Abdulboqieva Oydina Abdurashit qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek tili axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlari tadqiqi” 10.00.01– O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil392.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Ilmiy rahbar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Doniyor Taxirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Umurzoqova Marhabo Egamberdievna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining lingvistik xususiyatlari hamda ularning leksik-semantik, struktur jihatlarini tadqiq etish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
globallashuv sharoiti va jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarning ortishining sabab va omillari, sohaga oid terminlarning fan sohalariga kirib borish usul va yo‘llari, sohaviy terminlarning mavzuviy guruhlari, o‘zlashmalik va baynalmilallik jihatlari, leksik-semantik xususiyatlari lingvistik aspektlar orqali aniqlangan;
o‘zbek tilida qo‘llanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining taraqqiyoti yo‘llari davrlashtirilgan, terminlar rivojidagi ekstralingvistik – globallashuv, ilm-fan taraqqiyoti, texnika mo‘jizalari, elektron hukumatning shakllanishi kabi masalalar, terminlardagi ma’noning kengayishi va torayishi, ma’nodoshlik, omonimiya, antonimiya kabi lingvistik jarayonlarning omillari ochib berilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining derivatsion va tuzilish modellari, ularning milliy tillarda barqarorlashuvidagi jarayonlar, variantlilikning vujudga kelishi va maqbullik holatlari, leksikografik izohlari,  o‘zbek tili uchun butunlay yangi bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining takomillashtirish yo‘llari asoslangan;
o‘zbek tilida faol qo‘llanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid terminlarining leksik-semantik jihatdan shaxs, narsa-predmet, faoliyat-jarayon bilan bog‘liq qirralari ko‘rsatilgan, tarjima qilinishidagi uslub, usul va yo‘llari, tarjima lug‘atlaridagi ko‘rinishlari dalillanib, sohaviy terminlarning tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va birikmali turlarining vujudga kelish yo‘llari lingvistik shakllantirish nazariy asoslari orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. O‘zbek tili axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining derivatsion va tuzilish modellari, ularning milliy tillarda barqarorlashuvidagi jarayonlar, variantlilikning vujudga kelishi va maqbullik holatlari, leksikografik izohlari,  o‘zbek tili uchun butunlay yangi bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining takomillashtirish yo‘llari asoslangan xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida bajarilgan A-FA-2019-9 “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan bibliotekasini yaratish” amaliy loyihasi doirasida bajarilgan qo‘lyozmalar fondi jamlangan elektron portalni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 3/1255-2396-sonli ma’lumotnomasi, Xorazm Ma’mun akademiyasining 2024-yili 24-sentyabrdagi 176/1-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha ilmiy-amaliy jihatdan boyitilgan;
globallashuv sharoiti va jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bo‘lgan talab va ehtiyojlarning ortishining sabab va omillari, sohaga oid terminlarning fan sohalariga kirib borish usul va yo‘llari, sohaviy terminlarning mavzuviy guruhlari, o‘zlashmalik va baynalmilallik jihatlari, leksik-semantik xususiyatlari lingvistik aspektlar orqali aniqlangan qismlaridan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan axborot texnologiyalariga oid yangiliklar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2024-yil 6-sentyabrdagi 01-23/1010-sonli ma’lumotnomasi). Natijada axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanuvchi jamiyat vakillariga asosli va aniq ma’lumotlar etkazish yollari takomillashtirilgan;
o‘zbek tilida qo‘llanayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiya terminlarining taraqqiyoti yo‘llari davrlashtirilgan, terminlar rivojidagi ekstralingvistik – globallashuv, ilm-fan taraqqiyoti, texnika mo‘jizalari, elektron hukumatning shakllanishi kabi masalalar, terminlardagi ma’noning kengayishi va torayishi, ma’nodoshlik, omonimiya, antonimiya kabi lingvistik jarayonlarning omillari ochib berilgan o‘rinlaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, Xorazm”, “Tilimizni o‘rganamiz” ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-sentyabrdagi №924-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy-ommabopligi, tomoshabopligi kuchaygan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish