Xolmurotova Diyoraxon Ibragimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Marketing strategiyalaridan foydalanish asosida investision jozibadorlikni oshirish 
(Sirdaryo viloyati misolida)”, 08.00.11 – “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.1.PhD/Iqt3868.
Ilmiy rahbar: Zufarova Nozima Gulamiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kasimova Fatima Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamurov Samad Egamnazarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: marketing strategiyalaridan foydalanish asosida Sirdaryo viloyatining investision jozibadorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “investision jozibadorlikni oshirish bo‘yicha marketing strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mamlakat, uning muayyan hududi yoki korxonaga investisiyalarni jalb qilish maqsadida bozorda o‘z pozisiyalarini mustahkamlash hamda ularning qiymatini oshirishga qaratilgan reja va tadbirlar majmuasini amalga oshirishda mintaqaning raqobatbardosh ustunliklarini aniqlash, uni potensial investorlarga samarali targ‘ib qilish usullarini joriy etish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
hududning infratuzilmaviy investision jozibadorligi darajasini aniqlashda investision muhitning iqtisodiy (IMiqt), ijtimoiy (IMijt), infratuzilmaviy (IMinf) va boshqa ko‘rsatkichlari (IMbosh) hisobga olinib, baholashning kompleks metodologiyasi mazkur omillar ta’siriga ko‘ra, ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbat (IMiqt=0,31; IMijt=0,27; IMinf=0,23; IMbosh=0,19)ning maqbul tarkibini belgilash orqali takomillashtirilgan;
Sirdaryo viloyatida investisiya imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan marketing strategiyasiga ko‘ra, afzal ko‘rish balli (AKB), samaradorlik reytingi (SR), hududlar strategiyasini qabul qilish (HSQ) jihatdan “raqamli marketing” (85; 4,5; 90), “brendlash” (78; 4,2; 80), “manfaatdor tomonlarning ishtiroki” (75; 4,0; 70), “an’anaviy ommaviy axborot vositalari” (60; 3,5; 50) qiymatlariga muvofiq keluvchi investorlarning afzalliklari asoslangan;
Sirdaryo viloyatining investision jozibadorligini oshirishning asosiy omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida jalb etilayotgan investisiya hajmining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Marketing strategiyalaridan foydalanish asosida investision jozibadorlikni oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “investision jozibadorlikni oshirishda marketing strategiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mamlakat, uning muayyan hududi yoki korxonaga investisiyalarni jalb etish maqsadida bozorda o‘z pozisiyalarini mustahkamlash va ularning qiymatini oshirishga qaratilgan reja va tadbirlar majmuasini amalga oshirishda mintaqaning raqobatbardosh ustunliklarini aniqlash hamda uni potensial investorlarga samarali targ‘ib qilish usullarini joriy etish nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Brand management” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024-yil 25-apreldagi 111-13-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarning mintaqa raqobatbardoshlik ustunliklarini aniqlash va uni potensial investorlarga samarali targ‘ib qilish usullarini joriy etish nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “Marketing strategiyasi asosida investision jozibadorlikni oshirish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarini kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududning infratuzilmaviy investision jozibadorligi darajasini aniqlashda investision muhitning iqtisodiy (IMiqt), ijtimoiy (IMijt), infratuzilma (IMinf) va boshqa ko‘rsatkichlari (IMbosh) hisobga olinib, baholashning kompleks metodologiyasi mazkur omillar ta’siriga ko‘ra, ular o‘rtasidagi o‘zaro nisbat (IMiqt=0,31; IMijt=0,27; IMinf=0,23; IMbosh=0,19)ning maqbul tarkibini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 24-dekabrdagi 03-82-01560-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatining investision salohiyatini baholash uslubiyoti asosida hududning investision jozibadorligi darajasini aniqlash imkoni yaratilgan; 
Sirdaryo viloyatida investisiya imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha marketing strategiyasiga ko‘ra, afzal ko‘rish balli (AKB), samaradorlik reytingi (SR), hududlar strategiyasini qabul qilish (HSQ) jihatdan “raqamli marketing” (85; 4,5; 90), “brendlash” (78; 4,2; 80), “manfaatdor tomonlarning ishtiroki” (75; 4,0; 70), “an’anaviy ommaviy axborot vositalari” (60; 3,5; 50) qiymatlariga muvofiq keluvchi investorlarning afzalliklaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 03-82-01560-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatida investisiya imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha marketing strategiyasiga ko‘ra afzal ko‘rish balli, samaradorlik reytingi, hududlar strategiyasini qabul qilish jihatdan investorlarning afzalliklariga ko‘ra hudud investision jozibadorligini oshirish imkoni yaratilgan;
Sirdaryo viloyatining investision jozibadorligini oshirishning asosiy omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida jalb etilayotgan investisiya hajmining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 24-dekabrdagi 03-82-01560-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Sirdaryo viloyatining investision jozibadorligini oshirishning istiqbol ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda ularning hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy parametrlari bilan muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish