Maxmudova Umidaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Iqlim o‘zgarishi sharoitida Amudaryo quyi qismi uchun ekologik oqimni baholash, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4994.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Isaev Sabirjon Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “TIQXMMI” Milliy tadqiqot  universiteti qoshidagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish  instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Ungalov Akmal Navruzovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent; Juliev Muxiddin Komilovich, biologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot – Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘oriladigan erlarni suvga bo‘lgan talabini va evapotranspiratsiyani inobatga olgan holda Amudaryo quyi qismi uchun ekologik oqimni baholash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo quyi qismi uchun suvlilik (Qmax, Qmin) yillarni inobatga olgan holda suv miqdorini taqsimlashda suv oqimini 60% i ta’minlanish orqali ekologik oqimni hisoblab usuli takomillashtirilgan;
Tuyamo‘yin suv omboridan tashlanadigan suv oqimini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi erdan foydalanishi va biomassaning (LAI) kengayishi bilvosita ET0 tezligini asta-sekin tezlashtirgani (R=~0,6) biomassaning suvga bo‘lgan talabining oshishini inobatga olib ekologik oqim hisoblash usuli takomillashtirilgan
daryo havzasida suv miqdori, taqsimotini, bug‘lanishini, suv balansini va atrof-muhit holatini inobatga olib Amudaryo quyi qismi uchun “Indicators of Hydrological Alterations (IHA)” modelini integratsiya qilingan.
Amudaryo quyi deltasida ekinlarni sug‘orish va inson faoliyatiga yo‘naltirilgan suv taqsimoti ortishini inobatga olib daryo havzasida ekologik oqim barqarorlikni ta’minlash uchun minimal ekologik oqim 350-400 m³/s dan kam bo‘lmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqlim oʼzgarishi sharoitida Amudaryo quyi qismi uchun ekologik oqimni baholash tadqiqoti boʼyicha olingan natijalar asosida:
Amudaryo quyi deltasida ekinlarni sug‘orish va inson faoliyatiga yo‘naltirilgan suv taqsimoti ortishini inobatga olib havzada ekologik oqim barqarorlikni ta’minlash uchun minimal ekologik oqim hisoblab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 avgustdagi 02/023-2611-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amudaryo quyi qismi uchun 350- 400 m³/s dan kam bo‘lmasligi aniqlangan;
Ekologik oqimni kritik qiymati suv iste’moliga bog‘liq holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining asosiy iqtisodiy sektori hisoblangan qishloq xo‘jaligi faoliyati uchun hisoblanib joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 2023 yil 18 sentyabrdagi №01/010-3401 sonli ma’lumotnoma). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida atrof-muhit muhofazasi hamda ekotizimlarni turg‘unligini 90% miqdorda ta’minlashdagi suv iste’moli miqdori 60% ekanligi isbotlangan.
daryo havzasida suv miqdori, taqsimotini, bug‘lanishini, suv balansini va atrof-muhit holatini inobatga olib Amudaryo quyi qismi uchun “Indicators of Hydrological Alterations (IHA)” modelini integratsiya qilinib Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining sug‘oriladigan maydonlariga joriy etilgan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga 2023 yil 18 sentyabrdagi №01/010-3401 sonli ma’lumotnoma). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarining sug‘oriladigan maydonlarida suv miqdori hisoblab chiqi lib Amudaryo quyi qismi uchun daryoda ekologik oqim hisoblangan va taqsimoti modellashtirib suv taqsimotini tezkor aniqlashga imkoniyat yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish