Kasimova Zilola G‘ulomiddin qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Turizmni rivojlantirishda ijtimoiy media marketing samaradorligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”, 08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2. DSc/Tar987.
Ilmiy maslahatchi: Alieva Mahbuba Toychievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Rasmiy opponentlar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, iqtisod fanlari doktori, professor Saidahror Saidahmedovich G‘ulomov, iqtisod fanlari doktori, professor Safarov Baxodir Shaxriyarovich, iqtisod fanlari doktori, professor Akramov Tohir Abdirahmonovich.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti tavsiya etilsin.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turizmni rivojlantirish innovatsion metodologiyasini ishlab chiqish, bunda ijtimoiy media marketingi orqali ularning samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan strategik yondashuvlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “turizmda ijtimoiy media” turizm sohasida brendlarni rivojlantirish va mijozlar bilan interaktiv muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u turistik kompaniyalar va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasida samarali aloqalar o‘rnatish, maqsadli auditoriyani jalb qilish va mijozlarning fikr-mulohazalarini yig‘ish orqali turistlar tajribasini yaxshilashga xizmat qiladi, shu bilan birga, raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
turistik korxonalarning ijtimoiy media ko‘rsatkichlari va turistik oqimlar o‘rtasidagi korrelyasion model ishlab chiqildi, bunda panel ma’lumotlar asosida samaradorlik ko‘rsatkichlarining yuqori bog‘liqligi (R = 0.78) aniqlangan va xarajatlarni 25 %ga optimallash taklif etilgan;
turistik kontentning jalb etuvchanligi va relevantligini baholashning analitik modeli yaratildi, bunda sentiment tahlil (70 % ijobiy natija) va TF-IDF algoritmi (0.12-0.13 yuqori ko‘rsatkich) asosida kontent samaradorligining miqdoriy ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda takomillashtirilgan;
turizm sohasida ijtimoiy media marketingi samaradorligining regression modeli (R² = 0.741) yaratildi, bunda marketing investisiyalari rentabelligini ko‘p omilli tahlil (F = 53.663, p < 0.01) asosida baholash taklif etilgan;
O‘zbekistonda turizm sohasining istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy media marketing va raqamli infratuzilma ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda xorijiy turistlar soni hamda turizm xizmatlari eksportining 2030 yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishda ijtimoiy marketing vositalaridan foydalanishni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizmda ijtimoiy media” turizm sohasida brendlarni rivojlantirish va mijozlar bilan interaktiv muloqotni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u turistik kompaniyalar va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasida samarali aloqalarni o‘rnatish, maqsadli auditoriyani jalb qilish va mijozlarning fikr-mulohazalarini yig‘ish orqali turistlar tajribasini yaxshilashga xizmat qiladi, shu bilan birga, raqamli transformatsiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan «Brend boshqaruvi» darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2024 yil 25 apreldagi 111-13-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida marketing yo‘nalishidagi talabalarda talabalar va boshqa manfaatdor turistik kompaniyalar, mahalliy hokimiyatlar va turistlar o‘rtasida muloqotni rivojlantirish uchun ijtimoiy media marketingini qo‘llashni o‘z ichiga olgan. Bu, shuningdek, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlab, turizm industriyasining global raqobatbardoshligini oshiradi va turizmda ijtimoiy media tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
Turistik korxonalarning ijtimoiy media ko‘rsatkichlari va turistik oqimlar o‘rtasidagi korrelyasion model ishlab chiqildi, bunda panel ma'lumotlar asosida samaradorlik ko‘rsatkichlarining yuqori bog‘liqligi (R = 0.78) aniqlangan va xarajatlar 25% ga optimallash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tarkibidagi “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJlar faoliyatiga joriy etilgan. etilgan Natijada “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJlar 2024 yil yakuni bo‘yicha korxonaning ijtimoiy media marketingidagi faoliyati samaradorligi 35% ga oshgan, mijozlar bazasi 2.5 barobarga kengaygan va marketing xarajatlari 25% ga optimallashtiririlgan;
Turistik kontentning jalb etuvchanligi va relevantligini baholashning analitik modeli yaratildi, bunda sentiment tahlil (70% ijobiy natija) va TF-IDF algoritmi (0.12-0.13 yuqori ko‘rsatkich) asosida kontent samaradorligining miqdoriy ko‘rsatkichlari inobatga olgan holda takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tarkibidagi “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJlar faoliyatiga joriy etilgan. etilgan Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2024 yil yakuni bo‘yicha “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJda milliy turistik portali faoliyatiga joriy etilgan tahlil modeli quyidagi natijalarga olib keldi: turistik obektlar haqidagi ijobiy fikrlar 70% ga etdi; kontent relevantligi ko‘rsatkichi 0.13 darajasiga ko‘tarildi; turistik ma'lumotlar bazasi 55% ga optimallashtirildi.
Turizm sohasida ijtimoiy media marketingi samaradorligining regression modeli (R² = 0.741) yaratildi, bunda marketing investisiyalari rentabelligi ko‘p omilli tahlil (F = 53.663, p < 0.01) asosida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tarkibidagi “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJlar faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 2024 yil yakuni bo‘yicha “Mega Tour”, “Delfin Travel”, “Bekas Travel”, “Coastal Windf Tour”, “Four Tour” MChJlar faoliyatiga joriy etish natijasida kompaniyaning ijtimoiy media marketingidagi faoliyati ROI ko‘rsatkichi 31,2 foizga yaxshilangan.
O‘zbekistonda turizm sohasining istiqboldagi rivojlanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy media marketing va raqamli infratuzilma ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda, xorijiy turistlar soni hamda turizm xizmatlari eksportining 2030-yilgacha prognoz ssenariylari ishlab chiqildi. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2030 yillarda O'zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish konsepsiyasi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.