Narmamatov Ixtiyar Baxtiyarovichhning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“To‘lov tizimlarining barqarorligini ta’minlashning metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. DSc/Iqt539.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jahongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Isakov Janabay Yak’pbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida milliy to‘lov tizimlarining barqarorligini ta’minlashning metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘lovga qobilligi yuqori bo‘lgan mijozlar guruhi uchun stend-bay, qayta tiklanadigan va qizil hoshiyali akkreditivlarni ochish hamda ularni bank kreditlari hisobidan moliyalash orqali import to‘lovlari bo‘yicha ochilgan akkreditivlar hajmida qoplangan akkreditivlar ulushini kamaytirish mexanizmi taklif etilgan;
tijorat banklari majburiyatlari tarkibida beqaror passivlar salmog‘ini kamaytirishda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini meʼyoriy darajada ushlab turish hamda banklararo kreditlar bo‘yicha foizli to‘lovlarni qisqartirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamlari qoldig‘ining barqarorligini ta’minlash maqsadida muddatsiz likvidli aktivlar bilan transaksion depozitlar, uzoq muddatli majburiyatlar bilan uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni saqlash hamda transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini risk darajasi past bo‘lgan operatsiyalarga yo‘naltirish tavsiya etilgan;
mijozlarning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha bank kafolatlari hajmini oshirish va eksport qilinayotgan tovarlarning sifati yuzasidan kafolat berishni yo‘lga qo‘yish asosida bank kafolat operatsiyalar hajmini oshirish asoslangan;
banklararo to‘lovlar hajmini oshirishda trattalarga asoslangan sof inkassoni amaliyotga joriy etish, hisob-kitob cheklari muomalasini qayta tiklash va hujjatlashtirilgan akkreditivlarning turlaridan samarali foydalanish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatning to‘lov tizimini innovatsiyalar asosida rivojlantirish va milliy to‘lov tizimining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘lovga qobilligi yuqori bo‘lgan mijozlar guruhi uchun stend-bay, qayta tiklanadigan va qizil hoshiyali akkreditivlarni ochish hamda ularni bank kreditlari hisobidan moliyalash orqali import to‘lovlari bo‘yicha ochilgan akkreditivlar hajmida qoplangan akkreditivlar ulushini kamaytirish mexanizmiga doir taklifi AT Asakabank faoliyatiga joriy etilgan (AT Asakabankning 2025-yil 6-yanvar 01/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT Asakabankda import tulovlari bo‘yicha ochilgan akkreditivlar hajmida qoplangan akkreditivlarning salmogi 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 5,3 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklari majburiyatlari tarkibida beqaror passivlar salmog‘ini kamaytirishda transaksion depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini meʼyoriy darajada ushlab turish hamda banklararo kreditlar bo‘yicha foizli to‘lovlarni qisqartirishga doir taklifi AT Asakabank faoliyatiga joriy etilgan (AT Asakabankning 2025-yil 6-yanvar 01/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT Asakabankda beqaror depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘i 2023-yilda 2022-yilga iisbatan 4,1 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklarining “Nostro” vakillik hisobraqamlari qoldig‘ining barqarorligini ta’minlash maqsadida muddatsiz likvidli aktivlar bilan transaksion depozitlar, uzoq muddatli majburiyatlar bilan uzoq muddatli kreditlar o‘rtasidagi miqdoriy mutanosiblikni saqlash hamda transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘ini risk darajasi past bo‘lgan operatsiyalarga yo‘naltirishga doir taklifi AT Asakabank faoliyatiga joriy etilgan (AT Asakabankning 2025-yil 6-yanvar 01/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, Asakabankda 2023-yilda 2022-yilga nisbatan uzoq muddatli majburiyatlarning jami majburiyatlardagi salmogi 10,9 foizli punktga pasaygani holda, uzoq muddatli aktivlarning jami aktivlardagi salmogi 2,9 foizli punktga oshishiga erishildi;
mijozlarning to‘lov majburiyatlari bo‘yicha bank kafolatlari hajmini oshirish va eksport qilinayotgan tovarlarning sifati yuzasidan kafolat berishni yo‘lga qo‘yish asosida bank kafolat operatsiyalar hajmini oshirishga doir taklifi AT Asakabank faoliyatiga joriy etilgan (AT Asakabankning 2025-yil 6-yanvar 01/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT Asakabank tomonidan to‘lov majburiyatlari bo‘yicha berilgan kafolatlarning hajmi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 2,8 foizga oshishiga erishilgan;
banklararo to‘lovlar hajmini oshirishda trattalarga asoslangan sof inkassoni amaliyotga joriy etish, hisob-kitob cheklari muomalasini qayta tiklash va hujjatlashtirilgan akkreditivlarning turlaridan samarali foydalanish taklifi (AT Asakabank faoliyatiga joriy etilgan (AT Asakabankning 2025-yil 6-yanvar 01/57-son ma’lumotnomasi). Natijada, AT Asakabank tomonidan Yagona banklararo to‘lov tizimidan inkasso shakli orkali amalga oshirilgan to‘lovlar hajmi 2023-yilnnig dekabr oyida 2022-yilning dekabr oyiga nisbatan 23,5 foizga oshgani holda, to‘lov xujjatlari soni 4,5 foizga oshishga erishilgan.