Murodov Navruz Qurbonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yirik daryolardagi to‘g‘onsiz suv olish inshootlaridan ishonchli va samarali foydalanishning ilmiy asoslari” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T865
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulov Savet Ishonkulovich – Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti “Suv omborlari va ularning xavfsizligi” laboratoriyasi mudiri professor, texnika fanlari doktori, professor;
Gapparov Furqat Axmatovich – “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Gidrologiya va gidrogeologiya” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor;
Eshev Sobir Samatovich – Qarshi davlat texnika universiteti “Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi” kafedrasi mudiri texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘onsiz suv olish inshootlari joylashgan daryo uchastkalarida suv oqimi va o‘zanning deformatsiya parametrlari dinamikasini prognoz qilish asosida zemsnaryadlar harakatini maqbul boshqarishning gidravlik usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryoning to‘g‘onsiz suv olish inshootlari joylashgan qismi va suv olib keluvchi kanaldagi zemsnaryadlarni maqbul ishlashini ta’minlovchi texnologik va stoxastik parametrlar daryo yoki kanal uchastkalarida o‘zan tubi rel`efi dinamikasini prognoz qilish orqali asoslangan; 
Qarshi mashina kanaliga suv keltiruvchi kanaldagi loyqani tozalovchi zemsnaryadlarni samarali va ishonchli ishlashini baholash uslubi, o‘zandagi rifellar dinamikasiga bog‘liq holda zemsnaryadlar ish rejimini maqbullashtirish orqali takomillashtirilgan;
suv oqimining uzluksizlik gipotezasi hamda Lagranj usuli asosida daryo o‘zani tubida loyqa oqiziqlar dinamikasining gidravlik modeli ishlab chiqilgan; 
muallaq va tub loyqa cho‘kindi zarrachalarining harakat traektoriyasining parametrik tenglamasi hamda Lagranj-Liuvill` dinamik masalasi asosida deformatsiyalanuvchi daryo o‘zanlarida rifellar harakatining imitatsiya modeli ishlab chiqilgan;
stoxostik tizimlar va boshqarish nazariyasi usullari asosida zemsnaryadlarni harakatini maqbul boshqarishning gidravlik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘g‘onsiz suv olish inshootlari joylashgan daryo uchastkalarida suv oqimi va o‘zanning deformatsiya parametrlari dinamikasini prognoz qilish asosida zemsnaryadlar harakatini maqbul boshqarishning gidravlik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv oqimidagi loyqa oqiziq zarrachalarini muallaq harakat holatiga o‘tishining chegaraviy tezlik komponentlarini aniqlash uslubi asosida ishlab chiqilgan muallaq loyqa cho‘kindi zarrachalarining harakat traektoriyasini parametrik aniqlash usuli, suv oqimining turbulent harakatida daryo o‘zani tubidagi rifellar dinamikasini hisoblash usuli Amu-Qashqadaryo ITHB faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 03 dekabrdagi 05/13-4593-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, zemsnaryadlarni ekspluatatsiya xarajatlari 2-3 foizga iqtisod qilish imkonini bergan;
Qarshi mashina kanalining I-NS ga suv keltiruvchi kanalda ishlayotgan zemsnaryadlarning ishonchlilik va  samaradorlik holatini baholash, ularning maqbul sonini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda suv oqimining turli gidravlik parametrlari dinamikasini prognoz qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar asosida ishlab chiqilgan daryo uchastkalari hamda kanallarda zemsnaryadlar ish rejimini maqbul boshqarish  uslubi Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 03 dekabrdagi 05/13-4593-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zemsnaryadlarni ekspluatatsiyasi bilan bog‘liq elektr energiyasi xarajatlarini 8-10 foizga tejash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish