Raupov Gayrat Soyibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyatidagi madaniy meros ob’ektlaridan turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish uchun foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4629
Ilmiy rahbar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abduganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyatidagi madaniy meros ob’ektlaridan turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish uchun foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniy meros ob’ektlarida turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash yondashuvi mavjud shart-sharoitlar, bozor talabi, raqobat ustunliklari, raqobatchilarning bozordagi pozisiyasi, narxlar dinamikasi omillariga ustuvorlik beruvchi agressiv, himoyaviy va neytral strategiyalar asosida takomillashtirilgan;
madaniy meros ob’ektlarida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishda tashkiliy jihatdan institutsional va innovasion moslashuvchanlik, iqtisodiy jihatdan moliyaviy xavflarni baholash va oldini olish, ijara narxlarini solishtirish va to‘g‘ri belgilash mexanizmlarini kiritish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
radiusli klasterlashtirish yondashuvi asosida Xo‘ja Usmon madaniy meros ob’ektini “MICE turizm markaziga” aylantirish orqali Buxoro viloyatiga keladigan turistik oqim mavsumiy tebranishlarini yumshatish taklifi asoslangan;
konglomerat diversifikatsiya usulini qo‘llash asosida “Bukhara tower” madaniy meros ob’ektiga tashrif buyuradigan turistlar oqimining 2029-yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatidagi madaniy meros ob’ektlaridan turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish uchun foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
madaniy meros ob’ektlarida turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash yondashuvi mavjud shart-sharoitlar, bozor talabi, raqobat ustunliklari, raqobatchilarning bozordagi pozisiyasi, narxlar dinamikasi omillariga ustuvorlik beruvchi agressiv, himoyaviy va neytral strategiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasida belgilangan topshiriqlarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-martdagi 03-10-17-2558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro viloyatidagi madaniy meros ob’ektlaridan turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish uchun foydalanish imkoniyati kengaygan;
madaniy meros ob’ektlarida turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishda tashkiliy jihatdan institutsional va innovasion moslashuvchanlik, iqtisodiy jihatdan moliyaviy xavflarni baholash va oldini olish, ijara narxlarini solishtirish va to‘g‘ri belgilash mexanizmlarini kiritish maqsadga muvofiqligi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-oktyabrdagi 881-sonli “Moddiy madaniy meros ob’ektlaridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-martdagi 03-10-17-2558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida madaniy meros ob’ektlarini tadbirkorlarga ijaraga berish orqali innovatsion turistik xizmatlarni joriy qilish imkoniyati yaratilgan;
radiusli klasterlashtirish yondashuvi asosida Xo‘ja Usmon madaniy meros ob’ektini “MICE turizm markaziga” aylantirish orqali Buxoro viloyatiga keladigan turistik oqim mavsumiy tebranishlarini yumshatish bo‘yicha asoslangan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-sonli qarorining “Turizm sohasini yanada rivojlantirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-bandida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-martdagi 03-10-17-2558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida Buxoro shahrida MICE turizmni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
konglomerat diversifikatsiya usulini qo‘llash asosida “Bukhara Tower” madaniy meros ob’ektiga tashrif buyuradigan turistlar oqimining 2029-yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentyabrdagi 543-son “2022 – 2026-yillarda Buxoro viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarni ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 24-martdagi 03-10-17-2558-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida “Bukhara Tower” madaniy meros ob’ektida ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini oshirish imkoni yaratilgan.