Jumaeva Nozimaxon Bahodirxon qizining
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o’za agrobiotsenozida tunlamlarga (Noctuidae) qarshi tuxumxo’r parazitlarni mexanizatsiyalashgan usulda qo’llashning samaradorligi”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Qx1417.
Ilmiy rahbar: Kimsanbaev Hujamurod Hamroqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti Trixogrammani tarqatish uchun qurilma (IAP 7819).
II. Tadqiqotning maqsadi G‘o’za agrobiotsenozida uchraydigan “Noctuidae” oilasi vakillari asosiy turlari sonini boshqarishda mexanizatsiyalashgan usulda trixogrammani tarqatish qurilmasini yaratish.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor trixogramma g‘umbaklarini mexanik zarar etkazmaydigan traktor yordamida tarqatish qurilmasi yaratilgan; 
trixogrammani mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish qurilmasi trixogramma g‘umbaklarini yuqori aniqlikda, kuniga 20 gektargacha maydonga tarqatishi va trixogrammalarga zarar etkazmaganligi aniqlangan;
g‘o’za agrobiotsenozida trixogramma mexanizatsiyalashgan usulda g‘o’za tunlami tuxumlariga qarshi gektariga 3 gram tarqatilganda Trixogramma chilonisning biologik samaradorligi 7-kuni 87,2% ni tashkil etishi aniqlangan;  
trixogrammani mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish qurilmasi uchun sarflangan 1 so’m 14.8 marta va rentabillik 148% ni tashkil etishi isbotlangan;
Trixogramma chilonisni g‘o’za tunlami tuxumlariga qarshi mexanizatsiyalashgan usulda tarqatilganida 1 so’m 16.2 marta va rentabillik 162% ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o’za agrobiotsenozida tunlamlarga (Noctuidae) qarshi tuxumxo’r parazitlarni mexanizatsiyalashgan usulda qo’llashning samaradorligi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining g‘o’za agrobiotsenozida uchraydigan “Noctuidae” oilasi vakillarini sonini boshqarish uchun “Trixogrammani tarqatish uchun qurilma”si (№ IAP 7819 raqamli patent) 247,3 gektar  maydonga joriy qilingan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2025 yil 26 apreldagi 06/26-4-05/2543-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o’za agrobiotsenozida uchraydigan tunlamlar sonini boshqarishda bitta qurilma 5 marta ishchi kuchini tejab qolganligi, sxema bo’yicha yuqori aniqlikda tarqatganligi, bir so’mni qoplanishi 14,8 so’m hamda 148 % rentabellikka erishilgan. 
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Sardoba universal klasterining 187   gektar g‘o’za maydonida uchraydigan tunlamlar (Noctuidae) oilasi vakillaridan g‘o’za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi Trichogramma chilonis turini mexanizatsiyalashgan usulda tarqatish qurilmasida gektariga 1:10 nisbatda va alohida variantda gektariga 3 grammdan tarqatilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2025 yil 26 apreldagi 06/26-4-05/2543-son ma’lumotnomasi). Natijada eng yuqori ko’rsatgich gektariga 3 grammdan tarqatilgan variantda kuzatilib, 7 kunda o’rtacha 87,2% biologik samaradorlikga erishilgan.       
Toshkent viloyati Bo’ka tumani “Temur” fermer xo’jaligining 60,3 gektar g‘o’za maydonlarida uchraydigan “Noctuidae” oilasi vakillarining g‘o’za tunlami (Helicoverpa armigera) zararkunanda tuxumlariga qarshi mexanizatsiyalashgan usul 3 grammdan trixogramma tarqatilganda 83,4% biologik samaradorlikga erishilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2025 yil 26 apreldagi 06/26-4-05/2543-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o’zadan nazoratga nisbatan 6,7 sentner qo’shimcha hosil saqlab qolingan va bir so’mni qoplanishi 16,2 so’m hamda 162% rentabellikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish