Arziev Ruslan Arislanbaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ijtimoiy fikrni shakllantirishda zamonaviy mediamarkazlarning o‘rni (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida), 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/ Fal1472
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Turdiev Bexruz Sobirovich, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Norqulov Suxrob Dusmuradovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasida demokratik yangilanishlarni real voqelikka aylantirish va ijtimoiy fikrni shakllantirishda zamonaviy mediamarkazlarning o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijtimoiy fikr” tushunchasining ilmiy-etimologik (diniy, madaniy va ijtimoiy kontekst), falsafiy-aksiologik (axloqiy qadriyatlar, tarixiy ong, ma’naviy tamoyillar) talqinlari hamda uning nazariy-konseptual jihatlari (ijtimoiy ong va ijtimoiy tajribaning aloqadorligi, tarixiy-sivilizatsiyaviy dinamikasi) asosida ijtimoiy muhitdagi g‘oyaviy-axborot jarayonlarini, ijtimoiy ongni boshqarish strategiyalari va ijtimoiy faollikni shakllantirish omillari asoslab berilgan;
zamonaviy mediamarkazlarning yuridik maqomi, moliyaviy asoslari, axborot siyosati, kadrlar siyosati kabi tashkiliy-institusional tizimlari, axborot tarqatish, ijtimoiy ongni shakllantirish, fuqarolik faolligini rag‘batlantirish, ijtimoiy nazoratni kuchaytirish, jamoatchilik fikrini uyg‘otish kabi sotsiodemokratik funksiyalari hamda ularning “erkin fikr – ochiq jamiyat – ijtimoiy nazorat” prinsipida ijtimoiy fikrni verbal va vizual demokratiya vositalari orqali shakllantiruvchi institut sifatidagi maqomi aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston zamonaviy mediamarkazlari institusional tuzilmasi, funksional yo‘nalishlari, moliyaviy hamda siyosiy mustaqilligi kabi mezonlar asosida tizimlashtirilgan, ularning milliy mediamakon, ijtimoiy fikr yaratishdagi (milliy-madaniy identiklikni shakllantirish, yoshlar ongiga milliy g‘ururni singdirish borasidagi media kontent) innovatsion tajribalari ochib berilgan;
Qoraqalpog‘iston zamonaviy mediamarkazlarining institusional (mustaqillik darajasi, normativ-huquqiy bazaga asoslanganligi va axborot xavfsizligi) mezonlari, ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi kommunikatsiya (ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati subektlari) va kooperatsiya (hamkorlikdagi loyihalar, kontent bo‘yicha kelishuvlar) parametrlari asosida digital kontent, ijtimoiy tarmoq strategiyalari, mobil ilovalar orqali ta’sir etish mexanizmlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istondagi zamonaviy mediamarkazlarning mediamakon va ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi ahamiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“ijtimoiy fikr” tushunchasining ilmiy-etimologik (diniy, madaniy va ijtimoiy kontekst), falsafiy-aksiologik (axloqiy qadriyatlar, tarixiy ong, ma’naviy tamoyillar) talqinlari hamda uning nazariy-konseptual jihatlari (ijtimoiy ong va ijtimoiy tajribaning aloqadorligi, tarixiy-sivilizatsiyaviy dinamikasi) asosida ijtimoiy muhitdagi g‘oyaviy-axborot jarayonlarini, ijtimoiy ongni boshqarish strategiyalari va ijtimoiy faollikni shakllantirish omillariga doir nazariy xulosalar vva tavsiyalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2018-2020-yillarda bajarilgan PZ-20170915198 – “Qoraqalpog‘iston jamiyatidagi ijtimoiy ko‘rsatmalar transformatsiyalanishi: tarix va amaliyot” mavzusidagi ilmiy loyihasida tadqiqot ishining metodologik bazalaridan biri sifatida keng foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 24-martdagi 157/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihada asoslab berilgan xulosalardan kelib chiqgan xolda, davlat organlari, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatiga daxldor tavsiyalar ishlab chiqilgan;
zamonaviy mediamarkazlarning yuridik maqomi, moliyaviy asoslari, axborot siyosati, kadrlar siyosati kabi tashkiliy-institusional tizimlari, axborot tarqatish, ijtimoiy ongni shakllantirish, fuqarolik faolligini rag‘batlantirish, ijtimoiy nazoratni kuchaytirish, jamoatchilik fikrini uyg‘otish kabi sotsiodemokratik funksiyalari hamda ularning “erkin fikr – ochiq jamiyat – ijtimoiy nazorat” prinsipida ijtimoiy fikrni verbal va vizual demokratiya vositalari orqali shakllantiruvchi institut sifatidagi maqomiga oid mulohazalar, umumlashmalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan “Jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlash masalalari” 24-bandi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 16-martdagi 102-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda zamonaviy mediamarkazlarning o‘rnini rivojlantirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston zamonaviy mediamarkazlari institusional tuzilmasi, funksional yo‘nalishlari, moliyaviy hamda siyosiy mustaqilligi kabi mezonlar asosida tizimlashtirilgan, ularning milliy mediamakon, ijtimoiy fikr yaratishdagi (milliy-madaniy identiklikni shakllantirish, yoshlar ongiga milliy g‘ururni singdirish borasidagi media kontent) innovatsion tajribalariga oid lmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 7-apreldagi 05-09-429-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy mediamarkazlarning institusional tizimlari va sotsiodemokratik funksiyalarini ochib berish orqali ularning inson huquqlari, erkinliklari, ayniqsa so‘z erkinligini ta’minlashga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, har bir mediamarkaz o‘ziga xos tarzda demokratik qadriyatlarning ijtimoiy fikrda shakllanishiga hissa qo‘shishi borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston zamonaviy mediamarkazlarining institusional (mustaqillik darajasi, normativ-huquqiy bazaga asoslanganligi va axborot xavfsizligi) mezonlari, ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi kommunikatsiya (ta’lim muassasalari, nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati subektlari) va kooperatsiya (hamkorlikdagi loyihalar, kontent bo‘yicha kelishuvlar) parametrlari asosida digital kontent, ijtimoiy tarmoq strategiyalari, mobil ilovalar orqali ta’sir etish mexanizmlariga doir taklif-tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiya boshqarmasining yillik ish-rejasining 9-bandi “Hududiy davriy bosma OAVlar faoliyatini yaxshilash yuzasidan hududiy seminarlarni tashkil qilish”, 17-bandi “Axborot xizmati rahbarlari, jurnalist va blogerlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-sentyabrdagi “Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining 2025-yil 24-martdagi 01-207-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarida bilim, ko‘nlikma va tajribalarni shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish