Ergashev G‘iyos Baxrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirish”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2893.
Ilmiy rahbar: Aliev Yashnarjon Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Nazarbaev Orinbay, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor; Farmanov Jonibek Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tadqiq etishning konseptual asoslari, ijtimoiy tanlov va neoinstitusionalizm nazariyalarning asosiy qoidalarini hisobga olgan holda iqtisodiy paradigma kontekstida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tashkil etishning ishlab chiqaruvchidan tortib iste’molchigacha bo‘lgan oraliqdagi harakatining samarali tizimini ta’minlashning nazariy jihatlari asoslangan;
ekin turlarini etishtirish samaradorligi, eksport salohiyati va ekologik tozalik darajasiga ko‘ra ; ; shartlar asosida aniqlangan balli-reytingi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport turlarini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya miqdorini asosida hisoblash orqali qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini diversifikatsiya qilish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdan boshlab, ularni qayta ishlash, tashish, marketing va eksportgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiruvchi agrologistik klasterlar hamda mahsulotni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan kooperativlar mazkur mahsulotlarning jahon bozoriga samarali tarzda olib chiqilishini ta’minlovchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida asoslangan;
davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash yondashuvi doirasida transportirovka, mahsulotlarni saqlash, sertifikatlash hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarni tashkil etish kabi to‘rtta asosiy yo‘nalishga tayangan yangi model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tadqiq etishning konseptual asoslari, ijtimoiy tanlov va neoinstitusionalizm nazariyalarning asosiy qoidalarini hisobga olgan holda iqtisodiy paradigma kontekstida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tashkil etishning ishlab chiqaruvchidan tortib iste’molchigacha bo‘lgan oraliqdagi harakatining samarali tizimini ta’minlashning nazariy jihatlari bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan “qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilish tizimini takomillashtirish mexanizmida yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshishiga xizmat qilish mexanizmi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil
8 oktyabrdagi 05/06-02-859 son ma’lumotnomasi). Taklif Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida joylashgan “INDORAMA” klaster mas’uliyati cheklangan jamiyat amaliyotiga joriy qilingan holda mahsulotlar eksport hajmining 9,1 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ekin turlarini etishtirish samaradorligi, eksport salohiyati va ekologik tozalik darajasiga ko‘ra ; ; shartlar asosida aniqlangan balli-reytingi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport turlarini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiya miqdorini asosida hisoblash orqali qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini diversifikatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshishiga xizmat qilish mexanizmi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-859 son ma’lumotnomasi). Taklif Sirdaryo viloyati Oqoltin va Mirzobod tumanlari hududida joylashgan “BEK” klaster mas’uliyati cheklangan jamiyat amaliyotiga joriy qilingan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmining 8,3 foizga oshirishga erishishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishdan boshlab, ularni qayta ishlash, tashish, marketing va eksportgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini yagona tizimga birlashtiruvchi agrologistik klasterlar hamda mahsulotni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan kooperativlar mazkur mahsulotlarning jahon bozoriga samarali tarzda olib chiqilishini ta’minlovchi asosiy mexanizmlardan biri ekanligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimida yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshishiga xizmat qilish mexanizmi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-859 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida joylashgan “SERHOSIL BOG‘” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilinib, mahsulotlar eksport hajmining 23,6 foizga oshirilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash yondashuvi doirasida transportirovka, mahsulotlarni saqlash, sertifikatlash hamda xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalarni tashkil etish kabi to‘rtta asosiy yo‘nalishga tayangan yangi model` bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirishda yuzaga keluvchi to‘siqlarni bartaraf qilish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmini oshishiga xizmat qilish mexanizmi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 8 oktyabrdagi 05/06-02-859 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hududida joylashgan “SARDOBA HIRMONI” fermer xo‘jaligida amaliyotga joriy qilingan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eksport hajmining 18,3 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.