G‘ulamov Ilhom Akramovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish materillari sanoat korxonalarini innovatsion faolligini oshirishning iqtisodiy mexanizimlarini takomillashtirish”, 08.00.03-“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3979
Ilmiy rahbar: Ismailov Akmal Maxsudovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar:  Xakimov Ziyodulla Axmadovich., iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Nematjon Azatbaevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublika qurilish materiallari sanoati korxonalari innovasion faolligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalari innovasion faolligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni inson kapitali asosida innovasion faoliyat ko‘rsatkichlarining sifat va miqdoriy o‘zgarishi natijasida tashkilot yoki shaxs tomonidan yangi g‘oyalarni, texnologiyalarni, mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratish, joriy qilish va rivojlantirish faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,002), boshqaruv faolligi (Bf=1,242), mehnat faolligi (Mehf=0,947) ning maqbul chegaralarida innovasion faollikni yuqori darajasini ta’minlash asoslangan;
I    nnovasion faollikni oshirishda qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish,  innovatsiyalarga qilingan xarajatlar, innovasion mahsulotlar foydasi, ilmiy-tadqiqot xarajatlar, ilmiy darajaga ega ishchi va xodimlar koeffisientlari, innovasion samaradorlik indeksi, patentlar va lisenziyalar ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (0,8≤ INf˂1,0), «yuqori» (0,64≤ INf˂0,8), «o‘rtacha xavfli»(0,37≤ INf ˂0,64), «xavfli» (0,2≤ INf˂0,37) va «yuqori xavfli» (0≤ INf˂0,2) miqdoriy chegaralari doirasida belgilash asoslangan;
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning innovasion faolligini oshirish samarali vositalarining ko‘p omilli modeli asosida 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalari innovasion faolligi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini inson kapitali asosida innovasion faoliyat ko‘rsatkichlarining sifat va miqdoriy o‘zgarishi natijasida tashkilot yoki shaxs tomonidan yangi g‘oyalarni, texnologiyalarni, mahsulotlar yoki xizmatlarni yaratish, joriy qilish va rivojlantirish faoliyati nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda barcha mavjud faollik turlari umumiy qobiliyatlari yig‘indisi sifatidagi “innovasion faollik” tushunchasining mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda moliyaviy faollik darajasi (Mf=1,025), ishlab chiqarish faolligi (Ichf=1,216), marketing faolligi (Marf=1,002), boshqaruv faolligi (Bf=1,242), mehnat faolligi (Mehf=0,947) ning maqbul chegaralarida innovasion faollikni yuqori darajasini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 06/13223-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovasion faolligi tarkibini tashkil etuvchi omillarning vazn ko‘rsatkichlarini belgilanishi imkoni yaratilgan; 
innovasion faollikni oshirishda qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish,  innovatsiyalarga qilingan xarajatlar, innovasion mahsulotlar foydasi, ilmiy-tadqiqot xarajatlar, ilmiy darajaga ega ishchi va xodimlar koeffisientlari, innovasion samaradorlik indeksi, patentlar va lisenziyalar ko‘rsatkichlarini integral baholash bo‘yicha «juda yuqori» (0,8≤ INf˂1,0), «yuqori» (0,64≤ INf˂0,8), «o‘rtacha xavfli»(0,37≤ INf ˂0,64), «xavfli» (0,2≤ INf˂0,37) va «yuqori xavfli» (0≤ INf˂0,2) miqdoriy chegaralari doirasida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 12 dekabrdagi 06/13223-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarida ilmiy faollikka ega kadrlarni jalb etish orqali korxonaning moliyaviy-iqtisodiy va investision innovasion rivojlanishini ta’minlash hamda, o‘tkazilgan ekspert so‘rovlari natijasiga ko‘ra, qurilish materiallari sanoati korxonasining ilmiy faol kadrlar darajasini oshirish imkoni yaratilgan; 
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalaridagi iqtisodiy jarayonlarning innovasion faolligini oshirish samarali vositalarining ko‘p omilli modeli asosida 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari 
O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 23 maydagi  04-06/1-5754-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarini samarali oshirish ssenariylari ishlab chiqilgan hamda korxonalar faoliyatiga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning tahlil qilinishi asosida asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish, iqtisodiy samaradorlikni pasayish xavfini oldindan aniqlash, unga ta’sir etuvchi ichki va tashqi muammolarni bartaraf etish uchun samarali echimlar va chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish