Lipartiya Meri Givievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda limfoproliferativ kasalliklar: klinik-immunologik xususiyatlar va erta tashxis qo‘yish», 14.00.09 – Pediatriya va 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/Tib450.
Ilmiy maslahatchilar: Ashurova Dilfuza Tashpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Shomansurova Elmira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sulaymanova Dilorom Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Isxakov Eldor Jasurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: bolalarda limfoproliferativ kasalliklarning klinik-immunologik, morfologik va genetik xususiyatlarini kompleks o‘rganish orqali erta tashxis qo‘yish va patologik jarayon kechishini prognozlashtirishni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistondagi bolalar populyasiyasida limfoproliferativ kasalliklarning epidemiologik tahlili asosida yoshga bog‘liq transformatsiyani aniqlanib, o‘tkir limfoblast leykozi ustunligidan (0-3 yosh guruhida 70% gacha) Xodjkin limfomasi ustunligiga (12-18 yosh guruhida 55% gacha) o‘tishi, gematologik buzilishlar chastotasi 2,5-4 barobar pasayishi va limfoproliferativ simptomatikaning 40-60% ga oshishi bilan kechishi isbotlangan;
bolalarda limfoproliferativ kasalliklarning differensial tashxislash bir necha omilga bog‘liqligi asoslanib, bunda bemor yoshi (5 yoshdan katta) – 78,6%da, oilaviy anamnezdagi og‘irlashishi – 63,2%da, yallig‘lanish kasalliklari residivi – 87,3%da aniqlanishi, hamda klinik alomatlar limfoadenopatiya (91,4%), uzoq vaqt tana xarorati ko‘tarilishi (69,9%) va gepato/splenomegaliya (53,9%) uchrashi erta tashxislash spektorining muhim belgilar ekanligi isbotlangan;
limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda immunologik ko‘rsatkichlar ekspressiyasi CD19, CD20 va HLA-DR - 100%, CD37, CD38 va CD10 - 97% aniqlanishi, Ki67 proliferativ faolligi 100% bo‘lishi bemorlar qonida patologik jarayon mavjudligini va xavfli o‘sma kasalligi rivojlanishini aniqlaydigan asosiy biomarkerlar ekanligi isbotlangan;
limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda sitogenetik taxlil asosida bemorlarda ikki kariotip kloni – xromasomalardagi o‘zgarishlar 1,5 barobar oshishi (klonal gipodiploidiya – 75%) va struktur anomaliyalar o‘zgarishi (gaploidiya - 25%) aniqlanib, bolalarda kasallikning shakllanishining genetik markyori va asosiy omili prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan genetik determinantlar ekanligi isbotlangan;
limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda kompression elastografiya asosida metastatik limfotugunlarda qattiq zichlik (SR=9,5±0,3), reaktiv limfotugunlarda esa yumshoq zichlik (SR=1,5±0,2) kuzatilib, metastatik zararlanishga nisbatan solishtirilganda reaktiv zararlanish 6,3 barobar past bo‘lib, limfotugunlardagi o‘zgarishlarni va to‘qimalarning turli qismlaridagi zichliklarni aniqlashda kompression elastografiyaning yuqori sezuvchanligini isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda limfoproliferativ kasalliklar: klinik-immunologik xususiyatlar va erta tashxis qo‘yish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistondagi bolalar populyasiyasida limfoproliferativ kasalliklarning epidemiologik tahlili asosida yoshga bog‘liq transformatsiyani aniqlanib, o‘tkir limfoblast leykozi ustunligidan (0-3 yosh guruhida 70% gacha) Xodjkin limfomasi ustunligiga (12-18 yosh guruhida 55% gacha) o‘tishi, gematologik buzilishlar chastotasi 2,5-4 barobar pasayishi va limfoproliferativ simptomatikaning 40-60% ga oshishi bilan kechishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sogliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda 8n-r-13\39-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda noxodjkin limfomalarini davolashning zamonaviy usuli» va 8n-r-13\40-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda elastografiyani o‘z ichiga olgan noxodjkin limfomalarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qo‘qon filiali bo‘yicha 04.01.2021 yildagi 33-1-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.01.2021 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalar populyasiyasida limfoproliferativ kasalliklarni kompleks epidemiologik tahlil o‘tkazilishi kasallikni prognozlashni, oldini olishni, terapiya sifatini yaxshilashda yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 64320 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda limfoproliferativ kasalliklarni erta tashxislash va epidemiologik xolatni prognozlash LPK bilan og‘rigan bolalarning takroriy kasalxonaga yotqizish chastotasini 2,7 barobarga kamaytirish va statsionarda qolish kunlarni qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda limfoproliferativ kasalliklarning differensial tashxislash bir necha omilga bog‘liqligi asoslanib, bunda bemor yoshi (5 yoshdan katta) – 78,6%da, oilaviy anamnezdagi og‘irlashishi – 63,2%da, yallig‘lanish kasalliklari residivi – 87,3%da aniqlanishi, hamda klinik alomatlar limfoadenopatiya (91,4%), uzoq vaqt tana xarorati ko‘tarilishi (69,9%) va gepato/splenomegaliya (53,9%) uchrashi erta tashxislash spektorining muhim belgilar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sogliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda 8n-r-13\39-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda noxodjkin limfomalarini davolashning zamonaviy usuli» va 8n-r-13\40-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda elastografiyani o‘z ichiga olgan noxodjkin limfomalarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qo‘qon filiali bo‘yicha 04.01.2021 yildagi 33-1-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.01.2021 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda limfoproliferativ kasalliklarning immuno-morfologik xususiyatlarini aniqlashga kompleks diagnostik yondashuv aniq va o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni ta’minlaydi, bu davolash samaradorligi va kichik bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 78230 so‘m byudjet mablag‘lari limfoproliferativ kasalliklarning immuno-morfologik xususiyatlarini aniqlash bilan kompleks diagnostik yondashuvni qo‘llashda target terapiyani aniq tanlash, o‘smaning gistologik ko‘rinishi va proliferativ faolligini hisobga olib aniq tashxis qo‘yish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda immunologik ko‘rsatkichlar ekspressiyasi CD19, CD20 va HLA-DR - 100%, CD37, CD38 va CD10 - 97% aniqlanishi, Ki67 proliferativ faolligi 100% bo‘lishi bemorlar qonida patologik jarayon mavjudligini va xavfli o‘sma kasalligi rivojlanishini aniqlaydigan asosiy biomarkerlar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sogliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda 8n-r-13\39-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda noxodjkin limfomalarini davolashning zamonaviy usuli» va 8n-r-13\40-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda elastografiyani o‘z ichiga olgan noxodjkin limfomalarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qo‘qon filiali bo‘yicha 04.01.2021 yildagi 33-1-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.01.2021 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: limfoproliferativ kasalliklar patogenezida gematologik, immunologik va morfologik ko‘rsatkichlarni integrativ tahlili limfa tugunlari patologiyasining differensial tashxisi aniqligini oshiradi, bu xavfli jarayonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida davolashni boshlashga yordam beradi. Xarakterli markerlarni va o‘smaning yuqori proliferativ faolligini aniqlash terapevtik yondashuvlarni individuallashtirish, reabilitatsiya davrini qisqartirish va bolalarning tezroq ijtimoiy moslashuviga yordam berish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 56230 so‘m byudjet mablag‘lari bolalar limfoproliferativ kasalliklarida o‘ziga xos biomarkerlarini tahlili asosida patologik jarayonni tashxislash sog‘liqni saqlash resurslarining oqilona taqsimlanishini ta’minlash va takroriy kasalxonaga yotqizishni oldini olish, hamda intensiv terapiya uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda sitogenetik taxlil asosida bemorlarda ikki kariotip kloni – xromasomalardagi o‘zgarishlar 1,5 barobar oshishi (klonal gipodiploidiya – 75%) va struktur anomaliyalar o‘zgarishi (gaploidiya - 25%) aniqlanib, bolalarda kasallikning shakllanishining genetik markyori va asosiy omili prognostik ahamiyatga ega bo‘lgan genetik determinantlar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sogliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda 8n-r-13\39-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda noxodjkin limfomalarini davolashning zamonaviy usuli» va 8n-r-13\40-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda elastografiyani o‘z ichiga olgan noxodjkin limfomalarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qo‘qon filiali bo‘yicha 04.01.2021 yildagi 33-1-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.01.2021 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik omillariga tayangan holda bolalarda sitogenetik tahlillarni o‘tkazish limfoproliferativ kasalliklari rivojlanishiga moyil bo‘lgan bemorlarni ajratishda, ularga terapevtik taktikani o‘z vaqtida to‘g‘ri boshlash, personallashtirilgan terapiya samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida 163 bemorni bir yilda davolanish uchun sarflanadigan 92504780 so‘m byudjet mablag‘lari limfoproliferatik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda kariotipning sitogenetik tekshiruvi kasallikning kechishini prognozlash va davolash sxemalarini optimallashtish, takroriy kasalxonaga yotqizilish chastotasini 2,5 barobarga kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
beshinchi ilmiy yangilik: limfoproliferativ kasalliklar bilan og‘rigan bolalarda kompression elastografiya asosida metastatik limfotugunlarda qattiq zichlik (SR=9,5±0,3), reaktiv limfotugunlarda esa yumshoq zichlik (SR=1,5±0,2) kuzatilib, metastatik zararlanishga nisbatan solishtirilganda reaktiv zararlanish 6,3 barobar past bo‘lib, limfotugunlardagi o‘zgarishlarni va to‘qimalarning turli qismlaridagi zichliklarni aniqlashda kompression elastografiyaning yuqori sezuvchanligini isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sogliqni saqlash vazirligi ilmiy faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2021 yil 30 dekabrda 8n-r-13\39-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda noxodjkin limfomalarini davolashning zamonaviy usuli» va 8n-r-13\40-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda elastografiyani o‘z ichiga olgan noxodjkin limfomalarini tashxislash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qo‘qon filiali bo‘yicha 04.01.2021 yildagi 33-1-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 17.01.2021 yildagi 12-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashining 15.02.2025 yildagi 12/35-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda kompression elastografiyani qo‘llash limfotugunlardagi zararlanishlar xavfini aniqlash, ularni sifatini (xavfli yoki xavfsiz) prognozlash, biopsiya o‘rnini aniq belgilash va og‘riqli muolajalar bajarish sonini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 33019 so‘m byudjet mablag‘lari bolalarda limfoproliferativ kasalliklarida limfotugunlardagi uzgarishlarni samarali aniqlashni 1,4 barobarga oshirish, davolash muddatlarini kamida 1,8 barobarga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.