Zuxurova Dilrabo Abdulaziz qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talaba qizlarda “Men” konsepsiyasi shakillanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar” mavzusidagi 19.00.05 – “Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya” (Psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P857
Ilmiy rahbar:Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Sh.R.Baratov, psixologiya fanlari doktori, professor; N.X. Lutfullaeva, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Talaba qizlarda «Men»konsepsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy -psixologik omillarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-qizlarda refleksiv Menning dinamik xususiyatiga ko‘ra, birinchi va uchinchi kurs talabalarida moliyaviy farovonlik, mulkka ega bo‘lish va hayotdagi moddiy imkoniyatlarga intilish bilan bog‘liq moddiy “Men”ning kuchli ifodalanishi, to‘rtinchi kursda esa shaxsning o‘zini chuqurroq anglashi bilan muloqotchanlikning kuchayishi, ijtimoiy “Men”ning barqarorlashib borishi aniqlangan;
talaba-qizlarning “Men konsepsiyasi” konformizm, an’analar, mehribonlik, unversalizm, rag‘batlantirish, gedonizm, yutuqlarga erishish, xavfsizlik kabi ustuvor normativ-ideallarning qizlarda ijtimoiy qiyofani dinamik rivojlashiga ta’siri tufayli qadriyatlar tizimiga bog‘liq shakllanishi aniqlangan;
ta’lim jarayonidagi shaxslararo munosabatlarda talaba-qizlarning faolligi, muloqotchanligi, ustunlikka, hayotda tassurotlarni izlashga va atrofdagilarning diqqatini jalb qilishga intilishi, ekstrovertligi bilan bog‘liq differensial xususiyatlariga ko‘ra “moddiy Men” obrazi o‘quv faoliyatida kuchli namoyon bo‘lishi isbotlangan;
talaba-qizlarning “Men konsepsiyasi”ni shakllanishida shaxsning ijtimoiy rollari bilan bog‘liq kommunikativ, moddiy “Men”i muloqotchanlik, atrofdagilarni diqqatini jalb qilishga intilish va ekstrovertlik fazilatlarini shaxslararo munosabatlarda ustuvor namoyon bo‘lishiga asoslanib “attraksiya” muhim ijtimoiy psixologik xususiyat ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
talaba-qizlarning “Men” konsepsiyasi shakillanishiga ta’sir etuvchi “Konformizm”, “An’analar”, “Mehribonlik”, ” Universalizm”, “Mustaqillik”, “Rag‘batlantirish”, “Gedonizm”, “Yutuqlarga erishish”, “Ustunlik qilish”, “Xavfsizlik” kabi asosiy ijtimoiy-psixologik omillar tizimli ravishda aniqlanib, ularning mazmun-mohiyati va o‘zaro aloqadorligini dalillashga oid ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Itimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 2025-yil 10-mart PM-317a son ma’lumotnomasi). Natijada talaba-qizlarning “Men konsepsiyasi shakillanishiga ta’sir etuvchi qadryatlar tizimini o‘rganish imkoni kengaytirilgan;
talaba-qizlarda “Men konsepsiyasi”ni shakllantiruvchi sabablar ularga ta’sir etuvchi “kurs dinamikasi”, “mustaqillik”, “muloqotmandlik”, “kurashga tayyorlik” empirik tadqiqotlar orqali aniqlanib, diagnostik vositalar yordamida isbotlashga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 2025-yil 10-mart PM-317a son ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarda real guruhdagi xulqning asosiy tendensiyalari diagnostikasini “men” konsepsiyasi bilan bog‘liqligi va kurs dinamikasini o‘rganishga sharoit yaratilgan;
talaba-qizlarda “Men konsepsiyasi” ning tarkibiy tuzilmasi aniqlanib, ”Jismoniy Men”, “Moddiy Men”, “Kommunikativ Men” va “Ijtimoiy Men” “Faol Men”, “Istiqboldagi Men”, komponentlari va ularga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillar ya’ni shaxslararo munosabatlar, kommunikativ kompitentlik, hozirgi kundagi holati empirik tadqiqot va statistik tahlil asosida o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi dalillashga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 2025-yil 10-mart PM-317a son ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarda “men” konsepsiyasi shakillanishining tarkibiy tuzilishini o‘rganish samaradorligi oshgan;
talaba-qizlarda “Men konsepsiyasi” shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash maqsadida, maxsus ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma ishlab chiqilib, so‘rovnomaning samaradorligi eksperiment asosida sinovdan o‘tkazilgan holda, amaliy natijalar orqali isbotlangan va shu bilan birga “men konsepsiyasi va shaxs xususiyatlari bo‘lgan “faollik-pssivlik”, “atraksiya” “ekstroversiya-introversiya”, “ustunlik qilish-bo‘ysunish” bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklarni isbotlashga oid natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 5-son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan. (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazning 2025-yil 10-mart PM-317a son ma’lumotnomasi). Natijada talaba qizlarda “Men” konsepsiyasi va shaxs xususiyatlarini bog‘liqligini aniqlashga erishilgan.