Buvraev Erali Ravshanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmogʻi): “Ba’zi 3d-metallarining ayrim vitaminlar va aminokislotalar bilan aralash ligandli kompleks birikmalari: sintezi, xossalari, qo‘llanilishi”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K386.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.0103.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ibodullaeva Mavjuda Ibodullaevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ba’zi 3d-metallarining ayrim vitaminlar va aminokislotalar bilan aralash ligandli kompleks birikmalari: sintezi, xossalari, qo‘llanilishini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Co(II), Ni(II), Zn(II), Cu(II) tuzlarining vitaminlar (tiamin, askorbin kislotasi) va aminokislotalar (sistein, metionin) bilan aralash ligandli 28 ta yangi komplekslari sintez qilingan, aralash ligandli kompleks birikmalar sintezi uchun optimal sharoitlar (T= 30 - 65C, pH=6,5 - 7,5, τ=30 - 120 min) tanlangan;
sintez qilingan gomo va getero ligandli komplekslarning HOMO-LUMO energiyalarining farqiga asoslanib gomoligandli komplekslarning barqarorligi Co(II), Cu(II), Ni(II) tartibda hamda getero ligandli komplekslarning barqarorligi Co(II), Ni(II), Cu(II) tartibda ortib borishi, reaksion qobiliyati esa ikkala xil komplekslarda ham ushbu ketma-ketlikda kamayib borishi aniqlangan;
sintez qilingan komplekslarning diffuz qaytarishning elektron spektri va rentgen difraksiyasi (XRD) natijalariga ko‘ra, nikel va kobalt komplekslari Oh nuqtali guruhiga va 6-koordinatsiyaga ega, mis va rux komplekslari esa Td nuqtali guruhiga va 4-koordinatsiyaga ega ekanligi aniqlangan. 
IQ, Raman, 1H-YaMR, 13C-YaMR, HSQC-YaMR va HMBC-YaMR spektrlar asosida ligandlarning koordinatsiyalangan markazlari o‘rganilib, aminokislotalar va (karboksil va tiol/ammin guruhi orqali), askorbin kislotasi bidentant (3-OH va karbonil guruhi orqali), tiamin esa monodentant (2-OH guruhi orqali) koordinatsiyaga uchrashi aniqlangan;
sintez qilinagan kompleks birikmalarning termik va barqarorlik konstantalari metallar tabiatiga bog‘liqligi hamda komplekslarning termik parchalanishi bosqichma-bosqich borishi aniqlandi. Shuningdek kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari 1,98× 108 - 2,24 × 108 oralig‘ida Co(II)<Ni(II)<Cu(II) ketma-ket ortib borishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ba’zi 3d-metallarining ayrim vitaminlar va aminokislotalar ishtirokidagi aralash ligandli kompleks birikmalari sintezi, fizik-kimyoviy xossalari hamda biologik faollikini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Ni(Cys)(B1)(H2O)2] tarkibli aralash ligandli kompleks birikmasi, “Integra DD” MChJ O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasining mikrobiologiya laboratoriyasida aktinomisit hujayralarining rivojlanishi va mahsuldorligini oshirish maqsadida amaliyotga joriy etilgan (Integra DD” MChJ ning 2023-yil 9-noyabrdagi 133-sonli ma’lumotnomasi) Natijada aktinomisit hujayralarini rivojlantiruvchi vositalar olish imkoniyatini bergan;
[Co(Cys)(B1)(H2O)2] tarkibli aralash ligandli kompleks birikmasi, “Integra DD” MChJ O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarish jarayonlarida biostimulyator sifatida amaliyotga joriy etilgan (Integra DD” MChJ ning 2023-yil 13-dekabrdagi 152-sonli ma’lumotnomasi) Natijada foydali bakteriyalarni rivojlantiruvchi vositalar olish imkoniyatini bergan;
sintez qilingan vitaminlar va aminokislotalar ishtirokidagi biofaol aralash ligandli kompleks birikmalari Xitoy xalq Respublikasi Xi’an universiteti Arxitektura va texnologiyasi ilmiy laboratoriyasida yangi birikmalar sintez qilish loihasida foydalanilmoqda (2025-yil 14-maydagi xati). Natijada ushbu pereparatlardan biokatalizatorlar sifatida foydalanish imkoniyatini bergan;
sintez qilingan vitaminlar va aminokislotalar ishtirokidagi biofaol aralash ligandli kompleks birikmalari Germaniya Federativ Respublikasi Berlin Texnologiya universitetining ilmiy laboratoriyasida yangi birikmalar sintez qilish loihasida foydalanilmoqda (2025-yil 16-maydagi xati). Natijada ushbu pereparatlardan biokatalizatorlar sifatida foydalanish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish