Qodirov Obid Safarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘smirlarda deviant xulq-atvor profilaktikasida samarali psixologik texnologiyalar (jinoyat motivlari misolida)». 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/P242.
Ilmiy maslahatchi: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02 
Rasmiy opponentlar: Umarov Bahriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mullabaeva Nozima Maxmudjonovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent 
Yetakchi  tashkilot:  Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda deviant xulq-atvor profilaktikasida samarali psixologik texnologiyalarni tadqiq etish asosida zarur taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘smirlarda deviant xulq-atvor namoyon bo‘lishini oldini olishda oilalardagi ijtimoiy muammolarni hal etish, kompleks yondashuv tizimini yo‘lga qo‘yish orqali deviant xulq-atvorni rivojlantiruvchi omillarni minimallashtirish maqsadida sog‘ligini, ruhiyatini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash, ularning har qanday kutilmagan hodisalardan to‘la muhofaza etilishini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishda oilalarga manzilli yordam ko‘rsatishning samarali psixologik texnologiyalari aniqlangan.
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning psixologik ehtiyojlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tengdoshlariga yopiqlik, somatik muammolar, xavotir, ijtimoiylashuvning buzilganligi, fikrlash yo‘nalishining o‘zgarganligi, diqqat-e’tiborga xos muammolar, destruktiv xulq (ya’ni odamlarga va jamiyatga zarar keltiruvchi xulq), agressiyaning ijtimoiy me’yorlariga nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘lishi tufayli shaxs xulq-atvoriga ta’sir etuvchi salbiy omillardan himoya qiluvchi va hissiy barqarorlikni mustahkamlovchi maxsus reabilitatsion dasturlar va individual ishlashning profilaktik texnologiyalari yordamida zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi yaratilgan.
o‘smirlarda deviant xulq-atvor rivojlanishini oldini olish hamda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida o‘quv muassasalarida psixologik treninglar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan darslar va psixokorreksion dasturlarni joriy etish hamda profilaktikani yo‘lga qo‘yish maqsadida samarali psixologik texnologiyalardan (qisqa muddatli 2-3 minutlik kontentlardan) foydalanish orqali, o‘smirlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati va deviant xulq-atvori ijobiy xarakterga o‘zgarganligi aniqlangan.
o‘smirlardagi yosh davriga bog‘liq xususiyatlariga asoslanib axloqiy burch hissini huquqiy tushunchalardagi muhim belgilarni ajrata olish, mantiqiy fikrlash, ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishi orqali ta’minlash  muhimligi tufayli deviant xulq-atvori profilaktikasida, o‘smirlarning ijobiy ijtimoiy muhitda kamol topishi, o‘sib-ulg‘ayishini ta’minlash va ijobiy yutuqlariga qarab rag‘batlantirish maqsadida ota-onalar, aka-ukalar, yaqin qarindoshlar va jamoatchilik hamda davlat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirishning «Bir maqsadga yo‘nalgan - uyg‘unlashgan ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy ta’sir modeli» yaratilgan.
o‘smirlar xulq-atvoridagi «o‘g‘rilik», «bezorilik», «buzg‘unchilik», «bosqinchilik», «qasoskorlik», «firibgarlik», «giyohvandlik», «o‘z manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yish», «o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatuvchi» deviant xulq-atvorni oldini olishga xizmat qiluvchi muassasalarda ijtimoiy-psixologik faoliyatni tashkil etish orqali voyaga etmaganlar bilan ishlashda to‘g‘rilik, adolatlilik, vijdonlilik, o‘zini aybdor his qilish, o‘ziga tanqidiy baho berish, o‘zini tushunishda e’tiborlilik kabi insonparvarlik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida jinoyatga moyillikning psixokorreksiyasi va psixoprofilaktik texnologiyalari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda deviant xulq-atvor profilaktikasida samarali psixologik texnologiyalarni tadqiq etish yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smirlarda deviant xulq-atvor namoyon bo‘lishini oldini olishda oilalardagi ijtimoiy muammolarni hal etish, kompleks yondashuv tizimini yo‘lga qo‘yish orqali deviant xulq-atvorni rivojlantiruvchi omillarni minimallashtirish maqsadida sog‘ligini, ruhiyatini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash, ularning har qanday kutilmagan hodisalardan to‘la muhofaza etilishini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishda oilalarga manzilli yordam ko‘rsatishning samarali psixologik texnologiyalari aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-216-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-216-a son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvor rivojlanishi profilaktikassida oilalarga manzilli yordam ko‘rsatishning samarali psixologik texnologiyalari aniqlangan. 
