Turopova Nigora Xolmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.     Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda  biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarning muvofiqligini ta’minlash muammolari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat  universiteti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, 
PhD.03/30.07.2024.I.78.06
Rasmiy opponentlar: Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Alimardanov Ilhom Muzrobshoevich va Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  Xo‘jaqulov Ramshod Yunusovich. Yetakchi tashkilot: «Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti»
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarni mutanosib taqsimlash orqali mahalliy byudjetlarni moliyaviy barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq stavkalari miqdorini tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda amalda o‘rnatilgan qat’iy soliq stavkalarining eng kam va eng yuqori darajalari chegarasida belgilash borasidagi moliyaviy huquqlarni taqdim etish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash asoslangan;
soliq to‘lovchi yuridik shaxs tomonidan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar yangi barpo etilgan holatda egallagan erlar (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’iy nazar) bo‘yicha soliq stavkasini besh yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan holda belgilash orqali erdan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va mas’uliyatni oshirish taklifi asoslangan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlariga suv solig‘i stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkaga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash vakolatini  berish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarining yangi manbalarini yuzaga keltirish va moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi asoslangan;
hududlardagi belgilangan mezonlar bo‘yicha yirik soliq to‘lovchi toifasida baholanib, soliq ma’muriyatchiligi Davlat soliq qo‘mitasi funksiyasiga o‘tkaziluvchi soliq to‘lovchilarni mezonlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish asosida mahalliy byudjetlarga qaytarib berish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarni byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida mutanosib taqsimlash orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish bilan bog‘liq ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar amaliyotda quyidagicha joriy etilgan va samarasini bergan:
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy soliq stavkalari miqdorini tuman va shaharlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda amalda o‘rnatilgan qat’iy soliq stavkalarining eng kam va eng yuqori darajalari chegarasida belgilash borasidagi moliyaviy huquqlarni taqdim etish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashda mahalliy hokimliklarning rolini mustahkamlash imkoni yaratilgan;
soliq to‘lovchi yuridik shaxs tomonidan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar yangi barpo etilgan holatda egallagan erlar (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’iy nazar) bo‘yicha soliq stavkasini besh yil muddatga 50 foizga kamaytirilgan holda belgilash orqali erdan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va mas’uliyatni oshirish taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-812-sonda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mahalliy byudjetlarning biriktirilgan soliqlaridan samarali foydalanish imkoniyati paydo bo‘lib, ularning moliyaviy barqarorligini oshishi ta’minlangan;
mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlariga suv solig‘i stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkaga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash vakolatini  berish orqali mahalliy byudjetlar daromadlarining yangi manbalarini yuzaga keltirish va moliyaviy barqarorligini oshirish taklifi “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-1014-son) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-1013-son)da o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida mahalliy byudjetlarning daromadlarining yangi manbalarini yuzaga kelishi va ularning moliyaviy barqarorligini oshishi ta’minlangan;
hududlardagi belgilangan mezonlar bo‘yicha yirik soliq to‘lovchi toifasida baholanib, soliq ma’muriyatchiligi Davlat soliq qo‘mitasi funksiyasiga o‘tkaziluvchi soliq to‘lovchilarni mezonlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf etish asosida mahalliy byudjetlarga qaytarib berish orqali mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq va byudjet siyosatining 2023-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 30- dekabrdagi O‘RQ-812-sonda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025-yil 4-yanvardagi 06/04-32-58-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarni optimal darajada taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ldi va mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi oshishiga olib kelgan.
muallifning mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini oshirishga qaratilgan xalq deputatlari tumanlar (shaharlar) Kengashlariga suv solig‘i stavkasiga 0,7 gacha kamaytiruvchi va 1,5 gacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash hamda noruda qurilish materiallari uchun (sementdan tashqari) belgilangan qat’iy stavkaga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffisient qo‘llash vakolatini  berish borasidagi taklifi “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-1014-son) hamda “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni(O‘RQ-1013-son)da o‘z aksini topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2025-yil 11-yanvardagi 16/1-03885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy byudjetlar daromadlarining yangi manbalarini yuzaga kelishiga va ularning moliyaviy barqarorligini oshishini ta’minlandi;
tadqiqotchining byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarni taqsimotida: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushgan tushumlarning (jismoniy shaxslar mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan to‘laydigan, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar to‘laydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 66 foizi, Toshkent viloyatida 51 foizi, Toshkent shahrida 12 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foizini, alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo (import qilinadigan alkogol mahsulotlari va pivodan tashqari) uchun ishlab chiqaruvchilar tomonidan to‘lanadigan aksiz solig‘ining Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 5 foizi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 30 foizi o‘tkazish bo‘yicha taklifi 2024-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-1011-son)da o‘z aksini  topdi. (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasining 2025-yil 11-yanvardagi 16/1-03885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada byudjet tizimi byudjetlari o‘rtasida biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarni optimal taqsimlanish jarayoni hisobiga mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash imkoniyati oshdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish