Shodmanova Moxira Furkatovna
yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Merosni egallashni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1059
Ilmiy rahbar: Imomov Nurillo Fayzulloevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Ergashev Vositjon Yoqubovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi merosni egallashni fuqarolik-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy qarashlar, yondashuvlar, doktrinalar, huquqni qo‘llash amaliyoti tajribasi hamda qonunchilikning rivojlanish yo‘nalishlarini tahlil etib, fuqarolik huquqi fani, amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meros guvohnomani rasmiylashtirishda meros mol-mulki taqiqlanmaganligi va (yoki) xatlanmaganligi Tizim orqali tekshirilishi zarurligi asoslantirilgan;
tekshirish natijasi bo‘yicha olingan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanishi kerakligi asoslangan;
meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berish to‘xtatib turilishi notariusning majburiyati ekanligi asoslatriligan;
garov (ipoteka) shartnomasi asosida meros mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi bilan taqiq bekor qilinmagan holda merosxo‘rlarga guvohnoma berilishi mumkinligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
notarius meros guvohnomasini berishda meros mol-mulki taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini tizim orqali tekshirishga oid taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-son qaroriga ilova “Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 5-bandi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot tahlili va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 6-sentabrdagi 12-15-61-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif notariuslar tomonidan meros mol-mulkining taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligini ishonchli aniqlash imkonini bergan;
tekshirish natijasi bo‘yicha olingan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma Tizimda saqlanishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
12-dekabrdagi 654-son qaroriga ilova “Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 5-bandi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot tahlili va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil
6-sentabrdagi 12-15-61-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif meros mol-mulki taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqida ma’lumotlarni ishonchli saqlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
notarius tomonidan, agar meros mol-mulkiga nisbatan taqiq va xatlov qo‘yilgan bo‘lsa, taqiq va xatlov olib tashlanmagunga qadar guvohnomani berish to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
12-dekabrdagi 654-son qaroriga ilova “Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 5-bandi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot tahlili va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil
6-sentabrdagi 12-15-61-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklif meros guvohnomasi berish bo‘yicha notariuslarning tushuntirish berish majburiyati doirasini aniqlashtirgan;
garov (ipoteka) shartnomasi asosida meros mol-mulkiga taqiq qo‘yilgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi bilan taqiq bekor qilinmagan holda merosxo‘rlarga guvohnoma berilishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-dekabrdagi 654-son qaroriga ilova “Vazirlar Mahkamasining “Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 18-noyabrdagi 726-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ning 5-bandi tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot tahlili va yuridik ta’minlash departamentining 2024-yil 6-sentabrdagi 12-15-61-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklif garov munosabatlarida meros mol-mulkining maqomini aniqlashtirishga xizmat qilgan.