deviant xulq-atvorli o‘smirlarning psixologik ehtiyojlari va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tengdoshlariga yopiqlik, somatik muammolar, xavotir, ijtimoiylashuvning buzilganligi, fikrlash yo‘nalishining o‘zgarganligi, diqqat-e’tiborga xos muammolar, destruktiv xulq (ya’ni odamlarga va jamiyatga zarar keltiruvchi xulq), agressiyaning ijtimoiy me’yorlariga nisbatan yaqqolroq namoyon bo‘lishi tufayli shaxs xulq-atvoriga ta’sir etuvchi salbiy omillardan himoya qiluvchi va hissiy barqarorlikni mustahkamlovchi maxsus reabilitatsion dasturlar va individual ishlashning profilaktik texnologiyalari yordamida zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi yaratilganligi haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-216-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-216-a son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlar xulq-atvoriga ta’sir etuvchi salbiy omillardan himoya qiluvchi va hissiy barqarorlikni mustahkamlovchi maxsus reabilitatsion dasturlar va individual ishlashning profilaktik texnologiyalari yordamida zamonaviy-psixologik mexanizmlar tuzilmasi yaratilgan.
o‘smirlarda deviant xulq-atvor rivojlanishini oldini olish hamda sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida o‘quv muassasalarida psixologik treninglar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan darslar va psixokorreksion dasturlarni joriy etish hamda profilaktikani yo‘lga qo‘yish maqsadida samarali psixologik texnologiyalardan (qisqa muddatli 2-3-minutlik kontentlardan) foydalanish orqali, o‘smirlarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati va deviant xulq-atvori ijobiy xarakterga o‘zgarganligi aniqlangan ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-216-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-216-a son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarda shakllanayotgan deviant xulq-atvori samarali psixologik texnologiyalar yordamida ijobiy xarakterga o‘zgarganligi aniqlangan.
o‘smirlardagi yosh davriga bog‘liq xususiyatlariga asoslanib axloqiy burch hissini huquqiy tushunchalardagi muhim belgilarni ajrata olish, mantiqiy fikrlash, ijtimoiy ko‘nikmalarning shakllanishi orqali ta’minlash  muhimligi tufayli deviant xulq-atvori profilaktikasida, o‘smirlarning ijobiy ijtimoiy muhitda kamol topishi, o‘sib-ulg‘ayishini ta’minlash va ijobiy yutuqlariga qarab rag‘batlantirish maqsadida ota-onalar, aka-ukalar, yaqin qarindoshlar va jamoatchilik hamda davlat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish  borasidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-216-son buyrug‘i bilan “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-216-a son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvorini bartaraf etishga qaratilgan psixoprofilaktik model ishlab chiqilgan.
o‘smirlar xulq-atvoridagi «o‘g‘rilik», «bezorilik», «buzg‘unchilik», «bosqinchilik», «qasoskorlik», «firibgarlik», «giyohvandlik», «o‘z manfaatlarini boshqalardan ustun qo‘yish», «o‘z kuchi va jasoratini ko‘rsatuvchi» deviant xulq-atvorni oldini olishga xizmat qiluvchi muassasalarda ijtimoiy-psixologik faoliyatni tashkil etish orqali voyaga etmaganlar bilan ishlashda to‘g‘rilik, adolatlilik, vijdonlilik, o‘zini aybdor his qilish, o‘ziga tanqidiy baho berish, o‘zini tushunishda e’tiborlilik kabi insonparvarlik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida jinoyatga moyillikning psixokorreksiyasi va psixoprofilaktik texnologiyalari borasidagi ma’lumotlar O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-216-son buyrug‘i bilan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” moduliga kiritilgan. (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-216-a son ma’lumotnoma). Natijada o‘smirlarda deviant xulq-atvor rivojlanishini oldini olishning psixologik xususiyatlari va psixoprofilaktik mexanizmlarini o‘rganish imkoniyati oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish