Ziyaev Azamat Mirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Tijorat banklarining uy-joy qurilishini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5017.
Ilmiy rahbar: Absalamov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: Norov Akmal Ro‘zimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirpulatova Luiza Mansurovna, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz uy-joy qurilishi bozorini rivojlantirishga hamda moliyalashtiruvchi tijorat banklarining ushbu yo‘nalishdagi mahsulot turlari sifati va ko‘lamini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ipoteka krediti orqali ulush kiritish asosida moliyalashtiriladigan uy-joy qurilishi loyihalarida, buyurtmachi qurilish tashkilotlaridan qurilishni yakuniga yetkazish hamda xonadonlarni garovga taqdim etilishi kafolati sifatida maqsadli depozitlarni shakllantirish amaliyotini joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
ulush kiritsh asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirishda ajratiladigan ipoteka kreditlari maxsulotlari shartlariga boshlang‘ich badal miqdorini 26 foizga etkazish to‘g‘risidagi o‘zgartirish kiritish taklifi asoslangan;
uy-joy qurilishini moliyalashtirishda pudrat tashkilotlariga kredit ajratish amaliyoti bilan bir vaqtda, bankka foizsiz daromad keltiruvchi - “Ulushdor bank”, “Faktor bank”, “Investor bank” kabi bank maxsulotlarini joriy qilish taklifi ishlab chiqilgan;
qurilish ishlari muddatidan avval yakunlanganda sotuvdan tushayotgan mablag‘larni kredit qarzdorliklarini muddatidan avval so‘ndirishga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi moslashuvchan to‘lov jadvallaridan va eskrou hisobvarag‘lardan foydalanishni joriy qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarining uy-joy qurilishini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ulush kiritish asosida (ipoteka krediti orqali) moliyalashtiriladigan uy-joy qurilishi loyihalarida, buyurtmachi qurilish tashkilotlaridan qurilishni yakuniga yetkazish hamda xonadonlarni garovga taqdim etilishi kafolati sifatida maqsadli depozitlarni shakllantirish amaliyotini joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoni 10-ilovasining 18-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (OTP Group “Ipoteka-bank” ATIBning 2025 yil 19 fevraldagi 2-3.1/5711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu hisobvarag‘ga loyiha moliyalashtirilishidagi bo‘nak hajmidan kam bo‘lmagan miqdordagi mablag‘larini kirim qilinishi, kredit riski pasaygan hamda Ipoteka-bankning 2024 yilga mo‘ljallangan Kreditlash Nizomi talablari ijrosini ta’minlashga imkoniyat yaratib bergan;
ulush kiritsh asosida uy-joy qurilishini moliyalashtirish maqsadida ajratiladigan ipoteka kreditlari maxsulotlari shartlariga “boshlang‘ich badal miqdorini 26 foizgacha oshirish to‘g‘risida”gi o‘zgartirishni kiritish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 30 apreldagi “2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-70-sonli Farmoni 10-ilovasining 19-bandi ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan (OTP Group “Ipoteka-bank” ATIBning 2025 yil 19 fevraldagi 2-3.1/5711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Imkoniyat” kredit maxsuloti pasportiga o‘zgartirish kiritilib, ajratiladigan kreditlarning riskka tortilganlik darajasi pasaygan. Kapital monandliligi ko‘rsatkichi yaxshilangan hamda qo‘shimcha ravishda 80,0 mlrd.so‘m bank kreditlari ajratilishiga erishilgan;
uy-joy qurilishini ulushdorlik asosida moliyalashtirishda buyurtmachi tashkilot tomonidan ulushdor bilan tuzilgan shartnoma shartlari bajarilishi yuzasidan “bank kafolati”ga ega bo‘lishi lozimligi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-11-sonli Farmoni 2-ilovasi 4,10-bandlari ijrosini ta’minlashda xizmat qilgan (OTP Group “Ipoteka-bank” ATIBning 2025 yil 19 fevraldagi 2-3.1/5711-sonli ma’lumotnomasi). Taklif asosida “Imkoniyat” kredit maxsuloti pasportiga o‘zgartirish kiritilishi natijasida, ulushdorlarning bankka ishonchi ortib, har bir loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ravishda o‘rtacha 15 foiz yangi mijozlar bankka jalb qilinishiga erishilgan;
qurilish ishlari muddatidan avval yakunlanganda sotuvdan tushayotgan mablag‘larni kredit qarzdorligini muddatidan avval so‘ndirishga yo‘naltirishni nazarda tutuvchi to‘lov jadvalidan va eskrou hisobvarag‘dan foydalanishni joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 27 yanvardagi “Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-11-sonli Farmoni 2-bandi z-kichik bandi ijrosini ta’minlashda xizmat qilgan (OTP Group “Ipoteka-bank” ATIBning 2025 yil 19 fevraldagi 2-3.1/5711-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kredit portfeli tahlil qilinib 35 foiz holatda uy-joy qurilishini moliyalashtirish bo‘yicha ajaritilgan 175,0 mlrd.so‘m kreditlarni muddatidan avval so‘ndirish imkoniyatlaridan foydalanilmaganligi aniqlangan va kredit shartnomalariga bankka qo‘shimcha vakolat beruvchi tegishli bandlar kiritilgan. Shuningdek, “eskrou” hisobvarag‘idagi mablag‘larni kreditni so‘ndirish uchun yo‘naltirishda “ko‘prik” vazifasini bajaruvchi maxsus hisobvarag‘lardan foydalanish belgilab qo‘yilgan.