725-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar negizida agroturizmni tashkil qilishda davlat tomonidan moliyalashtirilishi (3.620) kuchli tortuvchi omil sifatida yuqori statistik ahamiyatga egaligi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida agroturizm obektlarining kadrlar malakasi masalasi, marketing strategiyalarini qo‘llash, turistlar va davlat subsidiyalarini jalb qilishni ta’minlaydigan “Agrosayohat” agroturizm assotsiatsiyasining hududiy bo‘limini tashkil etish Samarqand viloyati turizm boshqarmasining 2025-yildagi 06-06/403-son yo‘l xaritasida tasdiqlangan hamda assotsiatsiyaning tashkiliy mexanizmini tuzish Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 14-maydagi 03-10-17-4117-son ma’lumotnomasi) tomonidan tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi fermer va dehqonlarning agroturizm uyushmasiga a’zo bo‘lish istagiga xo‘jalik egasining ma’lumoti kuchli ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan.Viloyatdagi fermer xo‘jaliklari rahbarlarining bilim darajasi bir pog‘onaga oshishi agroturizm assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lishni ma’qul ko‘rgan fermerlar ulushini 55 foizga oshirishi “Ikki o‘zgaruvchili probit” (Bivariate probit) modeli yordamida asoslab berilgan;
Samarqand viloyatining tog‘li, cho‘lli va sug‘orma dehqonchilikka asoslangan tekislik hududlaridagi agroturizm obektlarini tashkil etishning 2032-yilgacha prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 5-maydagi 06/26-4-05/2725-son ma’lumotnomasi). Natijalarga ko‘ra 2032-yilgacha viloyatning tog‘li hududlarida 30 ta, sug‘orma dehqonchilikka moslashgan hududlarda 27 ta va cho‘l-dasht hududlarida esa 23 ta agroturistik obekt tashkil etilishi ilmiy isbotlangan.