Muxitdinov Sherzod Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar exinokokkozi bo‘lgan bolalarda germisidlarning samaradorligini intraoperativ baholash va kasallik qaytalanishining oldini olish (klinik va eksperimental tadqiqotlar)» 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3425.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Azamat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Yusuf Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Poluxov Ramiz Shamil ugli, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Stavropol davlat tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: bolalar jigar exinokokkozida yangi diagnostik va davolash-profilaktika choralarini ishlab chiqish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
exinokokk protoskolekslarining yashovchanligini in vitro aniqlashning ishlab chiqilgan yangi usuli texnik jihatdan sodda, ishonchli va tez bajariladigan bo‘lib, exinokokkning embrional elementlariga halokatli ta’sir ko‘rsatadigan germisid preparatni qo‘lash orqali exinokokkektomiya operatsiyasi paytida antiparazitar ta’sirining yuqori samaradorligii aniqlangan;
taklif etilgan yangi intraoperatsion ekspress-diagnostika usulini qo‘llash, ya’ni exinokokk kistasi va qoldiq bo‘shliqni 70°S gacha isitilgan 80% li gliserin eritmasi bilan antiparazitar ishlov berish natijasida kasallikning operatsiyadan keyingi residivlari rivojlanishining oldini olishi va al`bednazol dori vositasini profilaktika maksadida kullanishi zarurligi asoslangan;
ilk bor eksperimental hayvonlar jigarining exinokokkoz bilan zararlangan sog‘lom qismlarini patomorfologik o‘rganish asosida kasallikning rezidual residivlari rivojlanishining sabablaridan biri bo‘lgan mikroskopik kistalar (20-300 mkm gacha) shakllanishi fenomeni ekanligi aniqlangan;
ilk bor bolalarda jigar exinokokkozini davolash uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmuasini qo‘llash natijasida operatsiyadan keyingi asoratlarni 12,2% dan 0% gacha, operatsiyadan keyingi yotoq kunini 11,3±0,4 dan 9,1±2 gacha qisqarganligi va uzoq muddatlarda operatsiyadan keyingi va rezidual residivlarni 14,7% dan 0% gacha kamayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar exinokokkozi bo‘lgan bolalarda germisidlarning samaradorligini intraoperativ baholash va kasallik qaytalanishining oldini olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun` 19\54-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: exinokokk protoskolekslarining yashovchanligini in vitro aniqlashning ishlab chiqilgan yangi usuli texnik jihatdan sodda, ishonchli va tez bajariladigan bo‘lib, exinokokkning embrional elementlariga halokatli ta’sir ko‘rsatadigan germisid preparatni qo‘lash orqali exinokokkektomiya operatsiyasi paytida antiparazitar ta’sirining yuqori samaradorligii aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Residivlarning oldini olish uchun bolalarda jigar exinokokkektomiyasining intraoperatsion taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Kashkadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 13 noyabrdagi 79\3-sonli buyrug‘i bilan, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 06 noyabrdagi 11-T -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun` 19\54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: exinokokk protoskolekslarining yashovchanligini aniqlashning yangi usuli, ya’ni qoldiq bo‘shliqni antiparazitar ishlov berish tez, ishonchli intraoperatsion baholashni ta’minlaydi, bu amaliy sog‘liqni saqlashda operatsiyadan keyingi asoratlar va kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: exinokokkektomiya operatsiyasi paytida antiparazitar ta’sirining yuqori samaradorligi natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi va davolashga ketadigan umumiy sarf xarajatni kamaytirish 1 nafar bemor uchun 2 kun hisobida 260000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: taklif etilgan yangi intraoperatsion ekspress-diagnostika usulini qo‘llash, ya’ni exinokokk kistasi va qoldiq bo‘shliqni 70°S gacha isitilgan 80% li gliserin eritmasi bilan antiparazitar ishlov berish natijasida kasallikning operatsiyadan keyingi residivlari rivojlanishining oldini olishi va al`bednazol dori vositasini profilaktika maksadida kullanishi zarurligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Residivlarning oldini olish uchun bolalarda jigar exinokokkektomiyasining intraoperatsion taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Kashkadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 13 noyabrdagi 79\3-sonli buyrug‘i bilan, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 06 noyabrdagi 11-T -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun` 19\54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori antiparazitar faollikka ega germitsid sifatida 70 °C gacha isitilgan 80% li gliserindan foydalanish exinokokk kistasini samarali antiparazitar ishlov berishni ta’minlaydi va shu bilan kasallikning kaytalanishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha tadqiqotlar uchun xarajatlarni xamda boshqa qimmat diagnostika muolajalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish bilan ifodalanadi va bolalar jarroxlik bo‘limida har bir bemorning bir kunlik davolanishiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘ 164000 so‘m tejaladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental hayvonlar jigarining exinokokkoz bilan zararlangan sog‘lom qismlarini patomorfologik o‘rganish asosida kasallikning rezidual residivlari rivojlanishining sabablaridan biri bo‘lgan mikroskopik kistalar (20-300 mkm gacha) shakllanishi fenomeni ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Residivlarning oldini olish uchun bolalarda jigar exinokokkektomiyasining intraoperatsion taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Kashkadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 13 noyabrdagi 79\3-sonli buyrug‘i bilan, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 06 noyabrdagi 11-T -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun` 19\54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda jigar exinokokkozida ishlab chiqilgan davolash-diagnostik chora-tadbirlar majmuasi operatsiyadan keyingi asoratlarni va bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirish, shuningdek, uzoq muddatlarda kasallikning qaytalanishini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan tekshirish usulni amaliyotga joriy etilishi kasallik kechishini oldindan bashorat etish imkonini beradi va kasallik oqibati natijasida kelib chikishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va shular xisobiga davlat tomonidan sarflangan mablag‘lar iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalarda jigar exinokokkozini davolash uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmuasini qo‘llash natijasida operatsiyadan keyingi asoratlarni 12,2% dan 0% gacha, operatsiyadan keyingi yotoq kunini 11,3±0,4 dan 9,1±2 gacha qisqarganligi va uzoq muddatlarda operatsiyadan keyingi va rezidual residivlarni 14,7% dan 0% gacha kamayganligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi 2-soni bilan tasdiqlangan “Residivlarning oldini olish uchun bolalarda jigar exinokokkektomiyasining intraoperatsion taktikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Kashkadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 13 noyabrdagi 79\3-sonli buyrug‘i bilan, Sirdaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markaziga 2024 yil 06 noyabrdagi 11-T -sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun` 19\54-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: xirurgik yondashuvlarni optimallashtirish orqali davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat bo‘lib, bu qo‘shimcha diagnostik muolajalar va shifoxonaga takroriy yotkizishlarga zaruratini minimallashtiradi va tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi natijasida kasallik klinik belgilarini bartaraf etishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kayta jarroxlik operatsiyalar sonini va qo‘shimcha diagnostik muolajalarga bo‘lgan ehtiyojlarni kamaytirishga asoslangan xamda kasallikning prognozini yaxshilashga, hayot sifatini oshirishga yordam beradi.