Shamusarov Sarvar Sharustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston suveren kredit reytingini oshirish yo‘llari», 08.00.07 — «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt237 
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Xabibullo Xikmatulla o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent Xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suveren kredit reytingini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
kompaniyalar kredit reytingi barqarorligini ta’minlashda foizlarni qoplash koeffisientini (2.5÷4.0), EBIT marjasini (10%÷18%) va sof foyda marjasini (4%÷10%) oshirish hamda qarz/kapital (1.5÷3.0) va qarz/EBITDA (3.0÷4.5) nisbatlarni pasaytirish zarurligi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlarining korporativ suveren kredit reytingini baholatish orqali xorijiy kapitalni jalb qilishda kreditlarga nisbatan al`ternativ bo‘lgan evrobondlarga ustuvorlik qaratishning afzalligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kredit reytingini baholash mexanizmi har bir hududning rivojlanish tendensiyasi, kredit layoqati va investision potensialini aniqlash orqali suveren kredit reytinglaridagi pozisiyasini yaxshilash bo‘yicha strategiya ishlab chiqish amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2026 yilga qadar prognoz ssenariysi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston suveren kredit reytingini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
kompaniyalar kredit reytingi barqarorligini ta’minlashda foizlarni qoplash koeffisientini (2.5÷4.0), EBIT marjasini (10%÷18%) va sof foyda marjasini (4%÷10%) oshirish hamda qarz/kapital (1.5÷3.0) va qarz/EBITDA (3.0÷4.5) nisbatlarni pasaytirish zarurligidan foydalanish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2024 yil 22 iyuldagi 13/08-3-4-10275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korporativ tuzilmaning moliyaviy profilini to‘g‘ri tahlil qilish orqali O‘zbekiston suveren kredit reytingini oshirish yo‘llarini aniqlash imkoni yaratilgan; 
aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlarining korporativ suveren kredit reytingini baholatish orqali xorijiy kapitalni jalb qilishda kreditlarga nisbatan al`ternativ bo‘lgan evrobondlarga ustuvorlik qaratish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2024 yil 22 iyuldagi 13/08-3-4-10275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bir qator aksiyadorlik jamiyatlari o‘zlarining korporativ suveren kredit reytingini baholatish orqali xalqaro moliya bozorlariga o‘zlarining korporativ obligatsiyalarini joylashtirib, yirik miqdorda moliyaviy resurs jalb qilish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kredit reytingini baholash mexanizmi har bir hududning rivojlanish tendensiyasi, kredit layoqati va investision potensialini aniqlash orqali suveren kredit reytinglaridagi pozisiyasini yaxshilash bo‘yicha strategiya ishlab chiqish amaliyotini joriy etish asosida takomillashtirish taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2024 yil 22 iyuldagi 13/08-3-4-10275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida O‘zbekiston Respublikasining hududlarining kredit reytinglari baholab chiqish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model` asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ssenariysi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo sanoat palatasining 2024 yil 22 iyuldagi 13/08-3-4-10275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida inflyasiya, YaIMning o‘sishi, milliy daromadning aholi jon boshiga o‘rtacha o‘sishi va umumiy davlat qarzining YaIMga nisbati orqali mamlakatning suveren kredit reytingi 2023 yiladagi BB- ko‘rsatkichdan 2026 yilga kelib 1 pog‘onaga ko‘tarilgan holda BB ko‘rsatkichga etishi asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish