Nazarova Dinara Anvarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Arxitektura-tarixiy muhitni qayta tiklashning innovatsion metodologiyasi (Samarqand shahri misolida)”, 18.00.02– «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/A20.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Raximov Kamol Djalolovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shnekeev Jumavoy Kalimbetovich, arxitektura fanlari doktori, dotsent; Muqimov Rustam Samatovich, arxitektura fanlari doktori, professor; Abilov Aleksey Jailxanovich, arxitektura fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “QIShLOQQURILIShLOIYIHA” MChJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning rivojlanayotgan shaharlarida barqaror va rejalashtirilgan urbanistik jarayonlar rivojlanishining nazariy modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar rivojlanishining zamonaviy urbanistik yondashuvlar, jumladan "kompakt shahar", "yangi urbanizm", "tranzitga yo‘naltirilgan rivojlanish", "aqlli shahar", "barqaror shahar" kabi eng muhim nazariy modellari aniqlanib, ularning fazoviy, iqtisodiy, ekologik, funksional, tortishish, transport, ijtimoiy xususiyatlar bo‘yicha tasniflash guruhlari tuzilgan hamda barqaror rivojlanish sharoitida ularning hududiy qo‘llanish xususiyatlari va afzalliklari yoritib berilgan;
shaharlarning (Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Angren) hududiy-fazoviy rivojlanishini vizual-dasturiy baholash asosida salbiy oqibatlarga olib keladigan urbanizatsiya jarayonlari, yashil hududlarning qisqarishi, suv infratuzilmasining cheklanishi, ijtimoiy xizmatlarning nomutanosib taqsimlanishi kabi omillar aniqlanib, asosiy ko‘rsatkichlardagi o‘sish sur’ati, yashil maydonlarning degradatsiyasi, qurilish hududlari, suv hududlari, shahar issiqlik orollarining rivojlanishi kabi o‘zgarishlar aniqlangan;
hududiy qamrab olishning mega, makro, mezo va mikro fokuslari darajasida shahar muhitini yaxshilash va rivojlantirish parametrlarini hududiy ssenariylar asosida rejalashtirish va ekologik-hududiy monitoring orqali optimallashtirish usullari asosida obodonlashtirish tizimlari, transport tizimlari, jamoat joylari, tarixiy zonalarni takomillashtirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha “yashil infratuzilma”, “integratsiyalashgan jamoat transporti”, “zichlashtirish” asosida integratsiyashgan nazariy model yaratilgan;
O‘zbekiston shaharlarining transport va hududiy o‘sishini belgilovchi “zichlashuvi”, “tranzit zichlashuv”, “funksiyani hududiy almashtirish”, “hududni keng rivojlantirish”, “potensiallarni oshirish”, “funksiyalarni fazoviy almashtirish bilan potensiallarni oshirish” ssenariylari asosida konseptual-fazoviy model ishlab chiqilgan;
raqamli texnologiyalardan foydalanilgan holda qulay investisiya muhitini yaratish, shaharlarni tartibga solish, barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha internet platformasida sun’iy intellektga asoslangan qaror qabul qilish tizimi, interaktiv xaritalar orqali real vaqt rejimida shahar infratuzilmasini tahlil qilish va prognozlash, resurslardan samarali foydalanish hamda aholining ehtiyojlarini aniqlash imkonini beruvchi nazariy model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining asosiy qoidalari joriy etildi:
Toshkent shahar bosh rejasi konsepsiyasining ekologiks infratuzilmasini tashkil etishda bajargan loyiha ishlari va quyidagi ilmiy-tadqiqot izlanishlar tahlillari va xulosalari Toshkent shahri bosh rejasi loyihasiga tadbiq etildi: Toshkent shahri ekologik infratuzilmasini yaratishda dissertatsiyaning asosiy ilmiy tavsiyalari loyihada foydalanildi. Bunda ekologik infratuzilmani uch komponent (tabiy karkas, tabiy to‘qima va ekologik to‘qima) ga ajratilgan holda va ularning integratsiyasi bo‘yicha tavsiyalari amalga oshirildi; Texnogen karkasni tashkil etish bo‘yicha ishlanmalari Toshkent shahar ichida yashil korridor (Salar kanali bo‘ylab sohilbo‘yi hududlar, istirohat bog‘lari va umumfoydalanish yashil hududlarni o‘z ichiga olgan tizim) va yashil belbo‘g (shahar atrofida shahardan tashqari rekreatsiya hududlarini, bog‘lar va ekinzor erlarni o‘z ichiga olgan tizim) yaratishda ilmiy tahlillaridan foydalanildi va loyihaga kiritildi. Hududiy qamrab olishning mega, makro, mezo va mikro fokuslari darajasida shahar muhitini yaxshilash va rivojlantirish parametrlarini hududiy ssenariylar asosida rejalashtirish va ekologik-hududiy monitoring orqali optimallashtirish usullari asosida obodonlashtirish tizimlari, transport tizimlari, jamoat joylari, tarixiy zonalarni takomillashtirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha “yashil infratuzilma”, “integratsiyalashgan jamoat transporti”, “zichlashtirish” asosida integratsiyashgan nazariy model yaratilgan (“Toshkentboshplan LITI” DUK tomonidan qabul qilingan Ma’lumotnoma. №ShILB 1418 04.08.2022 y.). Natijada Toshkent shahrining bosh rejasini shakllantirishda tabiy va texnogen karkaslarni shahar tuzilmasida umumiy tizim - ekologik infratuzilmaga bitlastirish bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlanmalari zarur manba bo‘lib, shuningdek bosh rejaning samaradorligini oshirishga erishilgan;
Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish jarayonida, bajargan loyiha ishlari “Toshkentboshplan LITI” DUK tomonidan qabul qilingan va quyidagi ilmiy-tadqiqot izlanishlar tahlillari va xulosalari Toshkent shahrini bosh rejasi stradegiyasini rivojlantirishda tadbiq etildi: Shahar tuzilmalarini takomillashtirishda ularni tarkibiy qismlar (chiziqli o‘tkazgichlar, konsentrik jamoat tugunlari, turarjoy, sanoat hududlaridan iborat shahar to‘qimalari va yashil infratuzilma) ga ajratgan holda istiqbolli rivojlanishini belgilash; Dissertatsiyaning asosiy ilmiy tavsiyalaridan bo‘lgan Bos va batafsil rejalarni ishlab chiqishda barcha aloqador davlat va nodavlat tashkilotlar, loyihachilar, mahalliy hokimiyat va aholi fikrlari o‘rtasida integrativ yondashuv usulini qo‘llash ishlari loyihada foydalanildi; Shaharlarni barqaror rivijlantirish yolida eco (yashil) va ratsional arxitektura texnologitalarini qo‘llash tavsiyalari amalga oshirildi, mavjud turar joy fondlarini energetik sanatsiyasi bo‘yicha takliflaridan foydalanildi. Toshkent shaharining hududiy-fazoviy rivojlanishini vizual-dasturiy baholash asosida salbiy oqibatlarga olib keladigan urbanizatsiya jarayonlari, yashil hududlarning qisqarishi, suv infratuzilmasining cheklanishi, ijtimoiy xizmatlarning nomutanosib taqsimlanishi kabi omillar aniqlanib, asosiy ko‘rsatkichlardagi o‘sish sur’ati, yashil maydonlarning degradatsiyasi, qurilish hududlari, suv hududlari, shahar issiqlik orollarining rivojlanishi kabi o‘zgarishlar aniqlangan; O‘zbekiston shaharlarining transport va hududiy o‘sishini belgilovchi “zichlashuvi”, “tranzit zichlashuv”, “funksiyani hududiy almashtirish”, “hududni keng rivojlantirish”, “potensiallarni oshirish”, “funksiyalarni fazoviy almashtirish bilan potensiallarni oshirish” ssenariylari asosida konseptual-fazoviy model ishlab chiqilgan (Ma’lumotnoma № ShILB 1419 04.08.2022 y.). Ushbu ilmiy-tadqiqot natijalari va loyihalari Toshkent shahrining bosh rejasini shakllantirishda tizimli yondashuv asosida barqarorlik shartlarini qo‘llash, aholi uchun qulay shahar muhitini yaratish va energiyasamaradorlik ko‘rsatkichlarini ohirish kabi natijaga erishilgan;
Farg‘ona shahrida “Ekoshahar” konsepsiyasi loyihasida “shahar atrof-muhitini” bartaraf etish maqsadida shahar yashil infratuzilmasini (yashil yo‘laklar, istirohat bog‘lari, Marg‘ilon daryosi bo‘yidagi yashil yo‘lak) tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalardan foydalanildi. Binolarni energiya tejamkor materiallar va konstruksiyalardan qurish, yashil tomlarni o‘rnatish orqali ularning energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ham qo‘llanildi. “Yagona investisiya portali” tizimini joriy etish hamda binolar qurish va hududlarni obodonlashtirishga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish taklifiga shaharsozlik jarayonlarining bosh rejasiga rioya etilishi va shaffofligini ta’minlash bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotining ayrim qoidalari kiritilib, uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqildi. raqamli texnologiyalardan foydalanilgan holda qulay investisiya muhitini yaratish, shaharlarni tartibga solish, barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha internet platformasida sun’iy intellektga asoslangan qaror qabul qilish tizimi, interaktiv xaritalar orqali real vaqt rejimida shahar infratuzilmasini tahlil qilish va prognozlash, resurslardan samarali foydalanish hamda aholining ehtiyojlarini aniqlash imkonini beruvchi nazariy model ishlab chiqilgan;
Yuqoridagi tavsiyalar va loyiha takliflarining amalga oshirilishi Farg‘ona shahrida “Ekositi”ni shaharsozlikni barqaror rivojlantirish tamoyillari asosida tashkil etish hamda yuqori iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy samaradorlikka erishishni ta’minlaydi (O‘zshaharsozlik LITI 20.11.2023 y. 1-01/1402-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar va loyihalar natijalari Farg‘ona shahridagi “Ecocity” bosh rejasini ishlab chiqishga tizimli yondashuvni ishlab chiqish, jumladan, barqarorlik shartlarini qo‘llash, aholi uchun qulay shahar muhitini yaratish, energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.