Shukurova Nargiza Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “GAT tizimi asosida jizzax suv ombori hududidagi qishloq xo‘jaligi erlaridan unumli foydalanishni bashoratlash”, 06.01.10-Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx870
Ilmiy rahbar: Inamov Aziz Nizamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03. (Bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar: Reimov Nietbay Baynazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Hamidov Fayzullo Ramazonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Texnogen omillar ta’sirida Jizzax suv omborining qishloq xo‘jaligi erlariga ta’sirini GAT asosida baholash va bashorat qilishning avtomatlashtirilgan usulini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Jizzax suv ombori va uning atrofidagi qishloq xo‘jaligi ekin erlari, aholi yashash joylari va gidrotexnika inshootlari hamda avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish asosida xaritalashitirish usuli takomillashtirilgan;
Dron yordamida olingan ma’lumotlarni bo‘ylama va ko‘ndalang qoplash usulini inobatga olib, aerosuratlarni transformatsiya qilish va suv omborining yirik masshtabdagi uch o‘lchamli modelini qurish usuli takomillashtirilgan;
Python dasturlash tili asosida Jizzax suv omborining qishloq xo‘jalik erlariga ta’siri va muhofaza zonalarini geovizuallashtiruvchi “SAFE (Simulated Analysis for Flood Evens)” nomli veb platforma ishlab chiqilgan.
Erning relefi, suv omboridagi suvning hajmi va infratuzilma obektlarining joylashuvini inobatga olib, suv sathi ko‘tarilganda suv etib boradigan hududlarni va qishloq xo‘jaligi er maydonlariga etkaziladigan zararni oldindan aniqlash bo‘yicha algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. GAT tizimi asosida jizzax suv ombori hududidagi qishloq xo‘jaligi erlaridan unumli foydalanishni bashoratlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Jizzax suv ombori va uning atrofidagi qishloq xo‘jaligi ekin erlari, aholi yashash joylari va gidrotexnika inshootlari hamda avtomobil yo‘llarini raqamlashtirish asosida xaritalashitirish usuli O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-688-son ma’lumotnomasi). Natijada Jizzax suv omborining yuqori aniqlikdagi kompleks xaritasi tuzildi va shu asosida favqulodda vaziyatlarda qo‘llash imkoniyati yaratilgan; 
Aerosuratlarni transformatsiya qilish va yirik masshtabdagi uch o‘lchamli modelini qurish usuli O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-688-son ma’lumotnomasi). Natijada dron yordamida olingan aerosuratlarni transformatsiya qilish va suv omborining uch o‘lchamli modelini qurish imkoniyati yaratilgan; 
Jizzax suv omborining texnik ko‘rsatkichlari, geografik joylashuvi, uch o‘lchamli modeli va muhofaza zonalarini geovizuallashtiruvchi “SAFE (Simulated Analysis for Flood Evens)” nomli veb ilova O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-688-son ma’lumotnomasi). Natijada veb ilova orqali suv ombori to‘g‘risidagi texnik ko‘rsatkichlarni tez fursatda olish va hukumatga interfaol xizmat ko‘rzatish imkoniyati yaratilgan; 
Suv sathi ko‘tarilganda suv etib boradigan hududlarni va etkaziladigan zararni aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi 05/04-04-688-son ma’lumotnomasi). Natijada suv omborida suv sathi ko‘tarilganda suv yo‘lidagi infratuzilma obektlariga va qishloq xo‘jaligi erlariga etkaziladigan zararni hamda suv egallaydigan maydonlarni aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish