Bayraeva Dildora Ashurbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Past navli Tyubegatan koni sil`vinitlarini flotasion-galurgik usulida boyitishni tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T1053.
Ilmiy rahbar: Erkaev Aktam Ulashovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02. 
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Reymov Axmed Mambetkarimovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tyubegatan past navli sil`vinit ma’danlarini mahalliy flotasion reagentlar ishtirokida flotasiya-galurgik usul bilan boyitishni fizik-kimyoviy va texnologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Tyubegatan konining past navli sil`vinitlarini flotatsion boyitish samaradorligiga turli markadagi shlam depressorlarining ta’siri aniqlangan;
flotoreagentlarni sistemalarini qo‘llashning optimal sharoitlari va ularning jarayonning texnologik ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
oq kristallangan KCl ni yuqori darajada ajratib olishni ta’minlaydigan galurgiya usulida flotatsion kaliy xloridning changli fraksiyasini qayta ishlashning nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
jarayonning turli bosqichlarida ishlatiladigan reagentlarning tarkibi va konsentratsiyasiga qarab texnologik parametrlarning o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
birinchi marta KCl-NaCl-H2O tizimining holat diagrammasidan foydalangan holda chang fraksiyasidan yuqori tozalikdagi kristall kaliy xlorid olish uchun asoslangan texnologik ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;
chang fraksiyalarini qayta ishlashni hisobga olgan holda takomillashtirilgan texnologik sxema, shu jumladan jarayonning moddiy balansi va texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tyubegatan konining past navli sil`vinit, flotoreagentlar va energiya resurslarini tejaydigan flotasion-galurgiya texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kaliy rudasini flotatsiya boyitish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ixtiroga patent olingan (IAP № 06164. 11.02.2020). Natijada, flotatsion kaliy xloridni olishda NaKMS ni maxalliy depressor sifatida ishlatish imkonini bergan;
kristalli kaliy xloridni olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2024 yil 29 maydagi 57-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xlorsiz kaliy tuzlarini ishlab chiqarish uchun xom ashyo olish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish