Ashirov Valijon Ilxomovichning tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Navoiy sanoat zonasi shaharlari aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush darajasi (1971 – 2021-yy.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar698.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjarbek Rajabovich tarix fanlari doktori, professor; Abdimuminov Oybek Bektemirovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Navoiy viloyati sanoat zonasi shaharlari aholisining 1971–2021-yillardagi ijtimoiy rivojlanishi dinamikasi, kundalik hayotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Navoiy viloyati sanoat zonasi shaharlari O‘zbekistonning Qizilqum sahrosidan foydali va mo‘l er osti boyliklarining zahiralari topilganligi, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tiklangan mamlakat xo‘jaligini yuksaltirish zarurati kabi bir qator omillar tufayli 1950-yillar oxiri 1970-yillarda qad ko‘targani, bu shaharlar (Navoiy, Uchquduq, Zarafshon shaharlari) shaharsozlik madaniyatining zamonaviy yutuqlari asosida qurilganligi ilmiy jihatdan isbotlangan;
Viloyatda sanoat zonasi shaharlarining vujudga kelishi O‘zbekistondagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, shaharlarda va ulardagi sanoat korxonalarida evropa millati vakillari (rus, ukrain, belarus va hokazo) asosiy salmoqni tashkil etganligi, sovet hokimiyati parchalanguniga qadar mahalliy millatlar oz sonli bo‘lib shahar boshqaruvi tizimida, ishlab chiqarishda Evropa millatiga tegishli shaxslar, muhandis-ishchilar hal qiluvchi rol o‘ynaganligi aniqlashtirilgan; 
Sovet hokimiyati yillarida sanoat zonasi shaharlari aholisiga bir qator imtiyozlar berilishi (oziq-ovqat, xalq istemol mollarini arzon foizi, oshirilgan maosh, kommunal xizmat chegaralari va hokazo) ya’ni “Moskva ta’minoti” asosida ish ko‘rishning ko‘rsatilgan natijani bermaganligi shaharlarda iqtisodiy madaniy maishiy sohalarda muammolar mavjud bo‘lib turganligi ta’kidlangan; 
Mustaqilllik yillarida Navoiy viloyati sanoat zonasi shaharlarida logistika, sanoat infratuzilmasining keng tarmoqlarini yaratish aholining moddiy turmushini yuksaltirish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, xususiy mulkka imkon yaratish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yo‘l ochib berish kabilar tufayli mahalliy aholi va ishchi xodimlar salmog‘ining yuqoriligi ta’minlangan va foydali madanlar qazish va qayta ishlash asnosida yuqori samaradorlikka erishilgani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy sanoat zonasi shaharlari aholisining kundalik hayoti va ijtimoiy turmush darajasi mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosalar va takliflar asosida: 
Navoiy viloyati sanoat zonasi shaharlari O‘zbekistonning Qizilqum sahrosidan foydali va mo‘l er osti boyliklarining zahiralari topilganligi, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tiklangan mamlakat xo‘jaligini yuksaltirish zarurati kabi bir qator omillar tufayli 1950-yillar oxiri 1970-yillarda qad ko‘targani, bu shaharlar (Navoiy, Uchquduq, Zarafshon shaharlari) shaharsozlik madaniyatining zamonaviy yutuqlari asosida qurilganligi ilmiy jihatdan isbotlanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 9-noyabrdagi 1/177-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalaridan yoshlarni Navoiy viloyatining mustaqillik yillarida aniqrog‘i sanoat zonasi shaharlarining tashkil topishi, shaharlar aholisining kundalik hayoti to‘g‘risidagi bilimlarini boyitishga imkon bergan; 
Viloyatda sanoat zonasi shaharlarining vujudga kelishi O‘zbekistondagi ichki va tashqi migratsiya jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, shaharlarda va ulardagi sanoat korxonalarida evropa millati vakillari (rus, ukrain, belarus va hokazo) asosiy salmoqni tashkil etganligi, sovet hokimiyati parchalanguniga qadar mahalliy millatlar oz sonli bo‘lib shahar boshqaruvi tizimida, ishlab chiqarishda Evropa millatiga tegishli shaxslar, muhandis-ishchilar hal qiluvchi rol o‘ynaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan dan muzey fondini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining 2023-yil 9-noyabrdagi 1/177-son dalolatnomasi). Natijada, ushbu ilmiy xulosalardan yodgorlik majmuasining targ‘ibot ishlarini tashlik etish hamda majmuaning ilmiy fondini boyitishga xizmat qilgan; 
Sovet hokimiyati yillarida sanoat zonasi shaharlari aholisiga bir qator imtiyozlar berilishi (oziq-ovqat, xalq istemol mollarini arzon foizi, oshirilgan maosh, kommunal xizmat chegaralari va hokazo) ya’ni “Moskva ta’minoti” asosida ish ko‘rishning ko‘rsatilgan natijani bermaganligi shaharlarda iqtisodiy madaniy maishiy sohalarda muammolar mavjud bo‘lib turganligi ta’kidlangan oid natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-noyabrdagi 06-28-1706-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston SSRda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq kabi sanoat shaharlarining yuzaga kelishi, Navoiy kon-metallurgiya kombinatining rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlardan ko‘rsatuvlar mazmunining boyitilishiga xizmat qilgan;
Mustaqilllik yillarida Navoiy viloyati sanoat zonasi shaharlarida logistika, sanoat infratuzilmasining keng tarmoqlarini yaratish aholining moddiy turmushini yuksaltirish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, xususiy mulkka imkon yaratish, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka yo‘l ochib berish kabilar tufayli mahalliy aholi va ishchi xodimlar salmog‘ining yuqoriligi ta’minlangan va foydali madanlar qazish va qayta ishlash asnosida yuqori samaradorlikka erishilgani ochib berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-noyabrdagi 06-28-1706-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalardan teletomoshabinlarni Navoiy viloyati ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida yaqindan tanishtirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish