Zunnunova Dinora Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nordon sutli «Shifo» ichimligi ishlab chiqarish texnologiyasi», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5043.
Ilmiy rahbar: Akramova Ra’no Ramizitdinovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mirzaraxmetova Dilbar Toxtamuratovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: organoleptik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‘yicha qimizga muqobil bo‘lgan parhezbop nordon sutli «ShIFO» ichimligi ishlab chiqarish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli hududlarda tayyorlangan qimiz namunalarining sifat va miqdoriy tarkibi aniqlanib, mikrofloraning 55 % spora hosil qiluvchi va hosil qilmaydigan yovvoyi plyonkali achitqilar va mog‘or zamburug‘lari ekanligi isbotlangan;
miqdori 838×106 dan 2416×106 KHB (KOE)/ml bo‘lgan yovvoyi plyonkali achitqilar va mog‘or zamburug‘li qimiz iste’molga yaroqsiz va sog‘liq uchun xavfli ekanligi asoslangan;
issiqqa chidamli tayoqchalar va qatiq zardobining xushbo‘y hid hosil qiluvchi streptokokklari, disbakterioz va oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qo‘lladigan Linex va Lacto-G bakteriyalarining nordon sutli ichimlik tayyorlashdagi samarasi isbotlangan; 
sut zardobini achitish uchun qimiz tarkibidan Torula kumis sht.7 va Saccharomyces oviformis sht. K-96 vino achitqilari aniqlangan;
sutni ivitishda  va sut zardobini achitishda tomizg‘i materiali sifatida ishlatiladigan bifido- va lakto-bakteriyalarning miqdorlari, o‘sishi uchun kerakli kardinal harorat chegaralari asoslangan; 
organoleptik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‘yicha qimizga muqobil bo‘lgan parhezbop nordon sutli «ShIFO» ichimligi ishlab chiqarish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Organoleptik xossalari va kimyoviy tarkibi bo‘yicha qimizga muqobil bo‘lgan parhezbop nordon sutli «ShIFO» ichimligi olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi sutli nordon «ShIFO» ichimligini ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 11 yanvardagi 11-05/01-25-sonli ma’lumotmasi). Natijada, tarkibida 5% topinambur qiyomi bo‘lgan nordon sutli funksional ichimlik ishlab chiqarish imkoniyatini beradi;
yog‘sizlantirilgan sut zardobi va nordon sutli ichimlik ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning «2024-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Oziq-ovqat sanoati uyushmasi»ning 2025 yil 11-yanvardagi 11-05/01-25-sonli ma’lumotmasi). Natijada, sut ikkilamchi mahsulotlarini qayta ishlab «ShIFO» nordon sutli ichimlik ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish