Umarov Xusanboy Rustamovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarda jinoyat va jazoga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (huquq).
 Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5198 
Ilmiy rahbar: Madumarov Talantbek Tolibjonovich yuridik fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  DSC.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Abdurahimova Dilfuzaxon Alievna pedagogika fanlari doktori, professor, Tursunov Farrux G‘ulomovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda jinoyat va jazoga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga doir bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy-tarbiyaviy ta’lim imkoniyatlari tizimli ravishda huquqiy savodxonlikni oshirish, tafakkurni integrativ yuksaltirish, ta’limni tarbiya bilan bir vaqtda amalga oshirish kabi o‘quv-tarbiyaviy parametrlarni ta’lim tizimiga integratsiya qilish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga doir bilimlarini rivojlantirish tizimining amaliy komponenti huquqiy fikrlash faolligini huquqiy tarbiya asosida ta’minlash, vitagen (hayotiy) mashqlar majmuining refleksivlik darajasini dars mashg‘ulotlari va mustaqil topshiriqlar asosida kengaytirish orqali takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga oid bilimlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘zaro huquqiy ma’lumot almashishning integrativlik, diagnostik, tashkiliy kabi malakalar doirasini an’anaviy va aralash ta’lim sharoitida ahloqiy dilemmalarni muhokama qilish, huquqbuzarliklar bo‘yicha debatlar, jinoyat va uning oqibatlari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishni kengaytirish orqali kengaytirib borishning reproduktiv bosqichlarini loyihalash asosida takomillashtirilgan; 
jinoyat va jazoga oid bilimlarni rivojlantirishning texnologik asoslari jinoyatga javobgarlikning muqarrarligini, jazoning qat’iyligini va tarbiyaviy yo‘naltirilganligini o‘quvchilarning dunyoqarashiga axloqiy-huquqiy aksioma sifatida kiritish va integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda jinoyat va jazoga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga doir bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan huquqiy va axloqiy-tarbiyaviy ta’lim imkoniyatlari huquqiy savodxonlik va axloqiy tafakkurni integrativ yuksaltirishga yo‘naltirilgan insonparvarlik hamda ta’lim-tarbiya birligi va uyg‘unligi kabi o‘quv-tarbiyaviy parametrlarni kiritish asosida oshirilganligiga doir yangiliklaridan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining “Jamiyatda huquqiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi 4-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi o‘quvchilarda jinoyat va jazoga doir bilimlarni rivojlantirish orqali voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga xizmat qildi;
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga doir bilimlarini rivojlantirish tizimining amaliy komponenti huquqiy fikrlash faolligini huquqiy bilim va axloqiy tarbiya asosida ta’minlash, vitagen (hayotiy) mashqlar majmuining refleksivlik darajasini dars mashg‘ulotlari va mustaqil topshiriqlar asosida kengaytirish orqali takomillashtirilganligiga doir yangiliklaridan hududiy boshqarmalar tomonidan Maktablarda huquqiy savodhonlik oyligini o‘tkazishga doir tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan(O‘zbekiston Respublikasining Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 19-fevraldagi 04-02/3-166-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning jinoyat va jazoga doir bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Davlat va huquq asoslari” fani orqali amalga oshiriladigan pedagogik mashg‘ulotlar samaradorligiga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga oid bilimlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘zaro huquqiy ma’lumot uzatishning integrativlik darajasini mavzular va mashg‘ulotlar xususiyatlariga ko‘ra qat’iy belgilash, diagnostik, tashkiliy kabi malakalar doirasini an’anaviy va aralash ta’lim sharoitida kengaytirib borishning reproduktiv bosqichlarini loyihalash asosida takomillashtirilganligiga doir yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VII yo‘nalishida belgilangan mamlakatda yoshlar ma’naviy tarbiyasini tizimli tashkil etishga qaratilgan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi” asosida barcha tizimlarda belgilangan vazifalarni bosqichrna-bosqich amalga oshirishni uslubiy ta’minlash mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti 2024-yil 20-fevraldagi 84-son ma’lumotnomasi).Natijada, o‘quvchilarda jinoyat va jazo tushunchalariga doir bilimlarni rivojlantirish usullari va o‘qitish texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini didaktik jihatdan takomillashtirishga erishildi;
o‘quvchilarning jinoyat va jazoga oid bilimlarni rivojlantirishning texnologik asosi huquqiy ishonchsizlikni bartaraf etishga doir korreksion-tarbiyaviy faoliyat tamoyillarini jinoyatga jazo muqarrarligi hamda jazoning qat’iyligi va tarbiyaviyligini axloqiy-huquqiy dunyoqarash sifatida kiritish va integratsiyalashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilganligiga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan “Jan Mone Evropa tadqiqotlari markazi” tomonidan amalga oshirilgan 600528-EPP-1-2020-1-UZ-EPPJMO-CoE raqamli loyihasi doirasida foydalanilgan (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2020-yil 13-oktyabrdagi 01/4-1013-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur loyihaning nazariy-metodologik asoslarini shakllantirishga va jamiyatda jinoyat va jazo qonunchligi va amaliyoti bo‘yicha bilimlarni aniqlashga qaratilgan faoliyat samaradorligiga erishildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish