Bozorova Shahodat Eshqobil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8146.
Ilmiy rahbar: Shomurotova Shirin Xajievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruhsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; O‘rinova Ozodaxon O‘ljaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy jarayonining amaliy natijadorligi va maqsadli funksiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirish, “Entropiya” va “Entalpiya” mavzularini o‘qitishga oid diagnostik so‘rovnomadan foydalanish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish amaliyligini oshirishga qaratilgan faol o‘qitish tizimini rivojlantirish hamda o‘qitish sifatining motivatsion mezonlarini dars va darsdan tashqari ishlar jarayonidagi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish mazmuniga bosqichma-bosqich maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish modeli fizik tabiatini tushuntirishning amaliy ko‘rinishlaridan foydalanish, “Shaxmat doskasi” modelining tarkibiy elementlaridan rolli o‘yinlarni bajarishda foydalanish hamda matematik tabiatini tushuntirish uchun masalalar echishga asoslangan o‘qitish tizimidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish texnologiyasi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilovchi indikatorlarning faollikni oshishdagi ta’sirini aniqlash hamda o‘qitish samaradorligi dinamikasini ta’minlashdagi obektivlikni qiyosiy o‘rganishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari ta’limiy jarayonining amaliy natijadorligi va maqsadli funksiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirish, “Entropiya” va “Entalpiya” mavzularini o‘qitishga oid diagnostik so‘rovnomadan foydalanish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Fizikaviy kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyundagi 871-sonli buyrug‘i). Natijada so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish rivojlantirilib pedagogik imkoniyatlari tahlil etilishiga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish amaliyligini oshirishga qaratilgan faol o‘qitish tizimini rivojlantirish hamda o‘qitish sifatining motivatsion mezonlarini dars va darsdan tashqari ishlar jarayonidagi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish mazmuniga bosqichma-bosqich maqbullashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyundagi 87 I-sonli buyrug‘i). Natijada, so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish rivojlantirilib pedagogik imkoniyatlari tahlil etilishiga erishilgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish modeli fizik tabiatini tushuntirishning amaliy ko‘rinishlaridan foydalanish, “Shaxmat doskasi” modelining tarkibiy elementlaridan rolli o‘yinlarni bajarishda foydalanish hamda matematik tabiatini tushuntirish uchun masalalar echishga asoslangan o‘qitish tizimidan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga ustuvorlik berishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyundagi 87 I-sonli buyrug‘i). Buning natijasida, oliy ta’lim tashkilotlarida “Fizikaviy kimyo” fanini talabalar tomonidan o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan va o‘qitish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim tashkilotlarida so‘rovga asoslangan yondashuv asosida “Fizikaviy kimyo” fanini o‘qitish texnologiyasi talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilovchi indikatorlarning faollikni oshishdagi ta’sirini aniqlash hamda o‘qitish samaradorligi dinamikasini ta’minlashdagi obektivlikni qiyosiy o‘rganishga izchil ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Fizikaviy kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyundagi 87I-sonli buyrug‘i). Natijada, talabalarda so‘rovga asoslangan yondashuv asosida o‘qitish samaradorligini aniqlashga erishilgan.