Isamiddinov Mumin Muhammadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksportga mo‘ljallangan o‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica) mevalarini dastlabki sovitish va saqlashning zamonaviy usullari”, 06.01.11 – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Qx1152.
Ilmiy rahbar: Odinaev Mirzamad Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Muminov Najmiddin Shamsiddinovich, texnika fanlari doktori, professor; Djamalov Zoxid Zafarovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rik (Armeniaca vulgaris), shaftoli (Persica) mevalarini dastlabki sovitish va saqlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda o‘rik va shaftoli mevalarini sovutkichli omborlarda saqlashda 20% pleskill 200 g/kg tiabendazol fumiganti va metilsiklopropen birikmasi (1-MSP) bilan dastlabki ishlov berilishi natijasida saqlanuvchanlik 18-20% ga oshishi isbotlangan; 
saqlash uchun o‘rikning Isfarak va shaftolining Elberta navlari maqbul ekanligi, dastlabki sovitish jarayonida faol shamollatish tizimini qo‘llash natijasida mevalarning haroratini terim paytidagi harorati (25-28°C) dan 2°C tushirishda sarflanadigan vaqt 360 daqiqadan 160 daqiqaga kamayishi, shuningdek mahsulot tarkibining sifati saqlanib qolishi aniqlangan;
saqlash kamerasidagi nisbiy namlik darajasi dastlabki sovitish jarayonida mevalarning haroratini pasayishi jadalligiga ta’sir qilishi, havoning nisbiy namligi 95% bo‘lishi mevalardagi haroratini pasaytirish jadalligini 12-15% tezlashtirilishi, saqlaganda umumiy yo‘qotishlar oddiy sovutish kamerasida saqlangan o‘rik mevalari uchun 3-5 marta, shaftoli mevalari uchun 2-3,5 marta kam bo‘lishi, biokimyoviy tarkibining o‘zgarishi oddiy usulga nisbatan kam bo‘lishi aniqlangan;
saqlash va eksportga jo‘natishdan oldin o‘rik va shaftoli mevalariga metilsiklopropen preparati bilan ishlov berishda eng maqbul usuli tutatish ekanligi, shuningdek, eng samarali harorat 4-8°C oralig‘ida bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘rik va shaftoli mevalarini saqlash jarayonlarini takomillashtirishni ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: 
Namangan viloyati Turaqo‘rg‘on tumani “Abdugaffor Yandama Minilogistika” MChJ da 60 tonnalik sovitib saqlash omborxonasida o‘rikning Shalax, Isfarak, Kursodiq va Xurmai va shaftolining Elberta, Malinoviy va Lola navlari mevalarini saqlashda dastalabki sovitish texnologiyasi joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi № 07/34-06/938 son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotni 4000 so‘m oralig‘ida sotish hisobiga yalpi daromad 240 000 000 so‘m, iqtisodiy samaradorlik 125% ni tashkil etgan.
Andijon viloyati Buloq boshi tumani “Dulanalik bog‘bon” Fermer xo‘jaligiga qarashli 15 tonnalik sovitib saqlash omborxonasida o‘rikning “Shalax, Isfarak, Kursodiq, va Xurmai” va  Shaftolining “Elberta, Malinoviy va lola” navlari mevalarini saqlash, saqlashga sovitish va sovitish jarayonida mevalarini terilganidan keyin birinchi 12 soat ichida mahsulot haroratini +27°C dan +2°C ga tushirish,  fumigatsion shashka (tiabendazol tarkibli) va metilsiklopropen bilan ishlov berish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi № 07/34-06/938 son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulotni 5000-6000 so‘m oralig‘ida sotish hisobiga 75 000 000 yalpi daromad olingan, iqtisodiy samaradorlik 145% ni tashkil etgan.
Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Xayrulla Baxrom Boymatov” fermer xo‘jaligiga qarashli 80 tonnalik sovitib saqlash omborxonasida o‘rikning Shalax, Isfarak, Kursodiq va Xurmai va shaftolining Elberta, Malinoviy va Lola navlari mevalarini terilganidan keyin dastlab 12 soat ichida mahsulot haroratini +27°C dan +2°C ga tushirish, fumigatsion shashka (tiabendazol tarkibli) va metilsiklopropen bilan ishlov berish texnologiyasi joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 26 avgustdagi № 07/34-06/938 son ma’lumotnomasi). Natijada, mahsulotni 5000-6000 so‘m oralig‘ida sotish hisobiga 400 000 000 yalpi daromad olingan, iqtisodiy samaradorlik 147%ni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish