Askarov Baxtiyar Mamitovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Baliqchilik sohasida samaradorlikni oshirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2882.
Ilmiy rahbar: Mirzataev Salamat Muratbaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangirbergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajapov Xayrulla Bekdurdievich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Termez davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilikda aqlli texnologiyalardan foydalanish orqali samaradorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini innovatsion va raqamli texnologiyalarga ko‘ra tashkil qilish yo‘nalishlari asosida foyda hajmini har bir hovuz bo‘yicha oshirish (61975 ming so‘m) imkoniyatlari asoslanib, aqlli baliqchilikka ko‘ra foyda xarajatdan sezilarli darajada yuqori (12,0 marta) bo‘lishi asoslab berilgan;
baliqchilikni samarali rivojlantirishda baliq moyi va baliq taomlariga talabning shakllanish modeli istiqbol talablari va soha (ishlab chiqarish)da qo‘shilgan qiymat zanjirining asosiy bosqichlari tasnifida konservalash ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirilgan (IMPACT modeli);
baliqchilik xo‘jaliklari foydasini maksimallashtirishda ularning  imkoniyatlarini hisobga olgan holda mahsulot etishtirish maydoni me’yori, bir birlik baliq etishtirishda ishchi kuchi sarfi, ozuqa miqdori va organik-mineral moddalar sarfi kabilarga ko‘ra baliq turi va miqdorining optimal darajasini aniqlash imkoniyatlari kengaytirilib, shunga ko‘ra uning (https://fpom.uz/) dasturiy ta’minoti taklif qilingan;
 Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni samarali rivojlantirishga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlarining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Baliqchilik sohasida samaradorlikni oshirishda aqlli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini innovatsion va raqamli texnologiyalarga ko‘ra tashkil qilish yo‘nalishlari asosida foyda hajmini har bir hovuz bo‘yicha oshirish (61975 ming so‘m) imkoniyatlari asoslanib, aqlli baliqchilikka ko‘ra foyda xarajatdan sezilarli darajada yuqori (12,0 marta) bo‘lishi taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №155-13-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 apreldagi 02/017-966-son ma’lumotnomasi). Taklifdan hududdagi baliqchilik xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil qilishda va ular faoliyatiga innovatsion texnologiyalrni joriy qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
baliqchilikni samarali rivojlantirishda baliq moyi va baliq taomlariga talabning shakllanish modeli istiqbol talablari va soha (ishlab chiqarish)da qo‘shilgan qiymat zanjirining asosiy bosqichlari tasnifida konservalash ustuvorligiga ko‘ra takomillashtirish (IMPACT) bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №155-13-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 apreldagi 02/017-966-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif baliqchilikni samarali rivojlantirishga ko‘ra istiqbolda sohada qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar turi va hajmini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
baliqchilik xo‘jaliklari foydasini maksimallashtirishda ularning  imkoniyatlarini hisobga olgan holda mahsulot etishtirish maydoni me’yori, bir birlik baliq etishtirishda ishchi kuchi sarfi, ozuqa miqdori va organik-mineral moddalar sarfi kabilarga ko‘ra baliq turi va miqdorining optimal darajasini aniqlash imkoniyatlari va uning (https://fpom.uz/) dasturiy ta’minoti bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №155-13-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 apreldagi 02/017-966-son ma’lumotnomasi). Taklif va dasturdan foydalanish baliqchilik xo‘jaliklarida resurslar hajmini oshirmagan holda baliq turi va sonini optimal variantlarini aniqlash asosida ular foydasini 20-25 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni samarali rivojlantirishga ko‘ra asosiy ko‘rsatkichlarining 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2024 yil 11 martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №155-13-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 apreldagi 02/017-966-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash va mehnatni oqilona tashkil etish kabilarga ko‘ra baliqchilik mahsulotlari hajmini istiqbol davrda oshirishga muayan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish