Xomudjonova Feruza Komiljon qizining  Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumot 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quv mashg‘uloti guruhida shug‘ulllanuvchi 14-15 yoshli kurashchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish metodikasi” 13.00.04– Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1488
Ilmiy rahbar: Tajiboev Soyib Samijanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10. 
Rasmiy opponentlar: Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Rahmatova Dilnoza Negbaevna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Xasanov Ilyos To‘ychievich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli kurashchilarning harakat tayyorgarligini takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli kurashchi qizlarning haftalik mashg‘uloti tuzilmasini umumiy jismoniy tayyorgarlik 2–3 marta, 60–90 daqiqa, maxsus jismoniy tayyorgarlik 2–3 marta, 60–90 daqiqa, texnik-taktik mashqlar 3–4 marta, 60–120 daqiqa, nazorat-sparring mashg‘ulotlari 1–2 marta, 90–120 daqiqa, tiklanish (massaj, cho‘zilish va h.k.) har hafta, 1–2 marta o‘zgartirish hisobiga mashg‘ulotl yuklamalarini oson o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan.
- kurashchilarning jismoniy (tezlik, kuch, chidamlilik) sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan yakkalikda (10-20 m qisqa masofaga tezlanish bilan past startda yugurish ("spurt"), joyida turgan holda yuqori startdan yugurish (o‘quv mashg‘ulot jarayoniga qarab-10 dan 20 soniya-gacha), sonni yuqoriga ko‘tarib yugurishdan 10-20 m masofaga tezlikka yugurishga o‘tish) va juftlikda (sherik bilan yugurish (har ikkala sportchi bir birlariga bog‘langan holatda yuguradi), maxsus kurash qopini ko‘targan holda beldan oshirib tashlash harakatlarini bajarish) qo‘llaniladigan maxsus mashqlarni mashg‘ulotlar jarayoniga tizimli qo‘llash hisobiga harakat tayyorgarligi takomillashtirilgan;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli kurashchilarning hujum, himoya, qarshi hujum harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan harakat tayyorgarligini takomillashtirish modeli tarkibiga kognitiv, produktiv, reproduktiv baholash mezonlari kiritish hisobiga mashg‘ulot va musobaqa jarayonida yuqori natijalar qayd etish imkoniyati kengaytirilgan; 
-14-15 yoshli kurashchilarni jismoniy rivojlanganlik xolati (Yu.Q.S., bo‘y, vazn, O‘S, o‘ng va chap qo‘l kuchi) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olib har bir mashg‘ulot va musobaqa davrida bo‘shashtiruvchi (massaj, stretching (cho‘zilish mashqlari), nafas mashqlari, aromaterapiya va muhit) va tezkor tiklovchi (krio-terapiya (sovuq bilan muolaja), kontrast vannalar (issiq-sovuq almashinuv), fizioterapevtik qurilmalar, sport ovqatlanish) pereferik vositalarni qo‘llash hisobiga organizmni tezroq tiklash imkoniyatlari kengattirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir kurashchi qizlar harakat tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
- o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli kurashchi qizlarning haftalik mashg‘uloti tuzilmasini umumiy jismoniy tayyorgarlik 2–3 marta, 60–90 daqiqa, maxsus jismoniy tayyorgarlik 2–3 marta, 60–90 daqiqa, texnik-taktik mashqlar 3–4 marta, 60–120 daqiqa, nazorat-sparring mashg‘ulotlari 1–2 marta, 90–120 daqiqa, tiklanish (massaj, cho‘zilish va h.k.) har hafta, 1–2 marta o‘zgartirish bo‘yicha takliflar Sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 11-martdagi 03-01-04-20-2219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 14-yosh kurashchilarning chidamlilik sifati 20,6% ga, past turnikda tortilish bo‘yicha (kuch sifati) 18,3% ga, mokki tarzda yugurish 19,5% ga, turgan joydan uzunlikka sakrashda (tezkor-kuch sifati) 21,9% ga, oldinga egilishda egiluvchanlik sifati 18,1% ga yaxshilangan;
- kurashchilarning jismoniy (tezlik, kuch, chidamlilik) sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan yakkalikda (10-20 m qisqa masofaga tezlanish bilan past startda yugurish ("spurt"), joyida turgan holda yuqori startdan yugurish (o‘quv mashg‘ulot jarayoniga qarab-10 dan 20 soniya-gacha), sonni yuqoriga ko‘tarib yugurishdan 10-20 m masofaga tezlikka yugurishga o‘tish) va juftlikda (sherik bilan yugurish (har ikkala sportchi bir birlariga bog‘langan holatda yuguradi), maxsus kurash qopini ko‘targan holda beldan oshirib tashlash harakatlarini bajarish) qo‘llaniladigan maxsus mashqlarni mashg‘ulotlar jarayoniga tizimli qo‘llashga doir tavsiyalar Sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 11-martdagi 03-01-04-20-2219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 14 yoshli kurashchilarning tezkorlik sifati 19.4% ga, 15 yoshli  kurashchilarning 21,3% ga yaxshilangan;
- o‘quv-mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi 14-15 yoshli kurashchilarning hujum, himoya, qarshi hujum harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan harakat tayyorgarligini takomillashtirish modeli tarkibiga kognitiv, produktiv, reproduktiv baholash mezonlari kiritish bo‘yicha takliflar Sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respubliksi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 11-martdagi 03-01-04-20-2219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 14 yoshli kurashchilarning tezkorlik sifati 19.4% ga, 15 yoshli kurashchilarning 21,3% ga yaxshilangan;
-14-15 yoshli kurashchilarni jismoniy rivojlanganlik xolati (Yu.Q.S., bo‘y, vazn, O‘S, o‘ng va chap qo‘l kuchi) kabi ko‘rsatkichlar inobatga olib har bir mashg‘ulot va musobaqa davrida bo‘shashtiruvchi (massaj, stretching (cho‘zilish mashqlari), nafas mashqlari, aromaterapiya va muhit) va tezkor tiklovchi (krio-terapiya (sovuq bilan muolaja), kontrast vannalar (issiq-sovuq almashinuv), fizioterapevtik qurilmalar, sport ovqatlanish) pereferik vositalarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Sport maktabi mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13-maydagi 166-son buyrug‘iga asosan 166-017-raqamli guvohnoma). Natijada 15 yosh kurashchilarning chidamlilik sifati 19,1% ga, egiluvchanlik sifati 19,3% ga o‘sishga erishilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish