Uzaqova Lola Abdurashitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiy ma’naviy merosida axloq masalalarining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/ Fal807
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Melikova Martaba Numonovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Sayimnazar Karimovich , falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi axloq kategoriyalari, tamoyillari va mezonlarining namoyon bo‘lish xususiyalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi falsafiy-axloqiy asoslar (ishq, yaxshilik, rostgo‘ylik) va ma’naviy mezonlarning (adolat, insonparvarlik, vatanparvarlik) yoshlar dunyoqarashiga zamonaviylik kontekstida (hozirgi davr bilan uyg‘unligi), komil inson modeli (ideal shaxs konsepsiyasi va uning proeksiyasi) va modernizatsiya va integratsiya (ta’lim va tarbiya tizimiga integratsiya qilish va mediatexnologiyalar orqali etkazish) kabi konstruktiv ta’siri asoslangan;
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi yaxshilik, adolat, go‘zallik, haqiqat, rostgo‘ylik, ulug‘vorlik kabi axloqiy-estetik va aksiologik qarashlarining ijtimoiy-siyosiy muhit, ma’naviy-ma’rifiy hayot, davlat va din munosabati va ijtimoiy strukturalar o‘rtasidagi madaniy tafovut kabi sotsiostrukturaviy determenantlari ratsionalizm tamoyiliga (diniy va aqliy yondashuv, e’tiqod va ma’naviy-intellektual muvozanat) asoslanganligi kontekstual va semantik darajada ochib berilgan;
mutafakkir merosida ilgari surilgan komillik mezonlari va qadriyatlar konsepsiyasi (halol mehnat, ilmga chanqoqlik, do‘stlik, sabr, toqat, mardlik, bag‘rikenglik va insonga mehr), “farovon hayot” madaniy-ijtimoiy modeli (ma’naviy-ruhiy barkamollik, insonparvarlik, bag‘rikenglik) yoshlarni destruktiv g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashi, tanqidiy fikrlash va axloqiy pozisiyani shakllantirishda substansional asos ekanligi isbotlangan;
“Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlaridagi bunyodkor g‘oyalar asosida inson kamoloti, jamiyat ravnaqi va ijtimoiy adolat tamoyillariga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish, irfoniy g‘oyalar asosida mafkuraviy profilaktika uchun milliy kontentlar yaratish zarurati “g‘oya → qadriyat → kontent” prinsipi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiu ma’naviu merosidagi axloqiu qarashlarning ijtimoiu-falsafiu tahlilini amalga oshirish borasida olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi falsafiy-axloqiy asoslar (ishq, yaxshilik, rostgo‘ylik) va ma’naviy mezonlarning (adolat, insonparvarlik, vatanparvarlik) yoshlar dunyoqarashiga zamonaviylik kontekstida (hozirgi davr bilan uyg‘unligi), komil inson modeli (ideal shaxs konsepsiyasi va uning proeksiyasi) va modernizatsiya va integratsiya (ta’lim va tarbiya tizimiga integratsiya qilish va mediatexnologiyalar orqali etkazish) kabi konstruktiv ta’siri asoslanganligiga doir xulosa va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institudida AQShning Toshkent shahridagi elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda bajarilgan “English Access Microscholarship Program” (2022-2024 yy) loyihasida doirasida belgilangan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 17-iyundagi 1807/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar ma'naviy salohiyatini yuksaltirish, ularda kuchli fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, yoshlar tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o'rnini yanada mustahkamlash va istiqbolda takomillashtirishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy ma’naviy merosidagi yaxshilik, adolat, go‘zallik, haqiqat, rostgo‘ylik, ulug‘vorlik kabi axloqiy-estetik va aksiologik qarashlarining ijtimoiy-siyosiy muhit, ma’naviy-ma’rifiy hayot, davlat va din munosabati va ijtimoiy strukturalar o‘rtasidagi madaniy tafovut kabi sotsiostrukturaviy determenantlari ratsionalizm tamoyiliga (diniy va aqliy yondashuv, e’tiqod va ma’naviy-intellektual muvozanat) asoslanganligiga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatida, jumladan 2024-yilda tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyat!” shiori ostidagi “Ma’naviyate festivali”ni o‘tkazish chora-tadbirlari dasturini tayyorlashda va 2024-yillik ish rejasining 57-bandi “Hududlarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash” hamda 58-bandi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish” ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Mahallalari uyushmasining 2024-yil 6-sentyabrdagi 02-03-04/893-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlar ongida milliy va diniy qadriyatlarini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga, Alisher Navoiyning falsafiy merosi targ‘ibotining barkamol shaxs ta’lim va tarbiyasidagi o‘rni misolida tadbirlarning mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
mutafakkir merosida ilgari surilgan komillik mezonlari va qadriyatlar konsepsiyasi (halol mehnat, ilmga chanqoqlik, do‘stlik, sabr, toqat, mardlik, bag‘rikenglik va insonga mehr), “farovon hayot” madaniy-ijtimoiy modeli (ma’naviy-ruhiy barkamollik, insonparvarlik, bag‘rikenglik) yoshlarni destruktiv g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashi, tanqidiy fikrlash va axloqiy pozisiyani shakllantirishda substansional asos ekanligi isbotlanganiga oid taklif va tavsiyalarrdan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan 2024-yil birinchi yarim yillik ish rejasining “Yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida turkum targ‘ibot - tashviqot tadbirlarini tashkil etish” nomli 21-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024 yil 10-sentyabrdagi 4-13-21-4721-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni Vatanga sadoqat hissini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tafakkurini rivojlantirish va ularga milliy, diniy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rgatishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
“Mahbub ul-qulub”, “Lison ut-tayr” va “Nasoyim ul-muhabbat” asarlaridagi bunyodkor g‘oyalar asosida inson kamoloti, jamiyat ravnaqi va ijtimoiy adolat tamoyillariga xizmat qiladigan platforma ishlab chiqish, irfoniy g‘oyalar asosida mafkuraviy profilaktika uchun milliy kontentlar yaratish zarurati “g‘oya → qadriyat → kontent” prinsipi asosida aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi teledasturlarini tayyorlashda, jumladan 2024-yil 23-avgustda kuni efirga uzatilgan “Ma’rifat shu’lasi” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2024 yil 18-sentyabrdagi 01-07/252-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda yoshlarda bag‘rikenglik, undagi sog‘lom ma’naviy olam, yuksak axloqiy madaniyatni shakllantirish va rivojlantirishdagi taklif va tavsiyalari viloyat teleradiokompaniyasining ma’naviy ko‘rsatuvlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.