Qayumov Javoxir Shovvozboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Postkovid etiologiyali son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozini erta bosqichlarda davolashning turli usullari samaradorligini qiyosiy tahlil qilish”, 14.00.22–travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tib4123.
Ilmiy rahbar: Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Axtyamov Il`dar Fuatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akramov Vohidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postkovid etiologiyali avaskulyar nekrozda son suyagi boshchasi erta kollapsi ehtimolini aniqlash va differensial yondashuv asosida kompleks konservativ davolash usulini ishlab chiqib, natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postkovid etiologiyali avaskulyar nekroz holatida son suyagi boshchasidagi osteonekroz hajmi va maydonini avtomatlashtirilgan tezkor hisoblash imkonini beruvchi, aylana va ellipssimon konus hamda prizma kabi geometrik modellashtirish usullariga asoslangan diagnostik taktika tashxislash jarayonida amaliy samaradorlikni oshirishi isbotlangan;
postkovid etiologiyali avaskulyar nekrozda bemorlarning demografik, klinik, laborator va radiologik ko‘rsatkichlarini integratsiyalash, har bir parametrning og‘irlik darajasini hisobga olgan holda ball tizimida baholash, yakuniy ballar yig‘indisi yordamida son suyagi boshchasi kollapsini erta prognozlash va individual davolash taktikasiga tanlov qilish imkonini beruvchi mul`tifaktorli logistik regressiyaga asoslangan yangi prognozlash yondashuv ishlab chiqilgan;
postkovid etiologiyali son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozining 1–2 bosqichlarida differensial yondashuv asosida qonning reologik, suyak-metabolik va lipid gomeostazini tiklash orqali nekroz jarayonini sekinlashtirish, regeneratsiyani faollashtirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks konservativ davolashning samarali ketma-ketligi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan differensial konservativ davolash usulining postkovid avaskulyar nekroz holatida suyak remodelyasiyasi markerini aktivlashtirishi, suyak to‘qimasi mineral zichligini yaxshilashi, shuningdek, erta kollapsni 14% ga kamaytirishi orqali samaradorlikni oshirganligi olingan natijalar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yilning 20 iyundagi 20-son bayonnamasi xulosasiga asosan (Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2025 yil 5 iyundagi 3284-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: postkovid etiologiyali avaskulyar nekroz holatida son suyagi boshchasidagi osteonekroz hajmi va maydonini avtomatlashtirilgan tezkor hisoblash imkonini beruvchi, aylana va ellipssimon konus hamda prizma kabi geometrik modellashtirish usullariga asoslangan diagnostik taktika tashxislash jarayonida amaliy samaradorlikni oshirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (23.11.2024; №123-I/1) hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.10.2024; №01/7/77-son)klinikalari amaliyotiga aoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikning bosqichini va nekroz o‘chog‘i hajmini erta aniqlash orqali samarali davolash usuli tanlanib, bo‘g‘imlar harakat hajmida cheklanishni oldi olinishi, erta reabilitatsiya boshlash va son-chanoq bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 6% gacha kamaytirishga imkon berdi; Iqtisodiy samaradorligi: vaqtida o‘tkazilgan to‘g‘ri diagnostik tekshiruv usuli, bemorlarni qayta va qayta o‘tkiziladigan radiologik xavfdan xalos etdi. Kasallikni tashxislashda o‘tkaziladigan tekshiruvlar xarajatlari har bir bemor uchun taxminan 900000 so‘mni tejash imkonini berdi. Xulosa: MRT tekshiruvi asosida son suyagi boshchasi osteonekrozi maydoni va hajmini aniqlashning geometrik modellashtirilgan usuli yordamida olingan muhim ma’lumotlar, kasallikka erta tashxis qo‘yish va samarali davolash usulini tanlashni ob’ektiv aniqlash orqali muvozanatlangan samaradorlik 1 bemorga 900000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga imkon bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid etiologiyali avaskulyar nekrozda bemorlarning demografik, klinik, laborator va radiologik ko‘rsatkichlarini integratsiyalash, har bir parametrning og‘irlik darajasini hisobga olgan holda ball tizimida baholash, yakuniy ballar yig‘indisi yordamida son suyagi boshchasi kollapsini erta prognozlash va individual davolash taktikasiga tanlov qilish imkonini beruvchi mul`tifaktorli logistik regressiyaga asoslangan yangi prognozlash yondashuv ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (23.11.2024; №123-I/1) hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.10.2024; №01/7/77-son) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: klinik, laborator, rentgenologik, MRT va MSKT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan usuldan foydalanib, postkovid son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozini davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi, jarrohlik aralashuvi va umumiy davolanish vaqtini qisqartirdi, erta reabilitatsiyani boshlash va bo‘g‘im funksiyasini to‘liq tiklash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: - bo‘g‘im kollapsining oldini olish orqali erta nogironlik holatlari kamayadi. Bitta bemorning yillik nogironlik nafaqasi (I–II guruh) o‘rtacha 10–12 million so‘mni tashkil etadi. Vaqtida qo‘yilgan tashxis bilan bu xarajatlar kamayadi. Xulosa: bemorlarning demografik, klinik, laborator va radiologiya ma’lumotlarni integratsiyalash orqali postkovoid etiologiyali avaskulyar nekrozning 1-2 bosqichlarida mul`tifaktorli logistik regressiya tahlili asosida son suyagi boshchasi erta kollapsi istiqbolini prognozlash orqali erta muddatlarda samarali davolash usulini tanlab nogironlikni oldi olinadi va 1 bemor uchun 10-12 million so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid etiologiyali son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozining 1–2 bosqichlarida differensial yondashuv asosida qonning reologik, suyak-metabolik va lipid gomeostazini tiklash orqali nekroz jarayonini sekinlashtirish, regeneratsiyani faollashtirish va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan kompleks konservativ davolashning samarali ketma-ketligi ishlab chiqilganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (23.11.2024; №123-I/1) hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.10.2024; №01/7/77-son) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: kasallikni erta bosqichlarda differensial konservativ davolashdan olingan natijalar an’anaviy davolash natijalariga qaraganda 12%ga (taxminan 1,5 barobar) samarali bo‘ldi; Olingan natijalarga ko‘ra, son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozini differensial yondashuv asosida davolash endoprotezlashga bo‘lgan talabni 33%dan 25%gacha kamaytirish imkonini bergan shu bilan birga davolash sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning shifoxonadagi davri uchun: - bemorning shifoxonada qolish muddatini 15 kundan 10 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2900000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 290000 so‘mni tashkil qiladi); - endoprotezlash operatsiyasi bilan taklif etilgan kompleks konservativ davolashning farqi 6000000 so‘m iqtisod qilishga imkon beradi; - endoprotez implantlarini ishlatmaslik esa o‘z navbatida ishlatilayotgan dori-darmonlar bilan farqi 23000000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: koronavirusdan keyingi son suyagi boshchasi avaskulyar nekrozining 1- va 2-bosqichlarida ishlab chiqilgan differensial kompleks konservativ davolash 1 bemor uchun 31900000 so‘m iqtisodi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ishlab chiqilgan differensial konservativ davolash usulining postkovid avaskulyar nekroz holatida suyak remodelyasiyasi markerini aktivlashtirishi, suyak to‘qimasi mineral zichligini yaxshilashi, shuningdek, erta kollapsni 14% ga kamaytirishi orqali samaradorlikni oshirganligi olingan natijalar bilan isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali (23.11.2024; №123-I/1) hamda Andijon viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (27.10.2024; №01/7/77-son) klinikalari amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: suyak to‘qimasi mineral zichligini qondagi biomarker konsentratsiyasini oshirish bilan kompleks samarali davolangan bemorlar tezroq mehnatga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lib, nogironlik holatlari kamaytirish, bemor va uning oila a’zolarida psixoemotsional yukni engillashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har bir kollaps holatini oldini olish, jami davolash xarajatlarini kamida 30–40%ga qisqartirish imkonini beradi. Bu esa sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori samarali, xarajatni tejaydigan va profilaktikaga yo‘naltirilgan yondashuvni shakllantirish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Xulosa: mazkur davolash usulining joriy qilinishi orqali patologiyaning og‘irlashishini erta bosqichda to‘xtatish, sog‘lom mehnat resurslarini saqlab qolish va davlat byudjetiga tushadigan iqtisodiy yukni kamaytirish imkoni yaratiladi.