Bobonazarova Gulnoza Tolibjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi(Jahon adabiyoti fani misolida) 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori(DSc), professor; Kenjaeva Muxayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari estetik butunlik, og‘zaki va yozma adabiyot borasidagi qarashlar, muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalarini o‘rganish hamda umuminsoniy g‘oyalarini ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida avlodlar shajarasiga nazariy jihatdan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli kognitivlikka asoslangan maqsadlarga erishish, kommunikativlikka asoslangan mustaqil o‘qish amaliyotiga yo‘naltirilgan va hamkorlikda o‘qitish yondashuvlariga ustuvorlki berish va liro-epik ijod namunalaridan foydalanish tamoyillarini integratsiyalash hamda kitobxonning madaniyati, mantiqiy fikrlashni o‘stirish, idrok etish komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy bilimlar berish usuli, “For example” texnologiyasi, rolli va ta’limiy o‘yinlar asosida badiiy tajribani boyitishga qaratilgan kichik guruhlarda ishlash ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘zaro hamkorlik faoliyatiga ko‘ra badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
Jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi aqliy faoliyat vektorlarini bosqichma-bosqich aniqlash, dalillash va kognitiv-progmatik bosqich, g‘oyaviy tahlil, subektiv xulosa, baholash mezonlarining integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda ma’naviy merosga aksiologik ong va munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jahon adabiyoti namunasi asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha natijalar asosida:
talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari estetik butunlik, og‘zaki va yozma adabiyot borasidagi qarashlar, muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalarini o‘rganish hamda umuminsoniy g‘oyalarini ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida avlodlar shajarasiga nazariy jihatdan uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Jahon adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 21-maydagi 11-05-3266/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasining pedagogik, psixologik va metodik imkoniyatlari yaratilgan;
jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish modeli kognitivlikka asoslangan maqsadlarga erishish, kommunikativlikka asoslangan mustaqil o‘qish amaliyotiga yo‘naltirilgan va hamkorlikda o‘qitish yondashuvlariga ustuvorlik berish va liro-epik ijod namunalaridan foydalanish tamoyillarini integratsiyalash hamda kitobxonning madaniyati, mantiqiy fikrlashni o‘stirish, idrok etish komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Jahon adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 21-maydagi 11-05-3266/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning badiiy kompetensiyasini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari takomillashtirilgan;
jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy bilimlar berish usuli, “For example” texnologiyasi, rolli va ta’limiy o‘yinlar asosida badiiy tajribani boyitishga qaratilgan kichik guruhlarda ishlash ko‘nikmalarini oshirish hamda o‘zaro hamkorlik faoliyatiga ko‘ra badiiy kompetensiyalarni rivojlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Jahon adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 21-maydagi 11-05-3266/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning jahon adabiyoti namunasi asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
Jahon adabiyoti namunalari asosida talabalarning badiiy kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi aqliy faoliyat vektorlarini bosqichma-bosqich aniqlash, dalillash va kognitiv-progmatik bosqich, g‘oyaviy tahlil, subektiv xulosa, baholash mezonlarining integrativ yaxlitligini ta’minlash hamda ma’naviy merosga aksiologik ong va munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Jahon adabiyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 21-maydagi 11-05-3266/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, talabalarning jahon adabiyoti namunalarini o‘rganganlik darajalarini baholash mezonlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan.