Djalilova Sarvaroy Mexrojovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ispan va o‘zbek frazeologiyasidagi ranglarning milliy-madaniy semantikasi” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4415
Ilmiy rahbar: Shamaxmudova Aziza Furqatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), prof. v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Kiselyov Dmitriy Anatolevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dunyoqarashning etnomadaniy xususiyatlarini aks ettiruvchi ranglarning idrok etilishi va ramziy ma’nosidagi madaniy farqlarga e’tibor qaratgan holda o‘zbek va ispan frazeologiyasida rangning milliy-madaniy semantikasini aniqlash va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek lingvistik kontekstida ispan va o‘zbek tillaridagi rang komponentiga ega frazeologik birliklarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish uchun kompleks lingvomadaniy yondashuv ishlab chiqilib, bu yondashuv orqali leksik-semantik o‘xshashlik va tafovutlar bilan bir qatorda madaniy-genetik aloqalar ham aniqlangan;
ispan va o‘zbek tillaridagi frazeologik birliklarda uchraydigan asosiy rang ifodalariga bog‘liq hissiy va ramziy assotsiatsiyalar aniqlanib, ular madaniy ong va milliy mentalitet shakllanishidagi o‘ziga xos jihatlar sifatida tasniflangan;
ispan va o‘zbek badiiy adabiyot namunalari asosida rang komponentiga ega frazeologizmlarning lingvomadaniy tahlili amalga oshirilib, badiiy matnlarda yashirin madaniy va hissiy qatlamlarning mavjudligi asoslangan;
milliy an’analar, tarixiy omillar, diniy va ijtimoiy qadriyatlarning ta’siri asosida rang ifodalarining ramziy mazmuni shakllanish mexanizmlari aniqlanib, rangning madaniy kod sifatidagi o‘rni haqidagi nazariy qarashlar to‘ldirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ispan va oʻzbek frazeologiyalarida rangning milliy-madaniy semantikasini oʻrganish asosida:
o‘zbek va ispan tillari tizimi o‘rtasidagi madaniy-genetik aloqalarni ham aniqlashga imkon beradigan rang terminlari va frazeologik birliklarni qiyoslash uchun kompleks yondashuv mavzusidan chiqarilgan ilmiy natijalar va amaliy tavsiyalar asosidagi xulosalardan 5983-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP “University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China(UNICAC)” nomli xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 24- apreldagi №04/11-5480 son ma’lumotnomasi). Natijada, rang semantikasining har bir tilga xos jihatlari va umumiy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinishi uning xalq dunyoqarashiga ta’siri ko‘rsatilgan;
badiiy asarlar tahlili asosida mualliflar ijodida rang bilan bog‘liq atamalarning amaliy qo‘llanilishiga tayanib botiniy madaniy va hissiy qatlamlar vositasida badiiy nutqning ma’no palitrasiga xilma-xillik kiritilishi tahlil qilingan tavsiyalardan «PZ-20170930309 «Qoraqalpoq folklori tilining adabiy til rivojiga taʼsiri masalasi» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universitetining 2025-yil 16- apreldagi №01-22-04/369 son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot ispan va o‘zbek tillarida rang ifodalarining semantik xususiyatlarini, ularning milliy-madaniy kodlarini, lingvistik va madaniy jihatdan qanday farqlanishini o‘rganishga qaratilgan;
o‘zbek lingvistik kontekstida ilk marotaba ranglar bilan bog‘liq madaniy assotsiatsiyalarning chuqur tahlili amalga oshirilib, ikki tilning madaniy an’analari bo‘yicha rang terminlarining hissiy va ramziy qiymatini shakllantirish doirasida belgilangan xulosalardan 2/24-4/7-690-sonli xatiga asosan 2022-2024 yillarida amalga oshirgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha amerika kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Acess Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan(Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 2- apreldagi №2-02-888 son ma’lumotnomasi). Natijada, SamDChTIda ispan va o‘zbek madaniyatlarida ranglarning ramziy ma’nolari tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari hamda madaniy kodlarning til manzarasiga ta’siri aniqlangan.