Shomurodov Tohir Boymurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aholi daromadlari o‘zgarishini oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirining nazariy asoslari”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: --------------------------
Ilmiy rahbar: Abdullaev Suyun Artikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Aholi daromadlari o‘zgarishini oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirining nazariy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy jihatdan “Oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasiga aholining faol kundalik hayot tarziga erishishi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini faqatgina mavjudligi bilan emas, balki aholining xarid qobiliyatini belgilangan kunlik mavjud ratsionlar asosida zarur ozuqaviy moddalarni miqdor va sifat jihatdan etarli darajada iste’mol qilish uchun oshirish nuqtai-nazaridan yondashish orqali takomillashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqilgan;
aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini baholash mexanizmi uy-xo‘jaliklari real daromadlari oshirilishi natijasida aholi o‘rtasida ovqatlanish sifatining yaxshilanishi (0,17≤OS≤0,31), iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishi (0,21≤II≤0,28), inflyasion o‘zgarishlarga bardoshlilikning ortishi (0,09≤IB≤0,13), qashshoqlikning kamayishi (0,11≤QK≤0,15), sog‘liq va iqtisodiy samaradorlikni ortishi (0,16≤SO≤0,19) omillaridagi ijobiy o‘zgarishlarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini baholashga oid ishlab chiqilgan logistik regressiya modeli asosida aholining daromadlar bo‘yicha quyi toifasidan yuqori toifasiga o‘tkazilishi orqali oziq-ovqat xavfsizligi darajasini (45%≤XD≤55%) oshirish taklifi asoslangan;
Respublikada ochlik indeksining oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi hamda tasarrufidagi daromad ta’siri natijasida o‘zgarishi chiziqli ekstropolyasiya va VAR ekonometrik modellari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aholi daromadlari o‘zgarishini oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
nazariy jihatdan “Oziq-ovqat xavfsizligi” tushunchasiga aholining faol kundalik hayot tarziga erishishi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini faqatgina mavjudligi bilan emas, balki aholining xarid qobiliyatini belgilangan kunlik mavjud ratsionlar asosida zarur ozuqaviy moddalarni miqdor va sifat jihatdan etarli darajada iste’mol qilish uchun oshirish nuqtai-nazaridan yondashishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlarining “Iqtisodiyot” (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiy siyosatga kirish” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/15-04-236-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiyot nazariyasini ilmiy-nazariy jihatdan boyitishga hamda “Iqtisodiyot” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar va shuningdek, ilmiy tadqiqotchilarda “oziq-ovqat xavfsizligi” kategoriyasining iqtisodiy mazmuniga oid bilim va ko‘nikmalarining rivojlanishiga hissa qo‘shgan;
aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini baholash mexanizmi uy-xo‘jaliklari real daromadlari oshirilishi natijasida aholi o‘rtasida ovqatlanish sifatining yaxshilanishi (0,17≤OS≤0,31), iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishi (0,21≤II≤0,28), inflyasion o‘zgarishlarga bardoshlilikning ortishi (0,09≤IB≤0,13), qashshoqlikning kamayishi (0,11≤QK≤0,15), sog‘liq va iqtisodiy samaradorlikni ortishi (0,16≤SO≤0,19) omillaridagi ijobiy o‘zgarishlarning oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish orqali takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni 1-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi”ning “Sog‘lom iste’mol madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha uzoq muddatli dastur ishlab chiqish” chora-tadbirini belgilashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/15-04-236-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida respublika aholisining real daromadlari oshirilishi natijasida aholi o‘rtasida ovqatlanish sifatining yaxshilanishi, iqtisodiy imkoniyatilarning kengayishi, inflyasion o‘zgarishlarga bardoshlilikning ortishi, qashshoqlikni kamayishi va sog‘liq va iqtisodiy samaradorlikni ortishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda aholi daromadlarining oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini baholashga oid ishlab chiqilgan logistik regressiya modeli asosida aholining daromadlar bo‘yicha quyi toifasidan yuqori toifasiga o‘tkazilishi orqali oziq-ovqat xavfsizligi darajasini (45%≤XD≤55%) oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga 1-ilova “O‘zbekiston Respublikasining oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom oziqlanishni ta’minlashning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasi”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/15-04-236-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida daromad darajasi asosida oziq-ovqat xavfsizligi holatini muntazam baholab borish, bu esa vaqtida amaliy choralarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekistonda ochlik indeksining oziq-ovqat mahsulotlari narxlari darajasi hamda tasarrufidagi daromad ta’siri natijasida o‘zgarishi chiziqli ekstropolyasiya va VAR ekonometrik modellari asosida 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 19-maydagi 05/15-04-236-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uzoq muddatli istiqbolda ochlik xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni oldindan aniqlab, vaqtida choralar ko‘rish, resurslarni — xususan, oziq-ovqat zaxiralari va gumanitar yordamni — eng muhtoj hududlarga samarali taqsimlash, siyosat va rivojlanish strategiyalarini optimallashtirish, shuningdek, barqaror oziq-ovqat tizimlarini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.