Aliyarov Olim Abdug‘aparovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mulkiy soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish” 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4701.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: To‘lakov Ulug‘bek Toshmamatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.I.78.06.
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Zaripov Xusan Baxodirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hududlarini barqaror rivojlantirishning muhim omili sifatida mulkiy soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy qoidalarni asoslash va rivojlantirish yuzasidan  ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mol-mulk va er soliqlarini to‘liq hajmda tuman (shahar)lar byudjetlarida qoldirish orqali mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish, xarajatlarni o‘z daromadlari va ichki manbalari hisobidan qoplash imkoniyatini kengaytirish taklifi asoslangan; 
yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlashda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan erlar uchun belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffisient qo‘llanilgan holda to‘lash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish asoslangan;
soliq to‘lovchilarni umumiy quvvati 100 kVtgacha va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yildan 10 yilgacha er solig‘idan ozod qilish yoki soliqni kamaytirib to‘lash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda mulkiy soliqlarning davlat byudjetidagi ulushiga ta'sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mulkiy soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: mol-mulk va er soliqlarini to‘liq hajmda tuman (shahar)lar byudjetlarida qoldirish orqali mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirish, xarajatlarni o‘z daromadlari va ichki manbalari hisobidan qoplash imkoniyatini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi «Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida»gi PF-223-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 22-yanvardagi 16/1-08649-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mahalliy byudjetlarning mustaqilligini oshirishga, xarajatlarni o‘z daromadlari va ichki manbalari hisobidan qoplash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi. Mol-mulk va er soliqlarining to‘liq hajmda tuman va shaharlar byudjetlariga qoldirilishi mahalliy hokimliklarga moliyaviy resurslarni samarali boshqarish va hududning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash uchun keng imkoniyat yaratadi. Bu esa infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining turmush darajasini oshirishga ko‘mak beradi;
yuridik shaxslardan olinadigan er solig‘ini qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlashda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan erlar uchun belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffisient qo‘llanilgan holda to‘lash orqali qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘gʻrisida»gi O‘RQ-1014-son Qonunida inobatga olingan va unga asosan Soliq kodeksining 428-moddasi 1-qism bilan o‘zgartirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 22-yanvardagi 16/1-08649-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishga, ularning moliyaviy yukini sezilarli darajada kamaytirishga hamda ushbu sohada investisiyalarni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi;
soliq to‘lovchilarni umumiy quvvati 100 kVtgacha va undan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishga topshirilgan oydan e'tiboran 3 yildan 10 yilgacha er solig‘idan ozod qilish yoki soliqni kamaytirib to‘lash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 24 dekabrdagi «Soliq va byudjet siyosatining 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘gʻrisida»gi O‘RQ-1014-son Qonunida inobatga olingan va unga asosan Soliq kodeksining 436-moddasi 2-qism bilan o‘zgartirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 22-yanvardagi 16/1-08649-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, shuningdek, jismoniy shaxslarga soliq yukini kamaytirish orqali ularning iqtisodiy farovonligini oshirishga xizmat qilib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi;
O‘zbekistonda mulkiy soliqlarning davlat byudjetidagi ulushiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq va byudjet siyosatining 2030 yillargacha mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari va ular bo‘yicha ishchi hamda ichki me’yoriy hujjatlarni hamda uslubiy tavsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 22-yanvardagi 16/1-08649-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlarini amaliyotga joriy qilinishi natijasida davlat byudjeti daromadlarini barqaror rejalashtirish, soliq yuki va imtiyozlarini izchil optimallashtirish, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish va hududlarda mol-mulk soliqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi bir qator ijobiy o‘zgarishlar kutiladi. Bunda tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya va ekonometrik model aniq prognozlar berib, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va davlat siyosatini izchil rejalashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi hududlarning istiqbolli yo‘nalishlarini baholashga imkon yaratadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish